Biz ijtimoiy tarmoqlarda
«Аllplay» mobil televideniyesi!

Sevimli ko‘rsatuv, film va seriallaringizni Allplay ilovasi orqali Internet-trafik sarflamasdan tomosha qiling!

Mobiuz ning «Mobil TV» xizmati: yoqish bo'yicha 9 ta qadam

Allplay – bu mobil qurilmalar uchun ilova bo‘lib, o‘z ichiga quyidagi resurslarni oladi:

Online TV – 60 dan ziyod kanalni o‘z ichiga oluvchi raqamli televideniye!

Allmovies.uz – HD sifatidagi (horijiy) serial va filmlarni ko‘rish imkoniyatini beruvchi video portal!

Amediateka – bu HBO, CBS va boshqa kompaniyalar tomonidan ishlangan dunyo xitlari va blokbasterlari to’plangan onlayn-servis. Eng yaxshi seriallarning butun dunyo bilan bir vaqtdagi, reklamasiz va yaxshi sifatdagi namoyishi! 

Mobiuz ning “Mobil TV” xizmatini faollashtirgandan keyin Allplay ilovasi orqali sarflanayotgan trafik narxlanmaydi va mavjud Internet-to‘plamlarga ta’sir qilmaydi!

Xizmat narxi:

 

Allmovies.uz

Online TV

Amediateka

1 kunga 

2 000 UZS

4 000 UZS

2 000 UZS

7 kunga 

7 300 UZS

14 500 UZS

7 300 UZS

30 kunga

21 000 UZS

42 000 UZS

21 000 UZS

90 kunga

45 000 UZS

90 000 UZS

45 000 UZS

Xizmatni ulash uchun:

Аllplay portalida ro‘yxatdan o‘tish/portaldagi mavjud profilingizga kirishingiz kerak.

  1. Menyudan “Mobiuz: mobil TV” opsiyasini tanlang;
  2. Raqamingizni Allplay ilovasidagi akkauntga kiriting;
  3. Raqamingizga Allplay dan tekshiruv kodi keladi;
  4. Ushbu kodni ilovaga kiritkaningizdan keyin bir kun, yetti, 30 yoki 90  kunga obuna bo‘lish imkoniyati paydo bo‘ladi.
  5. Xizmatni faollashtiring va 1/7/30/90 kun davomida Allplay resurslaridan foydalanishingiz mumkin.
  6. Xizmatdan qayta foydalanish uchun (1/7/30/90 kundan keyin) obunani yana faollashtirish kerak bo‘ladi.
  7. Buning uchun menyudan “Mobiuz: mobil TV” opsiyasiga kirib, obunani qayta xarid qilish lozim. 

Allplay ilovasini quyidagi havolalar orqali ko‘chirib olish mumkin:

iOS uchun: https://allplay.uz/ios

Android uchun: https://allplay.uz/android

Shartlar:

  • “Mobil TV” xizmati ishlashi uchun “Mobil Internet” xizmati yoqilgan bo‘lishi kerak.
  • Abonent balansida yetarlicha mablag bo‘lgandagina xizmatni faollashtirish mumkin, xizmat faollashgandan keyin abonent balansi kamida 42 so‘mni tashkil qilishi kerak.
  • Obuna 1/7/30/90 kun davomida, abonent bandlangan/bandlanmaganligidan qat’iy nazar amal qiladi.
  • Xizmatdan faqat bandlanmagan  holatda foydalanish mumkin.
  • Xizmat obunani faollashtirgan raqam uchungina amal qiladi.
  • Xizmat faqat mobil ilova uchun amal qiladi, portallarning web-ko‘rinishidan (allplay.uz,  allmovies.uz) foydalanish Internet-trafikni sarflaydi.
  • Trafik faqat Allplay ilovasi doirasi narxlanmaydi.

Ro'yxatga qaytish