Abonent to‘lovi oyiga
-
O'zbekiston bo'yicha qo'ng'iroqlarning bir daqiqasi
50 so‘m Mobiuz abonentlariga (berilgan daqiqalar tugagandan keyin)
50 so‘m O‘zbekistonning boshqa mobil operatorlari abonentlariga (berilgan daqiqalar tugagandan keyin)
50 so‘m Shahar raqamlariga (berilgan daqiqalar tugagandan keyin)
-
O'zbekiston bo'yicha 1 ta SMS-xabar
0 so‘m Kiruvchi SMS-xabar
42,10 so‘mChiquvchi SMS-xabarlar – Mobiuz abonentlariga (berilgan SMS tugagandan keyin)
42,10 so‘mChiquvchi SMS-xabarlar – O‘zbekistonning boshqa mobil operatorlari abonentlariga (berilgan SMS tugagandan keyin)
1000 so‘mChiquvchi xalqaro SMS-xabarlar
-
Internetning 1 MB trafigi
126,31 so‘m Internetning 1 MB trafigi (berilgan MB tugagandan keyin)
-
Foydali buyruqlar:
- *100# - balans, tarif rejasi va oylik to‘lovga kiritilgan daqiqa va MB to‘plamlarining qoldig‘ini bilish*
- *104# - xarid qilingan SMS-to‘plamlarning qoldig‘ini bilish
- *102# - xarid qilingan Internet-to‘plamlarning qoldig‘ini bilish*
- *001# - tarif rejasi bo‘yicha abonent to‘lovini yechib olishning keyingi sanasini ko‘rish uchun so‘rov yuborish
*qoldiqni faqat internet-sessiya faol bo'lmagan holatda tekshirish kerak -
Shartlar:
- Ushbu tarif rejasida bitta jismoniy shaxsga bitta ulanishni amalga oshirish mumkin.
- «Fidokor+» tarif rejasiga ulanish va o‘tish faqat Mobiuz Xizmat ko‘rsatish ofislarida amalga oshiriladi.
- Tibbiyot xodimi tarifga ulanish uchun quyidagi hujjatlarni taqdim qilishi kerak – shaxsni tasdiqlovchi hujjat, abonent davlat yoki xususiy tibbiyot muassasalarining tibbiy xodimi ekanligini tasdiqlovchi hujjat (ish joyidan ma’lumotnoma (berilgan muddatidan 1 (bir) oydan oshiq muddat o’tmagan); mehnat daftarchasining ish beruvchi tomonidan tasdiqlangan nusxasi).
- O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi,IIV,FVV xodimlari tarifga ulanish uchun quyidagi hujjatlarni taqdim qilishlari kerak – shaxsni tasdiqlovchi hujjat, abonent O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi,IIV,FVV xodimi ekanligini tasdiqlovchi hujjat (guvohnoma (asl nusxasi); ish joyidan ma’lumotnoma (berilgan muddatidan 1 (bir) oydan oshiq muddat o’tmagan); mehnat daftarchasining ish beruvchi tomonidan tasdiqlangan nusxasi).
- Qo‘ng‘iroqlarni narxlash daqiqalar bo‘yicha amalga oshiriladi.
- Bitta ovozli qo‘ng‘iroqning eng uzoq davomiyligi 60 daqiqani tashkil qiladi
- Barcha chiquvchi qo‘ng‘iroqlarni narxlash 1-soniyadan boshlanadi. Qo‘ng‘iroq davomiyligi katta tarafga qarab yaxlitlanadi.
- Internet-trafikni yaxlitlash kvanti 1 KB
- «Fidokor+» tarif rejasiga yangi ulanganda yoki o‘tilganda Abonent to‘lovi hisob to‘ldirilgandan keyin darhol, to‘liqligicha yechib olinadi.
- Abonent to‘lovi abonent hisobida abonent to‘lovining to‘liq qiymatini (oyiga 30 000 so‘m) yechib olish uchun yetarli mablag‘ bor bo‘lgan holatda,har oyning birinchi marta faollashtirilgan kunida yechib olinadi.
