Gap ko‘p
«Gap ko‘p» xizmati bilan Mobiuz tarmog‘i ichidagi chiquvchi qo‘ng‘iroqlar bepul**!
Xizmatdan «Mobi 16», «Mobi 20», «Mobi 25», «Mobi 30+», «O'qituvchi 1», «O'qituvchi 2», «Mobi 20 Yillik», «Omad Plus», “Jozibali” tarif rejalaridagi yangi va amaldagi abonentlar, hamda «Omad Plus», «Mobiuz 8 yil», «Optimal+», «Asosiy», «Premial Yillik», «Qulay+», «Qulay Yillik+» tarif rejalaridagi amaldagi abonentlar foydalanishlari mumkin.
Xizmatni ulashning narxi — 10 000 so‘m ( bir marotaba, xizmat ulanganda yechiladi).
Xizmat uchun oylik abonent to‘lovi — 0 so‘m!
Xizmatning amal qilish muddati cheklanmagan.
Xizmatni boshqarish uchun *166# USSD-so‘rovini yuboring. Uning yordamida:
1. Xizmatni ulash
2. Xizmatni o‘chirish
3. Xizmatning holatini tekshirish mumkin
Yoki 616166 qisqa raqamiga SMS-xabar orqali 1 – xizmatni yoqish uchun, 2 – xizmatni o‘chirish uchun yoki 0 – holatni tekshirish uchun yuboring.
Izohlar:
**«Gap ko‘p» xizmati yoqilganda Mobiuz tarmog‘i ichida chiquvchi qo‘ng’iroqlar uchun bir oy muddatga 15000 daqiqalik to‘plam beriladi. Daqiqalar to‘plami har oyning xizmat ulangan kunida taqdim etiladi.
Mobiuz tarmog’i ichidagi chiquvchi qo‘ng’iroqlarga berilgan 15000 daqiqa ulangan paytdan kalendar oyining oxiriga qadar tugaganda - Mobiuz abonentlariga chiquvchi qo‘ng’iroqlarni narxlash,tarif rejasining shartlariga muvofiq amalga oshiriladi. Kalendar oyi tugaganda, abonentga yangi muddatga yana 15000 daqiqa beriladi va har oyda shunday tartib amal qiladi.
“Gap ko‘p” xizmatiga yangi ulanganda foydalanish shartlari.
Agar abonent avval «Gap ko‘p» xizmatini ulamagan bo‘lsa, xizmatni ulagan paytda undan 10 000 so‘m (faollashtirish uchun haq) yechib olinadi.
Xizmatning har oylik abonent to‘lovi uchun pul mablag’lari – YECHIB OLINMAYDI.
Avval faollashtirilgan “Gap ko‘p” xizmatidan foydalanish:
- «Gap ko‘p» xizmati ulangan tarif rejasi, «Gap ko‘p» xizmatidan foydalanish imkoniyati mavjud bo‘lgan tarifga o‘zgartirilganda,xizmat saqlanib qoladi.
- «Gap ko‘p» xizmati ulangan tarif rejasi, «Gap ko‘p» xizmatidan foydalanish imkoniyati mavjud bo‘lmagan tarifga o‘zgartirilganda, xizmat saqlanib qolmaydi.
- Narxlar barcha soliqlarni hisobga olgan holda ko‘rsatilgan;
- Xizmatning amal qilish muddati cheklanmagan;
- «Gap ko‘p» xizmati yoqilganda «Konferens-aloqa» xizmatidan foydalanish imkoniyati mavjud emas;
- «Gap ko‘p» xizmati doirasida berilgan 15000 daqiqalik to‘plam keyingi davrga o‘tkazilmaydi;
- Xizmatni ulash/o‘chirishlarning soni cheklanmagan;
- Xizmatni unga ulangandan keyin abonent hisobida kamida 42.10 so‘m qolishi sharti bilan ulash mumkin.
- Bir vaqtda «Gap ko‘p» xizmati, tarif rejasi va foydalanilmagan bir martalik daqiqalar to‘plami bo‘yicha belgilangan Mobiuz tarmog’iga chiquvchi daqiqalar mavjud bo‘lsa - Mobiuz tarmog’i ichidagi chiquvchi qo‘ng’iroqlar oldin «Gap ko‘p» xizmati bo‘yicha, keyin («Gap ko‘p» xizmati bo‘yicha 15 000 daqiqa tugagandan keyin) abonent to‘loviga kiritilgan daqiqalar to‘plamidan va undan so‘ng bir martalik daqiqalar to‘plamidan sarflanadi.
