Shartlar: |
-
Qo‘ng‘iroqlarni narxlash daqiqalar bo‘yicha amalga oshiriladi.
-
Barcha chiquvchi qo‘ng‘iroqlarni narxlash 1-soniyadan boshlanadi. Qo‘ng‘iroq davomiyligi katta tarafga qarab yaxlitlanadi.
-
Internet-trafikni yaxlitlash kvanti 1 KB
-
30.01.2023y. dan tarif rejasiga ulanishda abonentdan «Tarmoqdan foydalanish imkoniyatini taqdim qilish» xizmati uchun 7000 so‘m miqdoridagi bir martalik to‘lov olinadi.
-
Tarif rejasiga ulanishda abonentga 1000 MB 10 kunga bonusli Internet-to‘plami taqdim etiladi.
Abonentda bir necha turdagi Internet-to‘plamlar mavjud bo‘lsa, ularning sarflanish tartibi quyidagicha bo‘ladi:
Ulanishdagi 1000 MB bonusli to‘plam doirasidagi trafik -> Kunlik internet-to‘plam -> TR doirasidagi trafik -> OnNet xizmati doirasidagi trafik -> oylik internet-to‘plam>
-
«GAP yo‘q Pro» tarif rejasida «Gap ko‘p» xizmati ishlamaydi.
-
* tarmoq ichidagi Unlim daqiqalar bu Mobiuz abonentlariga chiquvchi qo‘ng‘iroqlar uchun tarif rejasiga kiritilgan cheksiz bepul daqiqalar to‘plami.
-
Ushbu tarif rejasiga yangi ulanilganda yoki o‘tilganda, abonent to‘lovi darhol yechib olinadi. Abonent to‘loviga kiritilgan daqiqa, Mb va SMS to'plamlari to‘liq hajmda beriladi;
-
Ushbu tarif rejasiga o‘tish uchun abonent hisobida kamida 79 210,35 so‘m (TR almashtirish uchun 4210,35 so‘m to‘lovni hisobga olgan holda) yoki 85 000 so‘m (TR almashtirish uchun 10 000 so‘m to‘lovni hisobga olgan holda) bo‘lishi kerak. Hisobdagi mablag‘ yuqorida ko‘rsatib o‘tilgandan kam bo‘lsa tarif rejasiga o‘tish imkoniyati - mavjud emas.
-
«GAP yo‘q Pro» tarif rejasi va Faxriy, MOBIUZ bilan birga tarif rejalari orasida o‘zaro o‘tish narxi – 0.
-
Abonent to`lovi yuqoriroq bo`lgan tarif rejalaridan «GAP yo‘q Pro» tarif rejasiga o`tish narxi - 10000 so`m
-
Abonent to`lovi pastroq bo`lgan tarif rejalaridan «GAP yo‘q Pro» tarif rejasiga o`tish narxi - 4210,35 so`m
-
Chilla Lite+, Mobi 20, Mobi 16, GAP yo‘q Mini tarif rejalariga o‘tish narxi - 20 000 so‘m.
-
Tarif rejasi o‘zgartirilganda foydalanilmagan daqiqa, SMS va megabaytlar keyingi davrga o‘tkaziladi va qo’shiladi.
-
Balans nolga teng yoki manfiy bo‘lib qolganda, raqam qisman blokirovka qilinadi(qisman blokirovkada chiquvchi daqiqalar, SMS va internet bloklanadi) va abonent «Aloqadaman» xizmatining shartlariga muvofiq kiruvchi qo‘ng‘iroqlar va SMS larni qabul qilishi mumkin bo‘ladi.
-
Bloklangan holatda abonent to‘lovi yechilmaydi;
-
Abonent to‘lovini oylik yechib olish holatida MB to‘liqligicha 1 kalendar oyiga beriladi.
-
Agar abonent to‘lovini yechib olish payti kelganda, abonent hisobida oylik abonent to'lovini yechib olish uchun yetarli mablag‘ bo‘lmasa, lekin kunlik abonent to'lovini yechib olish uchun yetarli mablag' bo'lsa,to'lovni yechib olish va to'plamlar har kunlik tartibga o'tkaziladi. Abonent to‘lovini yechish sanasi 1 kunga suriladi.
-
Abonent to‘lovini har kunlik yechib olish holatida, MB, daqiqa va SMS 1 kun uchun belgilangan miqdorda beriladi.
-
Agar abonent to'lovini yechib olish vaqti kelganda, abonent hisobida oylik va kunlik abonent to'lovini yechib olish uchun yetarli mablag' bo'lmasa, abonent ulanganligi to'g'risida SMS-xabar orqali ogohlantiriladigan mablag' yetishmasligi bo'yicha blokga tushadi. Abonent hisob tarif bo'yicha abonent to'lovini (oylik yoki kunlik) yechib olish uchun yetarli bo'lgan qiymatgacha to'ldirishiga qadar blokda bo'ladi. Abonent to'lovi hisob to'ldirilgandan keyin darhol yechib olinadi.
