Biz ijtimoiy tarmoqlarda
VoWiFi

VoWiFi (yoki Voice over Wi‑Fi) — bu Wi‑Fi routerdan qo‘ng‘iroqlar uchun tayanch stansiyasi sifatida foydalanadigan, qo‘ng‘iroqlar va SMS texnologiyasi bo‘lib, ovozning sifati va qo‘ng‘iroq qilib tushish tezligini yaxshilaydi.

 *Texnologiya ishlashi uchun VoWiFi qo‘llab-quvvatlaydigan smartfon bo‘lishi kerak. Texnologiyani smartfon sozlamalarida faollashtirish kerak.

Foydalanish imkoniyati: Xizmatdan jismoniy va yuridik shaxslar uchun mo‘ljallangan tarif rejasiga ulangan abonentlarda, O‘zbekiston Respublikasi hududidagi Wi‑Fi amal qilish hududida foydalanish imkoniyati mavjud. VoWiFi texnologiyasi, bizning hududimizdagi ayrim qurilmalarda ishlashi uchun qurilmalarning ishlab chiqaruvchilari tomonidan dasturiy ta’minot yangilanishi zarur.

Xizmat faqat ushbu texnologiyani qo‘llab-quvvatlaydigan qurilmalarda ishlaydi*.

Qanday ulash mumkin?

Jismoniy shaxslar: xizmatni Mobiuz mobil ilovasida, Mobiuz ofislarida, *181# USSD, Aloqa markazida ulash imkoniyati mavjud.

Yuridik shaxslar: xizmatni yozma ariza, KIY va Virtual menejer orqali ulash imkoniyati mavjud.

Ulashning narxi qancha?

Xizmat tariflanmaydi. Kiruvchi va chiquvchi qoʻngʻiroqlar tarif rejasi boʻyicha oʻrnatilgan narxga muvofiq tariflanadi.

Izohlar:

  • «VoWiFi» va «Ovozli aloqaga taqiq» xizmatlari bir-birini istisno qiluvchi hisoblanadi. VoWiFi xizmatining ulanishi «Ovozli aloqaga taqiq» xizmatining o‘chirilishiga olib keladi.

  • «VoWiFi» xizmati ishlashi uchun «4G tarmog‘iga kirish» va «VoLTE» xizmatlari ulangan bo‘lishi kerak

  • «VoWiFi» xizmatidan foydalanish uchun abonent Internet tarmog‘iga kirish imkoniyatiga ega bo‘lgan Wi-Fi tarmog‘ining qamrov hududida bo‘lishi kerak.

  • «VoWiFi» xizmatidan foydalanish uchun abonent GSM/UMTS/LTE/5G tarmog‘ining qamrov hududida bo‘lishi kerak.

  • «VoWiFi» xizmatidan roumingda foydalanish imkoniyati mavjud emas.

  • Boshqa mobil aloqa operatorladan ko’chirilgan raqamlarga «VoWiFi» xizmatidan foydalanish imkoniyati mavjud emas.

  • «VoWiFi» xizmati O‘zR hududi ichida barcha internet-provayderlarning tarmog‘ida ishlaydi.

  • «VoWiFi» va «Konferens aloqa» xizmatlari bir-birini istisno qiluvchi hisoblanadi. VoWiFi xizmatining ulanishi «Konferens aloqa» xizmatining o‘chirilishiga olib keladi.

  • Abonentda bloklash mavjud bo‘lganda «VoWiFi» xizmatidan foydalanish imkoniyati mavjud emas.

  • «VoWiFi» xizmati bilan ovozli chaqiriqlar amalga oshirilganda, daqiqalar tarif rejasi va daqiqalar to‘plami doirasida yoki berilgan to‘plamlardan tashqari sarflash uchun belgilangan narxga muvofiq sarflanadi.

  • «VoWiFi» xizmati bilan SMS-xabarlar yuborilganda, SMS tarif rejasi va SMS to‘plam doirasida yoki berilgan to‘plamlardan tashqari sarflash uchun belgilangan narxga muvofiq sarflanadi.

  • «VoWiFi» xizmati bilan ovozli chaqiriqlar amalga oshirilganda, tarif rejasi doirasidagi, MB to‘plami va internet-trafikning MB hajmi sarflanmaydi

  • «VoWiFi» xizmati bilan amalga oshirilgan ovozli chaqiriqlar va yuborilgan SMS, abonent uchun Xizmatlardan foydalanganlik bo‘yicha hisobotda, sarflangan daqiqalar va SMS ko‘rinishida aks etadi.

  • «VoWiFi» bilan ovozli chaqiriqlar amalga oshirilganda, texnik trafik (xizmatdan foydalanishda shakllanadigan) tariflanmaydi va abonent uchun Xizmatlardan foydalanganlik bo‘yicha hisobotida ko‘rinmaydi.

  • Abonent qo‘ng‘iroq paytida WiFi qamrov hududidan chiqib ketgan holatda, u avtomatik ravishda qo‘ng‘iroq uzilishisiz 4G/VoLTE tarmog‘iga o‘tadi.

  • USSD-so‘rovlarni bajarish paytida abonent 2G/3G/LTE tarmog‘iga o‘tadi.

KO‘P BERILADIGAN SAVOLLAR

VoWiFi qanday afzalliklari mavjud?
  • ulanishning yuqori tezligi
  • ovozni uzatishning yuqori sifati
  • batareyka quvvatining tejalishi
Smartfonda VoWiFi qanday sozlash mumkin?

