Tanlov tashkilotchisi: «UMS» MChJ («Mobiuz» SB).
O‘tkaziladigan hudud: O‘zbekiston Respublikasi.
O‘tkazilish muddatlari va sovrinlar
Tanlov bir nechta davrlarda 2020-yilning 3-oktabridan 19-noyabrigacha quyidagi tartibda bo‘lib o‘tadi:
1-jadval
Davrlar |
Tanlov boshlanishi |
Tanlov yakunlanishi |
G‘oliblarni aniqlash sanasi |
G‘oliblar soni |
Sovrinlar* |
---|---|---|---|---|---|
1-davr |
3-oktabr |
7-oktabr yakunigacha |
8-oktabr |
4 |
Xiaomi Mi Headset Basic Global Bluetooth-garniturasi |
2-davr |
17-oktabr |
21-oktabr yakunigacha |
22-oktabr |
5 |
Mi Band 3 smart brasleti |
3-davr |
31-oktabr |
4-noyabr yakunigacha |
5-noyabr |
4 |
Remax RB-S6 Bluetooth-quloqchini |
4-davr |
14-noyabr |
18-noyabr yakunigacha |
19-noyabr |
3 |
Amazfit BIP smart-soati |
* Tanlov sovrinlari pul ko‘rinishida taqdim etilmaydi va boshqa sovrinlarga almashtirib berilmaydi.
Tanlov ishtirokchilari
Tanlovda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida istiqomat qiluvchi horijiy fuqarolar va fuqaroligi yo‘q shaxslar ishtirok etishi mumkin.
Quyidagi toifalarga kiruvchilar fototanlovda ishtirok eta olmaydi:
-
Ishtirok etish vaqtida 18 yoshga to‘lmagan jismoniy shaxslar;
-
O‘zbekiston Respublikasi hududida istiqomat qilmaydigan shaxslar;
-
«UMS» MChJda ishlaydigan (mehnat munosabatlari bo‘lgan) jismoniy shaxslar va ularning yaqin qarindoshlari;
-
«UMS» MChJ bilan fuqarolik huquqiy tusga ega shartnoma tuzgan jismoniy shaxslar va ularning yaqin qarindoshlari;
-
«UMS» MChJning tijorat vakillari hamda ularning ishchilari (dilerlar, dilerlarning ishonchli vakillari, operatorlar va h.k.) hamda ularning yaqin qarinloshlari.
Tanlov tavsifi va shartlari, g‘oliblarni aniqlash tartibi
«So‘rovlarda ishtirok eting va sovrinlarni qo‘lga kiriting!» tanlovi «UMS» MChJ’ning Facebook, Одноклассники, ВКонтакте, Twitter va Telegram’dagi sahifalarida bo‘lib o‘tadi.
Har bir davr boshida «UMS» MChJ sahifalari administratorlari (keying o‘rinlarda - Administratorlar) https://onlinetestpad.com so‘rovlar servisida so‘rovlarni joylashtiradi (muddatlari 2-jadvalda ko‘rsatilgan). So‘rovlarni o‘tkazish muddatlari tanlov davrlari bilan bir xil.
2-jadval
So‘rov |
So‘rov boshlanishi |
So‘rov yakunlanishi |
---|---|---|
1-so‘rov |
3-oktabr |
7-oktabr yakunigacha |
2-so‘rov |
17-oktabr |
21-oktabr yakunigacha |
3-so‘rov |
31-oktabr |
4-noyabr yakunigacha |
4-so‘rov |
14-noyabr |
18-noyabr yakunigacha |
Har bir davr boshida Administratorlar OnlineTestPad (https://onlinetestpad.com) servisiga joylashtirilgan so‘rov havolasini keltirgan holda tanlov postini e’lon qiladilar. Tanlovda ishtirok etish uchun ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari so‘rov sahifasiga kirib, savollarga javob berishlari va “Tayyor” tugmasini bosishlari kerak. Ularning javoblari ishtirokchilarning umumiy bazasiga tushadi va tizim avtomatik ravishda ularning tartib raqamini belgilaydi.
So‘rov yakunlanadigan kuni unga kirib bo‘lmay qoladi. G‘oliblar aniqlanadigan kuni Administratorlar so‘rovlar bo‘yicha javoblarni Excel-faylga yuklab olishadi va ishtirokchilar javoblarini takshirib chiqadilar.
G‘oliblarni aniqlash Randomus (https://randomus.ru) randomayzeri yordamida amalga oshiriladi.
G‘oliblani aniqlashni maxsus komissiya kuzatib boradi.
OnlineTestPad so‘rovlar servisi haqida ma’lumot
OnlineTestPad – so‘rovlar o‘tkazish uchun maxsus platforma. «UMS» MchJning OnlineTestPad servisiga hech qanday aloqasi yo‘q, ushbu saytning serverlari va texnik imkoniyatlari uchinchi davlatlar hududida joylashgan, «UMS» MChJ g‘oliblarni aniqlash jarayoniga ta’sir ko‘rsata olmaydi.
