VoWiFi (yoki Voice over Wi‑Fi) — bu Wi‑Fi routerdan qo‘ng‘iroqlar uchun tayanch stansiyasi sifatida foydalanadigan, qo‘ng‘iroqlar va SMS texnologiyasi bo‘lib, ovozning sifati va qo‘ng‘iroq qilib tushish tezligini yaxshilaydi.
*Texnologiya ishlashi uchun VoWiFi qo‘llab-quvvatlaydigan smartfon bo‘lishi kerak. Texnologiyani smartfon sozlamalarida faollashtirish kerak.
Foydalanish imkoniyati: Xizmatdan jismoniy va yuridik shaxslar uchun mo‘ljallangan tarif rejasiga ulangan abonentlarda, O‘zbekiston Respublikasi hududidagi Wi‑Fi amal qilish hududida foydalanish imkoniyati mavjud. VoWiFi texnologiyasi, bizning hududimizdagi ayrim qurilmalarda ishlashi uchun qurilmalarning ishlab chiqaruvchilari tomonidan dasturiy ta’minot yangilanishi zarur.
Xizmat faqat ushbu texnologiyani qo‘llab-quvvatlaydigan qurilmalarda ishlaydi*.
Qanday ulash mumkin?
Jismoniy shaxslar: xizmatni Mobiuz mobil ilovasida, Mobiuz ofislarida, *181# USSD, Aloqa markazida ulash imkoniyati mavjud.
Yuridik shaxslar: xizmatni yozma ariza, KIY va Virtual menejer orqali ulash imkoniyati mavjud.
Ulashning narxi qancha?
Xizmat tariflanmaydi. Kiruvchi va chiquvchi qoʻngʻiroqlar tarif rejasi boʻyicha oʻrnatilgan narxga muvofiq tariflanadi.
Izohlar:
-
«VoWiFi» va «Ovozli aloqaga taqiq» xizmatlari bir-birini istisno qiluvchi hisoblanadi. VoWiFi xizmatining ulanishi «Ovozli aloqaga taqiq» xizmatining o‘chirilishiga olib keladi.
-
«VoWiFi» xizmati ishlashi uchun «4G tarmog‘iga kirish» va «VoLTE» xizmatlari ulangan bo‘lishi kerak
-
«VoWiFi» xizmatidan foydalanish uchun abonent Internet tarmog‘iga kirish imkoniyatiga ega bo‘lgan Wi-Fi tarmog‘ining qamrov hududida bo‘lishi kerak.
-
«VoWiFi» xizmatidan foydalanish uchun abonent GSM/UMTS/LTE/5G tarmog‘ining qamrov hududida bo‘lishi kerak.
-
«VoWiFi» xizmatidan roumingda foydalanish imkoniyati mavjud emas.
-
Boshqa mobil aloqa operatorladan ko’chirilgan raqamlarga «VoWiFi» xizmatidan foydalanish imkoniyati mavjud emas.
-
«VoWiFi» xizmati O‘zR hududi ichida barcha internet-provayderlarning tarmog‘ida ishlaydi.
-
«VoWiFi» va «Konferens aloqa» xizmatlari bir-birini istisno qiluvchi hisoblanadi. VoWiFi xizmatining ulanishi «Konferens aloqa» xizmatining o‘chirilishiga olib keladi.
-
Abonentda bloklash mavjud bo‘lganda «VoWiFi» xizmatidan foydalanish imkoniyati mavjud emas.
-
«VoWiFi» xizmati bilan ovozli chaqiriqlar amalga oshirilganda, daqiqalar tarif rejasi va daqiqalar to‘plami doirasida yoki berilgan to‘plamlardan tashqari sarflash uchun belgilangan narxga muvofiq sarflanadi.
-
«VoWiFi» xizmati bilan SMS-xabarlar yuborilganda, SMS tarif rejasi va SMS to‘plam doirasida yoki berilgan to‘plamlardan tashqari sarflash uchun belgilangan narxga muvofiq sarflanadi.
-
«VoWiFi» xizmati bilan ovozli chaqiriqlar amalga oshirilganda, tarif rejasi doirasidagi, MB to‘plami va internet-trafikning MB hajmi sarflanmaydi
-
«VoWiFi» xizmati bilan amalga oshirilgan ovozli chaqiriqlar va yuborilgan SMS, abonent uchun Xizmatlardan foydalanganlik bo‘yicha hisobotda, sarflangan daqiqalar va SMS ko‘rinishida aks etadi.
-
«VoWiFi» bilan ovozli chaqiriqlar amalga oshirilganda, texnik trafik (xizmatdan foydalanishda shakllanadigan) tariflanmaydi va abonent uchun Xizmatlardan foydalanganlik bo‘yicha hisobotida ko‘rinmaydi.
-
Abonent qo‘ng‘iroq paytida WiFi qamrov hududidan chiqib ketgan holatda, u avtomatik ravishda qo‘ng‘iroq uzilishisiz 4G/VoLTE tarmog‘iga o‘tadi.
-
USSD-so‘rovlarni bajarish paytida abonent 2G/3G/LTE tarmog‘iga o‘tadi.