VoWiFi ulash uchun smartfonda oxirgi rasmiy DT versiyasi o‘rnatilgan bo‘lishi kerak.

1. Smartfonning sozlamalarida Wi-Fi (VoWifi) bo‘yicha chaqiriq fuksiyasini faollashtiring:

2. Wi-Fi tarmog‘iga ulaning va avtorizatsiyadan o‘ting.

3. Siz ekranda va qo‘ng‘iroq paytida yangi ikonka —Wi-Fi belgili telefon go‘shagi yoki VoWiFi yozuvini ko‘rasiz.

Smartfon sozlamalarida VoWiFi texnologiyasini qanday faollashtirish mumkin?

  • Apple: Sozlamalar (Nastroyki) → Uyali aloqa (Sotovaya svyaz) → Wi‑Fi bo‘yicha chaqiriqlar (Vizovi po Wi-Fi) → Yoqish (Vklyuchit).

  • HUAWEI: Sozlamalar (Nastroyki) → Mobil tarmoq (Mobilnaya set) → Mobil ma’lumotlarni uzatish (Mobilnaya peredacha dannix) → Wi‑Fi chaqiriqlar (Vizovi Wi-Fi) → Yoqish (Vklyuchit).

  • Xiaomi: Sozlamalar (Nastroyki) → SIM-kartalar va mobil tarmoqlar (SIM-karti i mobilnie seti) → Wi‑Fi orqali chaqiriqlar (Vizovi cherez Wi-Fi) → Yoqish (Vklyuchit).

  • Samsung: Sozlamalar (Nastroyki) → Ulash (Podklyuchenie) → Wi‑Fi bo‘yicha chaqiriqlar (Vizovi po Wi-Fi) → Yoqish (Vklyuchit).

  • realme: Sozlamalar (Nastroyki) → Mobil tarmoq (Mobilnaya set) → SIM Mobiuz → Wi‑Fi orqali qo‘ng‘iroqlar (Zvonki cherez Wi-Fi) → Yoqish (Vklyuchit).

  • Tecno: Sozlamalar (Nastroyki) → SIM-karta va tarmoq sozlamalari (Nastroyki SIM-karti I seti) → SIM Mobiuz → Wi‑Fi bo‘yicha qo‘ng‘iroqlar (Zvonki po Wi-Fi) → Yoqish (Vklyuchit)

  • HONOR: Sozlamalar (Nastroyki) → Mobil tarmoq (Mobilnaya set) → Wi‑Fi chaqiriqlar (Vizovi Wi-Fi)→ Yoqish (Vklyuchit).

  • Vivo: Sozlamalar (Nastroyki) → Tarmoq va internet (Set i internet) → SIM-karta va mobil tarmoq (SIM-karta i mobilnaya set) → SIM Mobiuz → Wi‑Fi bo‘yicha qo‘ng‘iroqlar (Zvonki po Wi-Fi) → Yoqish (Vklyuchit).

  • Itel: Sozlamalar (Nastroyki) → Tarmoq va internet (Set i internet)→ Mobil tarmoq (Mobilnaya set) → Wi‑Fi bo‘yicha qo‘ng‘iroqlar (Zvonki po Wi-Fi) → Yoqish (Vklyuchit).

  • Oppo: Sozlamalar (Nastroyki) → Tarmoq va internet (Set i internet)→ SIM-karta va mobil tarmoq (SIM-karta i mobilnaya set) → SIM Mobiuz → Wi‑Fi bo‘yicha qo‘ng‘iroqlar (Zvonki po Wi-Fi) → Yoqish (Vklyuchit).

  • Infinix: Sozlamalar (Nastroyki) → SIM-karta va mobil internet (SIM-karta i mobilniy internet) → SIM Mobiuz → Wi-Fi bo‘yicha qo‘ng‘iroqlar (Zvonki po Wi-Fi) → Yoqish (Vklyuchit).

  • Nokia: Sozlamalar (Nastroyki) → Tarmoq va internet (Set i internet)→ Mobil tarmoq (Mobilnaya set) → Wi-Fi bo‘yicha qo‘ng‘iroqlar (Zvonki po Wi-Fi) → Yoqish (Vklyuchit).

VoWiFi xizmati bilan qo‘ng‘iroqlarda MB sarflanadimi?

Yo‘q, «VoWiFi» xizmati bilan ovozli chaqiriqlar amalga oshirilganda, daqiqalar tarif rejasi va daqiqalar to‘plami doirasida yoki berilgan to‘plamlardan tashqari sarflash uchun belgilangan narxga muvofiq sarflanadi.

VoWiFi qayerda amal qiladi?

VoWiFi Wi‑Fi‑routerning amal qilish hududida ishlaydi. Siz Wi‑Fi hududidan chiqganingizda, avtomatik ravishda mavjud bo‘lgan 2G, 3G yoki LTE mobil tarmog‘ida qo‘ng‘iroq qilasiz va qo‘ng‘iroqlarni qabul qilasiz.

Qanday shartlarda xizmat ishlamasligi mumkin?

Smartfon VoWiFi texnologiyasini qo‘llab-quvvatlamaydigan holatda.

Suhbat paytida WiFi qamrovi hududidan chiqib ketilgada nima bo‘ladi?

Abonent qo‘ng‘iroq paytida WiFi qamrov hududidan chiqib ketgan holatda, u avtomatik ravishda qo‘ng‘iroq uzilishsiz 2G/3G/4G/VoLTE tarmog‘iga o‘tadi.

Ro'yxatga qaytish