Biz ijtimoiy tarmoqlarda
9 xonali raqam terish tartibi

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2018-yilning 14-avgustidagi O‘zbekiston Respublikasi telekommunikatsiya tarmoqlarini 9 xonali raqamlash tizimiga o‘tkazish haqidagi 554-sonli qaroriga muvofiq 2018-yilning 10-sentabridan mobil va simli aloqa tizimlariga 9 xonali raqamlash tartibi kiritilmoqda.

1. 9 xonali raqam terish:

Mobiuz abonentlari raqamlarini terish – BC ХХХХХХХ (bunda BC – 97 operator kodi)

«Unitel» MChJ (Beeline) abonentlari raqamlarini terish – BC ХХХХХХХ (bunda BC – 90, 91 operator kodi)

«Coscom» MChJ (Ucell) abonentlari raqamlarini terish – BC ХХХХХХХ (bunda BC – 93, 94 operator kodi)

UzMobile abonentlari raqamlarini terish – BC ХХХХХХХ (bunda BC – 95, 99 operator kodi)

«RWC» MChJ (Perfectum) abonentlari raqamlarini terish – BC ХХХХХХХ (bunda BC – 98 operator kodi)

“O‘zbektelekom” AK simli aloqa abonentlari raqamlarini terish - BC ХХХХХХХ (bunda BC –70, 71, 72, 73, 74, 75, 79, 61, 62, 65, 66, 67, 69 geografik kodi)

Alternativ simli aloqa abonentlari raqamlarini terish - BC ХХХХХХХ (bunda BC – 78 operator kodi)

 

2.Quyidagi shaharlararo raqam terish tartibi bekor qilinadi:

0 ABC XXXXXXX (bunda АBC – geografik kod yoki operator kodi)

 

3. Xalqaro raqam terish tartibi qoladi:

O‘zR raqamini terish - 00 998 BC XXXXXXX / +998 BC XXXXXXX (bunda BC – geografik kod yoki operator kodi)

 

4. “O‘zbektelekom” AK ning simli tarmoqlari 9 xonali raqam terish tartibiga to‘laligicha o‘tkunga qadar 7 xonali abonent raqamlarini terish tartibi saqlanib qoladi

Hudud 7 xonali raqam terish tartibi bekor qilinishi

1

Toshkent shahri

30.09.2018 gacha

2

Toshkent viloyati

30.09.2018 gacha

3

Sirdaryo viloyati

“O‘zbektelekom” AK tadbirlar jadvaliga ko‘ra

 

4

Jizzax viloyati

5

Andijon viloyati

6

Farg‘ona viloyati

7

Namangan viloyati

8

Samarqand viloyati

9

Qashqadaryo viloyati

10

Surxondaryo viloyati

11

Navoiy viloyati

12

Buxoro viloyati

13

Xorazm viloyati

14

Qo‘raqalpog‘iston Respublikasi

 

5. Turli xil boshqa manzillarga yo'llashlarni o‘rnatish:

xalqaro fotmatda +998 BC XXXXXXX (bunda BC – geografik kod yoki operator kodi)

9 xonali formatda BC XXXXXXX (bunda BC – geografik kod yoki operator kodi)

 

6. SMS yuborish tartibi:

xalqaro fotmatda +998 BC XXXXXXX (bunda BC – operator kodi)

9 xonali formatda BC XXXXXXX (bunda BC – operator kodi)

Ro'yxatga qaytish