Randomus randomayzeri haqida ma’lumot
Randomus – berilgan raqamlar diapazonidan tasodifiy raqamlarni aniqlash uchun servis. «UMS» MchJning randomus.ru servisiga hech qanday aloqasi yo‘q, ushbu saytning serverlari va texnik imkoniyatlari uchinchi davlatlar hududida joylashgan, «UMS» MChJ g‘oliblarni aniqlash jarayoniga ta’sir ko‘rsata olmaydi.
Sovrinlarni olish tartibi, muddatlari, joylari va shartlari
1. Tanlov sovrinini faqat jismoniy shaxs –tanlov G‘olibi qo‘lga kiritishi mumkin.
2. Quyidagi toifalarga kiruvchilar tanlov sovrinlarini qo‘lga kirita olmaydi:
-
Ishtirok etish vaqtida 18 yoshga to‘lmagan jismoniy shaxslar;
-
O‘zbekiston Respublikasi hududida yashamaydigan shaxslar;
-
«UMS» MChJda ishlaydigan (mehnat munosabatlari bo‘lgan) jismoniy shaxslar va ularning yaqin qarindoshlari;
-
«UMS» MChJ bilan fuqarolik huquqiy tusga ega shartnoma tuzgan jismoniy shaxslar va ularning yaqin qarindoshlari;
-
«UMS» MChJning tijorat vakillari hamda ularning ishchilari (dilerlar, dilerlarning ishonchli vakillari, operatorlar va h.k.) hamda ularning yaqin qarinloshlari;
Agar tanlov sovriniga da’vogar bo‘layotgan shaxs yuqorilagi toifalardan biriga kirsa, sovrin kompaniya tasarrufida qoladi. G‘oliblar qayta aniqlanmaydi.
3. Zaruriy hujjatlarni oldindan rasmiylashtirish uchun g‘oliblar tanlov g‘oliblari e’lon qilingan kundan boshlab 5 (besh) ish kuni davomida administratorlarga 5-bandda ko‘rsatilgan hujjatlarning elektron (skan) talqinini yuborishi kerak. Agar talab qilinayotgan birorta hujjat yetishmasa, g‘olibga 15 kun muddatda oshmagan vaqt davomida ushbu hujjatlarni tegishli tartibga keltirish huquqi beriladi.
4. Sovrinlarni ko‘lga kiritish uchun g‘oliblar sovrinlarni olib ketishlari uchun taklif qilingandan keyin 10 (o‘n) ish kuni davomida kompaniyaning quyidagi ofislaridan biriga murojaat qilishlari mumkin:
Hudud |
XKM nomi |
Manzil |
---|---|---|
Toshkent shahri |
Markaziy ofis |
Toshkent sh., Yunusobod tumani, Amir Temur shox ko‘chasi, 24 |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi |
Nukus shahridagi xizmat ko‘rsatish markazi |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Nukus sh., To‘rtko‘l katta ko‘chasi, 138 «A» uy |
Andijaon viloyati |
Andijon shahridagi xizmat ko‘rsatish markazi |
Andijon viloyati, Andijon sh., Boburshox ko‘chasi, 13-v uy (mo‘ljal: «Xolis» savdo markazining ro‘parasi) |
Buxoro viloyati |
Buxoro shahridagi xizmat ko‘rsatish markazi |
Buxoro viloyati, Buxoro sh., Xofiz Tonish Buxoriy ko‘chasi, 10-uy |
Jizzax viloyati |
Jizzax shahridagi xizmat ko‘rsatish markazi |
Jizzax viloyati, Jizzax sh., Sh.Rashidov ko‘chasi |
Qashqadaryo viloyati |
Qarshi shahridagi xizmat ko‘rsatish markazi |
Qashqadaryo viloyati, Qarshi sh., O‘zbekiston ko‘chasi, 221 uy |
Navoiy viloyati |
Navoi shahridagi xizmat ko‘rsatish markazi |
Navoiy viloyati, Navoiy sh., Navoiy ko‘chasi, 11 uy |
Namangan viloyati |
Namangan shahridagi xizmat ko‘rsatish markazi |
Namangan viloyati, Namangan sh., Nodira ko‘chasi, 1 uy |
Samarqand viloyati |
Samarqand shahridagi xizmat ko‘rsatish markazi |
Samarqand viloyati, Samarqand sh., Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi, 105 uy |
Surxondaryo viloyati |
Termiz shahridagi xizmat ko‘rsatish markazi |
Surxondaryo viloyati, Termiz sh., G.Xusanov ko‘chasi, 32 «A» uy |
Sirdaryo viloyati |
Guliston shahridagi xizmat ko‘rsatish markazi |
Sirdaryo viloyati, Guliston sh., Birlashgan ko‘chasi, 68 uy |
Toshkent viloyati |
Chirchiq shahridagi xizmat ko‘rsatish markazi |
Toshkent viloyati, Chirchiq sh., Alisher Navoiy shox ko’chasi, 13 uy |
Xorazm viloyati |
Urganch shahridagi xizmat ko‘rsatish markazi |
Xorazm viloyati, Urganch sh., Al Xorazmiy ko‘chasi, 101 uy |
Farg‘ona viloyati |
Farg‘ona shahridagi xizmat ko‘rsatish markazi |
Farg‘ona viloyati, Farg‘ona sh., Sayilgoh ko‘chasi, 26 uy |
5. Sovrinlarni qo‘lga kiritish uchun g‘olib Xizmat ko‘rsatish markazlarining biriga murojaat qilib, qo‘yilagi hujjatlarni taqdim etishi shart:
-
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi pasportining asl nushasini;
-
STIR;
-
Shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvarag‘i;
-
yutub olingan sovrin soliq idoralari tomonidan soliqlarga tortilishi hamda g‘olib ushbu soliqlarni o‘zi to‘lab berishga rozi ekanligini tasdiqlagan ariza (ofisda to‘ldiriladi).