- Oylik abonent to‘lovi yechilish tartibida tarif rejasi bo‘yicha to‘plamlar to‘liqligicha 1 kalendar oy muddatga (O‘zbekiston bo‘yicha 3000 daqiqa, 8 000 MB, 3000 SMS) taqdim etiladi.
- Agar abonent to‘lovini yechib olish payti kelganda, uni to‘liq yechib olish uchun yetarli mablag‘ bo‘lmasa, abonentning hisobidagi mablag‘lardan kuniga 1500 so‘m bo‘lgan har kunlik abonent to‘lovini yechishga o‘tiladi. Abonent to‘lovini yechish sanasi 1 kunga suriladi.
- Abonent to‘lovini har kunlik yechib olish holatida to‘plamlar 1 kun uchun belgilangan miqdorda (O‘zbekiston bo‘yicha 100 daqiqa,267 MB,100 SMS) beriladi.
- Abonent hisobida abonent to‘lovini to‘liq miqdorda yechib olish uchun yetarli mablag‘ bo‘lsa, abonent to‘lovini oylik yechib olishga o‘tiladi. Abonent to‘lovini yechish sanasi 1 kalendar oyiga suriladi.
- 1 kun uchun to‘lovni yechib olish uchun mablag‘ yetarli bo‘lmaganda, abonent mablag‘ yetishmasligi bo‘yicha blokka tushadi va hisobni oylik yoki kunlik abonent to‘lovi miqdorida to‘ldirguncha qoladi. Hisobni oylik yoki kunlik AT miqdorida to‘ldirilganda mablag‘ yetishmasligi bo‘yicha blokirovka yechiladi. Abonent to‘lovi hisob to‘ldirilgandan keyin darhol yechib olinadi.
- Balans nolga teng yoki manfiy bo‘lib qolganda,raqam qisman blokirovka qilinadi (qisman blokirovkada chiquvchi daqiqalar, SMS va internet bloklanadi) va abonent «Aloqadaman» xizmatining shartlariga muvofiq kiruvchi qo‘ng‘iroqlar va SMS larni qabul qilishi mumkin bo‘ladi.
- Bloklangan holatda abonent to‘lovi yechilmaydi;
- Abonent to‘lovini oylik yechib olish holatida MB,SMS to‘liqligicha 1 kalendar oyiga beriladi.
- Abonent to‘lovini har kunlik yechib olish holatida, MB, SMS 1 kun uchun belgilangan miqdorda beriladi.
- Ushbu tarif rejasiga yangi ulanilganda yoki o‘tilganda, abonent to‘lovi darhol yechib olinadi. Abonent to‘loviga kiritilgan MB, SMS to‘liq miqdorda beriladi.
- «Fidokor+» tarif rejasiga abonent to‘lovi ko‘proq bo‘lgan tarif rejalaridan o‘tish narxi – 15 000 so‘m.
- «Fidokor+» tarif rejasiga abonent to‘lovi kamroq yoki teng bo‘lgan tarif rejalaridan o‘tish narxi – 0 so‘m
- «Fidokor+» tarif rejasi va Faxriy, MOBIUZ bilan birga tarif rejalari orasida o‘zaro o‘tish narxi – 0.
- «Fidokor» tarif rejasidan boshqa tarif rejasiga o‘tilganda, tarif rejasiga kiritilgan, foydalanilmagan daqiqa, MB, SMS yangi tarif rejasi shartlariga muvofiq berilgan MB,SMS va daqiqalar bilan qo‘shiladi.
- «Fidokor+» tarif rejasida “Gap ko‘p” xizmati ishlamaydi.
