Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Mobiuz mobil ilovasi

Mobiuz mobil ilovasi mobil aloqa xizmatlaridan qulay foydalanish va boshqa bir qator maqsadlar uchun yaratilgan!


Kompaniya yangiliklari


Yangiliklar bo‘limida Siz kompaniyaning barcha dolzarb yangiliklarini ko‘rib chiqishingiz va aksiya hamda chegirmalardan xabardor bo‘lishingiz mumkin!

 

 

 

Harakatlar tarixi


Siz ilovada o‘z harakatlaringizni kuzatib borishingiz, xizmatlarni faollashtirish/tarif rejasini o‘zgartirish sanasini ko‘rishingiz mumkin.




Tarif doirasidagi to‘plamlaringizni kuzatib boring


Siz Mobiuz mobil ilovasida mobil hisobning balansi, hamda daqiqa, MB va SMS hajmlarini osonlik bilan kuzatib borishingiz mumkin.

Sizga trafik yetmayotgan vaziyatda, yangi to‘plamni xarid qilishingiz va undan foydalanib, oilangiz va yaqinlaringiz bilan doimo aloqada qolishingiz mumkin.

 

Balansni to‘ldiring


To‘lov vositasi yordamida, balansni bevosita Mobiuz mobil ilovasidan to‘ldiring.

«+» bosing va yo‘riqnomalarga amal qiling.

Shuningdek, Siz qulaylik uchun kartalarni bog‘lashingiz va balansni bir nechta harakat yordamida to‘ldirishingiz mumkin.

 

Tarif rejasini o‘zgartiring


Mobiuz mobil ilovasida Siz tarif rejasini osonlik bilan o‘zgartirishingiz mumkin. O‘zingiz uchun eng qulay bo‘lgan yechimni tanlang!


O‘rnatish uchun bonus!

Biz mobil ilovaning barcha yangi foydalanuvchilari uchun 500 MB bonus taklif qilamiz.

Buning uchun ilovada ro‘yxatdan o‘tish va bonusli internet-to‘plamni olishning o‘zi kifoya. 


Ilovadan bloklanganda foydalanish

«Mobiuz mobil ilovasidan bloklanganda foydalanish» xizmati, Mobiuz abonentiga mablag‘ yetishmasligi bo‘yicha yoki qisman bloklashda bo‘lgan paytda, Mobiuz mobil ilovasidan foydalanishga imkon beradi.

Faollashtirish usuli: *000# USSD-buyrug‘i (faollashtirish muddatli va abonentning blokdan chiqishi yoki bloklash turining o‘zgarishi muddatigacha amal qiladi)

Xizmat tariflanmaydi, Mobiuz abonentining ushbu xizmat faol bo‘lgan holda, Mobiuz ilovasidan foydalanishidagi trafiki tariflanmaydi.

Shartlar:

  • Xizmatdan, mablag‘ yetilshmasligi bo‘yicha yoki qisman bloklashda bo‘lgan abonentlar, jismoniy shaxslar foydalanishlari mumkin.

  • Xizmat muddatli va holat o‘zgarguncha (faol holatga o‘tish yoki bloklash turining o‘zgarishi) amal qiladi.

  • Xizmat faqat Play market, Appstore va Huawei Appgallery manbalarida mavjud bo‘lgan, Mobiuz rasmiy mobil ilovasi uchun foydalanish imkoniyatini taqdim qiladi.

 

Ilova Play market va Appstore dasturlarida mavjud

Ilovani yuklab olish

Yangiliklarni kuzatib boring, Sizni navbatdagi yangilanishlar kutmoqda.

 

Ro'yxatga qaytish