6. Sovrinlar bo‘yicha hujjatlarni rasmiylashtirishda g‘olib barcha hujjatlarga imzo qo‘yishi kerak. Zaruriy hujjatlarning barchasiga yoki bittasiga imzo qo‘yishdan bosh tortish sovrin olishdan bosh tortish, deya baholanadi.
7. Agar g‘olib sovrinlar olish tartibi bo‘yicha barcha talab va shartlarni bajarmasa, shu jumladan belgilangan muddatlarda sovrinni olib ketgani kelmasa, sovrin kompaniya tasarrufida qoladi.
8. «UMS» MChJ sovrinlar bo‘yicha soliqlarni to‘lash majburiyatini olmaydi.
9. «UMS» MChJ quyidagilar bo‘yicha javobgar emas:
-
sovrinlarni olish bo‘yicha zaruriy hujjatlar g‘oliblar tomonidan har qanday sabablarga ko‘ra vaqtida taqdim etilmasa;
-
ushbu qoidalarda belgilangan talablarni fototanlov ishtokchilari bajarmasa;
-
g‘olib sovrinni olgani kelmasa yoki uni olishdan bosh tortsa.
Boshqa shartlar:
1. «UMS» MChJ lizaonair.com g‘oliblarni aniqlash servisi faoliyati bo‘yicha hech qanday majburiyatlarni o‘z bo‘yniga olmaydi.
2. Ishtirokchi akkauntidan bajarilayotgan barcha harakatlar u tomonidan bajarilmoqda, deya qabul qilinadi. «UMS» MChJ ishtirokchini tanlovda chetlatilishiga olib kelgan hatti-harakatlarini uchun javobgar emas, shu jumladan ishtirokchi profilidan uning roziligi yoki roziligisiz kimdir foydalangan bo‘lsa va h.k.
3. Tanlovda ishtirok etayotgan ishtirokchi agarda tanlov tashkilotchi tomonidan bekor qilinsa yoki uning shartlari o‘zgarsa, tashkilotchi hech qanday harajatlarni qoplab bermasligiga rozilik bildiradi.
4. Sovrinlarni qo‘lga kiritgan ishtirokchilar «UMS» MChJ iltimosiga ko‘ra reklama maqsadlarida intervyu berishlari, foto va video suratlarga tushishlari mumkinligiga, intervyu, foto va video suratlar natijalari «UMS» MChJ tomonidan foydalanilishiga, shuningdek, sovrinlarni topshirish uchun «UMS» MChJ ularning shaxsiy ma’lumotlariga ishlov berilishiga rozilik berishadi.
5. Yuqorida belgilab o‘tilgan tadbirlarda ishtirok uchun «UMS» MChJ g‘oliblarga qo‘shimcha haq to‘lamaydi, ushbu tadbirlar natijasida yaratilgan materiallar bo‘yicha huquqlar «UMS» MChJga tegishli (agar boshqa hollar «UMS» MChJ va g‘olib o‘rtasida yozma ravishda belgilanmagan bo‘lsa).
6. Ishtirokchilar tanlovda ishtirok va sovrinlar olish bilan bog‘liq barcha hatti-harakatlarni ushbu hujjatda belgilangan muddatlarda bajarishi shart.
7. «UMS» MChJ uchinchi shaxslarga tanlov ishtirokchilari haqidagi ma’lumotlarni taqdim etishga haqli emas (tanlovda va O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan holatlar bundan mustasno).
8. Tanlovda ishtirok etar ekan, ishtirokchi tanlovning shartlari, muddatdari, qoidalari va izohlari, tanlov sovrinlarini olish tartibi bilan tanishganligini tasdiqlaydi.
9. Tanlov g‘oliblari «UMS» MChJ ularning shaxsiy ma’lumotlaridan foydalanishiga, shu jumladan ularga ishlov berishiga rozilik beradi. Ishlov berish tushunchasi ostida g‘oliblar haqida ma’lumotni to‘plash, tizimlashtirish, yig‘ib borish, saqlash, aniqlashtirish (yangilash, o‘zgartirish), foydalanish, shaxsizlantirish, bandlash va o‘chirib tashlash tushuniladi.