Agar hisobni to‘ldirish paytida abonent to‘lovni har kunlik yechishda bo‘lsa, abonent to‘lovini yechishning quyidagi qoidalari amal qiladi:
a) Abonent bloklangan va balansni 0 so‘mdan ko‘proq va 30 000 so‘mdan kamroq bo‘lgan mablag’ bilan to‘ldiradi (oylik abonent to‘lovining to‘liq miqdoridan kamroq):
1 Misol: Abonent 15-yanvarda bloklangan (mablag' yetishmaganligi sababli yoki qisman bloklash) holatda. 15-yanvar soat 12:00 da balansni 5000 so‘mga to‘ldiradi. Raqam faollashadi, balans 4 800 so‘mni (-200 so‘m qarzdorlikni qoplashga) tashkil qiladi. Hisob to'ldirilishi bilan,"Fidokor+" tarif rejasi uchun joriy kunga kunlik abonent to'lovini yechish darhol amalga oshiriladi. Joriy kun oxirigacha kunlik daqiqa,MB va SMS to'plamlardan foydalanish mumkin. Hisobda 30 000 so'mdan kam mablag' bo'lganligi sababli, abonent to'lovini oylik yechib olishga o'tish AMALGA OSHIRILMAYDI.
b) Abonent bloklangan va balansni 30 000 so‘mgacha yoki ko‘proq mablag’ bilan to‘ldirdi (oylik abonent to‘loviga teng yoki undan ko‘proq):
2 Misol: Abonent 10-yanvarda -200 so‘m balans bilan blokga tushgan. Tarif bo'yicha abonent to'lovini yechish 15-yanvarga belgilangan. 15-yanvar soat 12:00 da balansni 35000 so‘mga to‘ldiradi. Raqam faollashadi, balans 34 800 so‘mni (-200 so‘m qarzdorlikni qoplashga) tashkil qiladi. Hisob to'ldirilgandan keyin tarif rejasi uchun abonent to'lovi to'liqligicha yechib olinadi. Mablag'lar yechib olingandan keyin abonent balansi 4800 so'mni tashkil qiladi. Mablag'lar yechib olinganda tarif bo'yicha to'plamlar to'liq hajmda, 1 kalendar oyiga beriladi. Keyingi yechib olish sanasi 15-fevral deb belgilanadi.
c) Abonent faol holatda,abonent to'lovini har kunlik yechishda va balansni 30 000 so‘mgacha yoki ko‘proq mablag’ bilan to‘ldirdi (oylik abonent to‘loviga teng yoki undan ko‘proq):
3 Misol: Abonent 15-yanvarda 5000 so‘m balans bilan faol holatda. Tarif uchun kunlik abonent to'lovi 0:00 dan keyin yechib olingan. Abonent 15-yanvar soat 17:00 da balansni 35 000 so‘mga to‘ldiradi. Balans jami 40 000 so'mni tashkil qiladi. Hisob to'ldirilgandan keyin abonent to'lovini har oylik yechib olishga o'tiladi va abonent to'lovi darhol yechib olinadi. Mablag'lar yechib olingandan keyin balans 10000 so'mni tashkil qiladi. To'plamlarning 15-yanvar uchun qoldiqlari oylik 3000 daqiqa, 8 000 MB, 3000 SMS to‘plamlari bilan qo'shiladi. Abonent to‘lovini keyingi yechib olish sanasi 15-fevral deb belgilanadi.
Agar hisobni to'ldirish paytida abonent to'lovini har oylik yechib olishda bo'lsa, abonent to'lovini yechishning quyidagi qoidalari amal qiladi:
a) Abonent faol holatda,abonent to'lovini har oylik yechishda va balansni 30 000 so‘mgacha yoki ko‘proq mablag’ bilan to‘ldirdi (oylik abonent to‘loviga teng yoki undan ko‘proq):
4 Misol: Abonent 15 yanvarda 5000 so‘m balans bilan faol holatda.Tarif bo'yicha abonent to'lovini keyingi yechish 16-yanvarga belgilangan. 15-yanvar soat 12:00 da balansni 30000 so‘mga to‘ldiradi. Balans jami 35 000 so'mni tashkil qiladi. Yechib olish har oylik bo'lib qoladi. 16-yanvar 00:00 dan keyin 1 abonent to‘lovi - butun oy uchun yechib olinadi. Oylik 3000 daqiqa, 8 000 MB, 3000 SMS to‘plamlardan foydalanish mumkin. Keyingi safar abonent to‘lovini yechish 16-fevralda amalga oshiriladi.
- Markaziy Osiyo: Tojikiston, Qozog‘iston, Turkmaniston va Qirg‘iziston.
