5G o‘zi nima?
5G — internet ishlashining yuqori tezligi va signalni uzatishdagi eng kichik uzilishlar (atigi 1–2 ms) bilan farqlanuvchi, beshinchi avlod mobil aloqa standarti.
5G afzalliklari
-
Ushlanishlarsiz bo‘lgan yuqori tezlikdagi (1 Gbit/soniya gacha) internet
-
Signal barqarorligi
-
Tez javob qaytarish (kam ping)
-
Ko‘proq sondagi qurilmalarni ulash imkoniyati
-
Qurilma batareykasining quvvatini tejash.
Qanday ulash mumkin?
Ulash narxi – 0 so‘m
Xizmatni boshqarish:
Boshqarish |
USSD-buyruq |
SMS |
---|---|---|
Xizmatni ulash |
*223*1# |
616223 raqamiga 1 sonini yuborish |
Xizmatni o‘chirish |
*223*0# |
616223 raqamiga 0 sonini yuborish |
Xizmatning holatini tekshirish |
*223# |
616223 raqamiga 3 sonini yuborish |
Xizmatni yuridik shaxslarga yozma ariza bo‘yicha, Virtual menejer va korporativ USSD-portal oraqli ulash imkoniyati mavjud.
«5G» xizmatini kim ulashi mumkin?
-
«5G» xizmatidan jismoniy va yuridik shaxslar uchun mo‘ljallangan tarif rejalariga ulangan abonentlar foydalanishlari mumkin
-
«5G» xizmatini faollashtirishdan oldin «Mobil internet» xizmatini yoqish zarur
-
Ushbu tarmoqda ishlash uchun smartfon 5G texnologiyasini qo‘llab-quvvatlashi va qurilma DT ishlab chiquvchisi tomonidan ruxsat berilgan kirish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak.
5G internet-to‘plami (50 000 Mb)
5G internet-to‘plami – Toshkent shahridagi 5G tarmog‘i hududida sarflash uchun mo‘ljallangan 50 000 Mb hajmdagi to‘plam bo‘lib, u ulanganda ma’lumotlarni uzatish 1 Gbit/soniya gacha bo‘lgan tezlikda amalga oshiriladi.
Foydalanish imkoniyati: jismoniy va yuridik shaxslar uchun mo‘ljallangan tarif rejalariga ulangan abonentlar
Ulash narxi: 75 000 so‘m (QQS bilan)
Amal qilish muddati: 30 kun
Xizmatni boshqarish:
Faollashtirish uchun USSD-buyruq: *225*50000#
Qoldiqni tekshirish usuli: *225#
Xizmatni yuridik shaxslarga yozma ariza bo‘yicha, Virtual menejer va korporativ USSD-portal oraqli ulash imkoniyati mavjud.
Izohlar:
-
«5G internet-to‘plam (50 000 MB)» internet-to‘plamidan foydalanish uchun «5G» xizmatini faollashtirish zarur.
-
To‘plamga kiritilgan trafik hajmi 30 kun muddatga taqdim etiladi.
-
Internet-to‘plamni sotib olganingizdan keyin narxlash noto‘g‘ri bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun telefon, planshet yoki USB-modemingizni qayta yuklang (USB-modemni kompyuterdan chiqarib, yana qo‘ying).
-
Bir nechta to‘plamlarni xarid qilish oralig‘idagi vaqt kamida 10 daqiqani tashkil etishi kerak.
-
Xarid qilingan «5G internet-to‘plam (50 000 MB)» internet-to`plamlarning hajmi qo`shiladi. Foydalanish muddati esa oxirgi xarid qilingan to`plam muddati tugaguncha uzaytiriladi va 30 kunni tashkil etadi.
-
Boshqa turdagi internet-to‘plamlar bilan qo‘shilmaydi.
-
«5G internet-to‘plam» xizmatini ulash uchun abonent hisobida xizmatni xarid qilish uchun yetarli miqdordagi mablag‘ bo‘lishi kerak.
-
«5G internet-to‘plam» internet-to‘plami Toshkent shahridagi 5G tarmog‘i hududida sarflanishning birinchi ustuvorligiga ega.
-
«5G internet-to‘plam (50 000 MB)» xizmati doirasidagi belgilangan trafik tugaganidan keyin, trafik belgilangan narxlar yoki boshqa to‘plamlar bo‘yicha narxlanadi.
-
Faol «5G» xizmati mavjud bo‘lib, «5G internet-to‘plam» to‘plami bo‘lmagan holatda, internet-trafik tarif rejasining qoidalari yoki boshqa internet-to‘plamlarga muvofiq narxlanadi.
-
Xizmat ko‘rsatish rejasi o‘zgartirilganda to‘plamlarni taqdim etish shartlari o‘zgarmaydi.
-
«5G» xizmati va «5G internet-to‘plam» to‘plami abonent O‘zbekiston Respublikasi hududidagi «UMS» MChJ tarmog‘ida, Toshkent shahridagi 5G tarmog‘i hududida bo‘lgandagina amal qiladi.
-
Narxlar QQS bilan ko‘rsatilgan.