VoLTE (Voice over LTE)
VoLTE – qo‘ng‘iroqlar uchun LTE texnologiyasidan foydalanish imkoniyatini taqdim qiluvchi texnologiya: ovozli xabarlar ma’lumotlar to‘plamlari ko‘rinishida uzatiladi. Bu yuqori tezlikda qo‘ng‘iroq qilib tushish mumkin bo‘lgan aloqa sifatining yangi shaklidir. Qo‘ng‘iroqni amalga oshirish uchun ikkala muloqotchilar ham VoLTE qo‘llab-quvvatlaydigan qurilmalar va ulangan «VoLTE» xizmatiga ega bo‘lishlari kerak.
ViLTE – LTE tarmog‘ida abonentlar o‘rtasida tashqi ilovalardan foydalanmagan holda, videoqo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish imkoniyatini taqdim qiluvchi texnologiya. Qo‘ng‘iroqni amalga oshirish uchun ikkala muloqotchilar ham ViLTE qo‘llab-quvvatlaydigan qurilmalar va ulangan «VoLTE» xizmatiga ega bo‘lishlari kerak.
Xizmat faqat ushbu texnologiyani qo‘llab-quvvatlaydigan qurilmalarda ishlaydi*.
*Texnologiya ishlashi uchun VoLTE/ViLTE qo‘llab-quvvatlaydigan smartfon bo‘lishi kerak. Texnologiyani smartfon sozlamalarida faollashtirish kerak.
Muhim! Ayrim qurilmalardagi texnik xususiyatlar sababli, VoLTE xizmati faol bo‘lganda favqulloda xizmatlarning qisqa raqamlariga qo‘ng‘iroq qilishning imkoniyati mavjud bo‘lmasligi mumkin.
Favqulloda xizmatlarga qo‘ng‘iroq qilib tushish imkoniyati mavjud bo‘lmaganda VoLTE texnologiyasini smartfon sozlamalarida o‘chirish kerak.
Foydalanish imkoniyati: Xizmatdan jismoniy va yuridik shaxslar uchun mo‘ljallangan tarif rejasiga ulangan abonentlarda operatorning O‘zbekiston Respublikasi hududidagi LTE tarmog‘ining amal qilish hududida foydalanish imkoniyati mavjud.
Qanday ulash mumkin?
Xizmatni Mobiuz mobil ilovasida ulash imkoniyati mavjud
Ulashning narxi qancha?
Xizmatni ulashning narxi: 0 so‘m
Kiruvchi va chiquvchi qo‘ng‘iroqlar tarif rejasi bo‘yicha belgilangan qiymatlar bo‘yicha narxlanadi.
Izohlar:
- «VoLTE» xizmatini ulash uchun «4G LTE» xizmati mavjud bo‘lishi shart
- «VoLTE» xizmatidan foydalanish uchun abonent Mobiuz LTE qamrovi hududida bo‘lishi kerak
- Abonentda bloklash mavjud bo‘lganda «VoLTE» xizmatidan foydalanish imkoniyati mavjud emas.
- «VoLTE» xizmati bilan ovozli chaqiriqlarni Mobiuz LTE tarmog‘ining butun qamrov hududida amalga oshirish imkoniyati mavjud
- «VoLTE» xizmati bilan ovozli chaqiriqlarda daqiqalar tarif rejasi va daqiqalar to‘plami doirasida yoki to‘plamdan tashqari sarflash uchun o‘rnatilgan narxda sarflanadi
- «VoLTE» xizmati bilan ovozli chaqiriqlarda tarif rejasi doirasidagi MB hajmi, MB to‘plami va internet-trafik sarflanmaydi
- Abonent suhbat paytida Mobiuz LTE qamrov hududidan chiqgan holatda, u qo‘ng‘iroq uzilishsiz avtomatik ravishda 2G/3G tarmog‘iga o‘tadi
- «VoLTE» xizmatidan roumingda foydalanish imkoniyati mavjud emas
- «VoLTE» xizmati va «Konferens aloqa» bir-birini istisno qiladi. VoLTE xizmatini ulash «Konferens aloqa» xizmatining o‘chirilishiga olib keladi
- USSD-so‘rovlarni amalga oshirishda abonent 2G/3G tarmog‘iga o‘tadi