- MDH mamlakatlari: Аzarbayjon, Armaniston, Bеlarus, Gruziya, Moldova, Rossiya, Ukraina.
-
Yevropa: Аvstriya, Albaniya, Andorra, Bеlgiya, Bolgariya, Bosniya va Gеrtsеgovina, Vatikan, Buyuk Britaniya, Vеngriya, Gеrmaniya, Grеtsiya, Daniya, Isroil, Irlandiya, Islandiya, Ispaniya, Italiya, Kipr, Kosovo, Latviya, Litva, Lixtеnshtеyn, Lyuksеmburg, Makеdoniya, Malta, Monako, Nidеrlandiya, Norvеgiya, Polsha, Portugaliya, Ruminiya, Slovakiya, Slovеniya, Turkiya, Finlyandiya, Fransiya, Xorvatiya, Chеrnogoriya, Chеxiya, Shvеytsariya, Shvеtsiya, Estoniya.
- Аmеrika, Afrika: Jazoir, Angilya, Angola, Antigua va Barbuda, Argеntina, Aruba, Bеrmud, Braziliya, Burkina-Faso, Burundi, Vеnеsuela, Gabon, Gaiti, Gambiya, Gana, Gvatеmala, Gonduras, Grеnada, Guam, Kongo Dеmokratik Rеspublikasi, Dominika, Misr, Kayman orollari, Kanada, Kеniya, Kuba, Libеriya, Madagaskar, Malavi, Mali, Marokko, Mеksika, Mozambik, Namibiya, Nigеriya, Tеrks va Kaykos orollari, Panama, Paragvay, Sudan, Samoa, Sеnеgal, Sеnt Vinsеnt va Grеnadin, Sеnt Kits va Nеvis, Sеnt Lyusiya, AQSH, Sеrra-Lеonе, Tanzaniya, Trinidad va Tobago, Tunis, Chili, Urugvay, Ekvador, El-Salvador, Efiopiya, JAR, Yamayka.
- Osiyo: Afg‘oniston, Bangladеsh, Baxrеyn, Brunеy, Vyеtnam, Gonkong, Hindiston, Indonеziya, Iordaniya, Iroq, Eron, Yaman, Kambodja, Qatar, Xitoy, Liviya, Malayziya, Maldivi, Mongoliya, Nеpal, Oman, Pokiston, Saudiya Arabistoni, Singapur, Suriya, Tailand, Tayvan, Yaponiya, Janubiy Korеya.
Xalqaro aloqa uchun tariflar.
Xotirjam tarif rejalariga o‘tish tartibi
Mobiuz mobil ilovasi orqali, hamda kompaniyaning ofislarida
Xotirjam tarif rejalariga o‘tish tartibi
“Kerakli 45” tarif rejasiga USSD-buyruq orqali “Jozibali“, “Kerakli 30“, “Gap Yoq Optima”, “Xotirjam 25”, “Xotirjam 40”, “Jozibali 35”, “Shunchaki 35”, “Shunchaki 45”, “GAP yo'q”, “Gap Yo`q Mini”, “Omad Plus”, “Mobi 20”, “Mobi 40”, “Mobi 30+”, “Mobi 25”, “Chilla Lite +”, “Mobi 16”, “Veteran”, “Maktab”, “Вместе с Mobiuz”, “O'qituvchi 1”, “O'qituvchi 2”, “Fidokor”, “Fidokor+”, “Talaba”, “Talaba+” tarif rejalaridan o‘tish imkoniyati mavjud.
USSD-buyruq *111*128#
“Kerakli 35” tarif rejasiga USSD-buyruq orqali “Jozibali“, “Kerakli 30“, “Xotirjam 25”, “Jozibali 35”, “Shunchaki 35”, “GAP yo‘q”, “Gap Yo‘q Mini”, “Omad Plus”, “Mobi 20”, “Mobi 30+”, “Mobi 25”, “Chilla Lite +”, “Mobi 16”, “Veteran”, “Maktab”, “Вместе с Mobiuz”, “O‘qituvchi 1”, “Fidokor”, “Talaba” tarif rejalaridan o‘tish imkoniyati mavjud.
USSD-buyruq *111*127#