- «Gap ko‘p» xizmati bo‘yicha berilgan daqiqalar to‘plami Mobiuz mobil operatori tarmog’iga O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha chiquvchi qo‘ng’iroqlarni amalga oshirish uchun mo‘ljallangan;
Endi Mobiuz abonentlari "60/120/180/300/900/1200/1800 daqiqalik to‘plamlarni" faollashtirishlari mumkin! To‘plamalarga kiritilgan daqiqalardan tarmoq ichida, O‘zbekistonning boshqa mobil operatorlari abonentlariga va shahar raqamlariga qo‘ng‘iroqlar uchun foydalanish mumkin.
To‘plam |
To‘plam narxi (so'm) |
USSD buyruq yordamida xarid qilish |
SMS-yordamchi orqali yoqish |
---|---|---|---|
«60 daqiqalik to‘plam» |
4 000 so‘m |
*103*60# |
616020 raqamiga 60 |
«120 daqiqalik to‘plam» |
7 000 so‘m |
*103*120# |
616020 raqamiga 120 |
«180 daqiqalik to‘plam» |
10 000 so‘m |
*103*180# |
616020 raqamiga 180 |
«300 daqiqalik to‘plam» |
16 000 so‘m |
*103*300# |
616020 raqamiga 300 |
«900 daqiqalik to‘plam» |
37 000 so‘m |
*103*900# |
616020 raqamiga 900 |
«1200 daqiqalik to‘plam» |
45 000 so‘m |
*103*1200# |
616020 raqamiga 1200 |
«1800 daqiqalik to‘plam» |
62 000 so‘m |
*103*1800# |
616020 raqamiga 1800 |
To'plam narxi to'plam faollashtirilganda yechib qolinadi.
To'plam amal qilish muddati – faollashtirilgan kundan boshlab 30 kalendar kuni.
Faollashtirilgan to´plamda daqiqalar qoldig´ini bilish:
USSD-buyruq: *103#
SMS-yordamchi: 616020 raqamiga 3.
Izohlar:
-
Daqiqalar to'plamini barcha jismoniy shaxslar uchun mo'ljallangan tarif rejalarida faollashtirish imkoniyati bor;
- To'plamlarga kiritilgan daqiqalar tarmoq ichida, boshqa mobil operator tarmoqlariga va shahar raqamlariga chiquvchi qo'ng'iroqlar uchun mo'ljallangan;
- To'plamga kiritilgan daqiqalar hajmi abonent bandlanganligi/bandlanmaganligidan qat'iy nazar 30 kalendar kuni davomida amal qiladi;
- To'plam faollashtirilishi uchun abonent hisobida yetarlicha mablag bo'lishi shart, ya'ni u faollashganidan keyin abonent balansida kamida 42,10 so'm qolishi kerak;
- To'plam muvaffaqiyatli faollashganda bu haqida SMS-xabarnoma keladi;
- Xarid qilingan barcha to'plamlar hajmi qo‘shiladi va uning amal qilish muddati oxirgi xarid qilingan to'plamdan boshlab 30 kunni tashkil qiladi;
- To'plam yoki tarif rejasi bo'yicha beriladigan daqiqalar yakunlanganidan so'ng qo'ng'iroqlar belgilangan tariflar bo'yicha narxlanadi;
- Tarif rejasi o'zgartirilganda daqiqalar to'plamidan foydalanish shartlari o'zgarmaydi;
- To'plamdagi daqiqalar O'zbekiston Respublikasi bo'yicha chiquvchi qo'ng'iroqlar uchun mo'ljallangan;
- Daqiqalar to'plamlari abonent faqat O'zbekiston hududida, "UMS" MChJ tarmog'ida bo'lgandagina amal qiladi;
- Xalqaro chiquvchi qo'ng'iroqlar va kontent-provayder xizmatlariga qo'ng´iroqlar ular uchun belgilangan tariflar bo'yicha narxlanadi;
- Daqiqalarning sarflanish tartibi:
Tarif rejasi bo‘yicha daqiqalar >Xarid qilingan daqiqalar to‘plami
- Abonentda bir qancha to‘plamlar bo‘lganida daqiqalarning sarflanish tartibi:
“Gap ko‘p” xizmati >Tarif rejasi bo‘yicha daqiqalar>Xarid qilingan daqiqalar to‘plami.
- Narxlar barcha soliqlarni hisobga olgan holda ko'rsatilgan