Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Hurmatli abonentlar!

Hurmatli abonentlar! 

Mobiuz hozirda avariyaviy-tiklash ishlarini olib bormoqda, bu esa ayrim xizmatlarning ishlashiga vaqtincha taʼsir qilmoqda. 

Ayni paytda raqamlar balansini va turli to‘plamlar qoldig‘ini tekshirish, yangi xizmatlarni faollashtirish, hisobni to‘ldirish, yangi raqamlarni ulash kabi xizmatlardan vaqtincha foydalanib bo‘lmaydi. 

Shu bilan birga, mobil internet, qo'ng'iroqlar va SMSlar odatiy tartibda ishlayotganligini ma’lum qilamiz! Abonentlar va korporativ mijozlar ushbu xizmatlardan hech qanday cheklovlarsiz foydalanishlari mumkin! 

Mutaxassislarimiz xizmatlarni to‘liq tiklash ustida ish olib borishmoqda. Bu jarayon davomida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. Tushunganingiz va sabr-toqatingiz uchun rahmat aytamiz! 

Savollaringiz bo‘lsa, quyidagi yo‘llar bilan bizga murojaat qilishingiz mumkin: 

- (+998) 97 1300909 raqami bo‘yicha Mobiuz call-markaziga qo‘ng‘iroq qilib; 

https://t.me/mobiuzchatbot Telegram chat-botiga yoki ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga yozib; 

- kompaniya va hamkorlarining respublika bo'yicha ofislariga kelib.

Ro'yxatga qaytish