-
Agar hisobni to‘ldirish paytida abonent to‘lovni har kunlik yechishda bo‘lsa, abonent to‘lovini yechishning quyidagi qoidalari amal qiladi:
a) Abonent bloklangan va balansni 0 so‘mdan ko‘proq va 75 000 so‘mdan kamroq bo‘lgan mablag’ bilan to‘ldiradi (oylik abonent to‘lovining to‘liq miqdoridan kamroq):
1 Misol: Abonent 15-yanvarda bloklangan (mablag' yetishmaganligi sababli yoki qisman bloklash) holatda. 15-yanvar soat 12:00 da balansni 5000 so‘mga to‘ldiradi. Raqam faollashadi, balans 4 800 so‘mni (-200 so‘m qarzdorlikni qoplashga) tashkil qiladi. Hisob to'ldirilishi bilan,"GAP yo’q Pro" tarif rejasi uchun joriy kunga kunlik abonent to'lovini yechish darhol amalga oshiriladi.Joriy kun oxirigacha kunlik daqiqa,MB va SMS to'plamlardan foydalanish mumkin. Hisobda 75 000 so'mdan kam mablag' bo'lganligi sababli, abonent to'lovini oylik yechib olishga o'tish AMALGA OSHIRILMAYDI.
b) Abonent bloklangan va balansni 75 000 so‘mgacha yoki ko‘proq mablag’ bilan to‘ldirdi (oylik abonent to‘loviga teng yoki undan ko‘proq):
2 Misol: Abonent 10-yanvarda -200 so‘m balans bilan blokga tushgan. Tarif bo'yicha abonent to'lovini yechish 15-yanvarga belgilangan. 15-yanvar soat 12:00 da balansni 80000 so‘mga to‘ldiradi. Raqam faollashadi, balans 79 800 so‘mni (-200 so‘m qarzdorlikni qoplashga) tashkil qiladi. Hisob to'ldirilgandan keyin tarif rejasi uchun abonent to'lovi to'liqligicha yechib olinadi. Mablag'lar yechib olingandan keyin abonent balansi 4800 so'mni tashkil qiladi.Mablag'lar yechib olinganda tarif bo'yicha to'plamlar to'liq hajmda, 1 kalendar oyiga beriladi. Keyingi yechib olish sanasi 15-fevral deb belgilanadi
c) Abonent faol holatda,abonent to'lovini har kunlik yechishda va balansni 75 000 so‘mgacha yoki ko‘proq mablag’ bilan to‘ldirdi (oylik abonent to‘loviga teng yoki undan ko‘proq):
3 Misol: Abonent 15-yanvarda 5000 so‘m balans bilan faol holatda. Tarif uchun kunlik abonent to'lovi 0:00 dan keyin yechib olingan. Abonent 15-yanvar soat 17:00 da balansni 80 000 so‘mga to‘ldiradi. Balans jami 85 000 so'mni tashkil qiladi. Hisob to'ldirilgandan keyin abonent to'lovini har oylik yechib olishga o'tiladi va abonent to'lovi darhol yechib olinadi. Mablag'lar yechib olingandan keyin balans 10000 so'mni tashkil qiladi. To'plamlarning 15-yanvar uchun qoldiqlari oylik 1000 daqiqa, 50000 MB, 1000 SMS bilan qo'shiladi. Abonent to‘lovini keyingi yechib olish sanasi 15-fevral deb belgilanadi.
Agar hisobni to'ldirish paytida abonent to'lovini har oylik yechib olishda bo'lsa, abonent to'lovini yechishning quyidagi qoidalari amal qiladi:
a) Abonent faol holatda,abonent to'lovini har oylik yechishda va balansni 75 000 so‘mgacha yoki ko‘proq mablag’ bilan to‘ldirdi (oylik abonent to‘loviga teng yoki undan ko‘proq):
4 Misol: Abonent 15 yanvarda 5000 so‘m balans bilan faol holatda.Tarif bo'yicha abonent to'lovini keyingi yechish 16-yanvarga belgilangan. 15-yanvar soat 12:00 da balansni 20000 so‘mga to‘ldiradi. Balans jami 25 000 so'mni tashkil qiladi. Yechib olish har oylik bo'lib qoladi. 16-yanvar 00:00 dan keyin 1 abonent to‘lovi - butun oy uchun yechib olinadi.Oylik 1000 daqiqa, 50000 MB, 1000 SMS foydalanish mumkin. Keyingi safar abonent to‘lovini yechish 16-fevralda amalga oshiriladi.
-
«GAP yo‘q Pro» TR JShShIR bo‘lmagan xorijiy fuqarolarga ulash imkoniyati mavjud. JShShIR bo‘lmagan xorijiy fuqaroning SIM-kartasi faollashtirilgan paytdan boshlab 90 kun davomida faol bo‘ladi.
-
SIM-kartaning amal qilish muddatini uzaytirish uchun abonent 90 kun o‘tgunga qadar JShShIR (jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsion raqami) taqdim qilishi kerak.
-
Abonent tomonidan JShShIR taqdim qilingandan keyin, xodim ariza, shaxsni tasdiqlovchi hujjat asosida JShShIR ma’lumotlarini abonent kartochkasiga kiritadi.
-
Abonent shartnoma bekor qilingandan keyin raqamdan foydalanish istagini bildirganda, raqamni tiklash «Raqamni tiklash» xizmatining shartlariga muvofiq amalga oshiriladi.
-
Bunda abonent JShShIR taqdim qilishi kerak.
-
JShShIR bo‘lmagan xorijiy fuqarolarga xizmat ko‘rsatish davrida, rouming xizmatlaridan foydalanish imkoniyati mavjud emas.
-
Markaziy Osiyo: Tojikiston, Qozog‘iston, Turkmaniston va Qirg‘iziston.
-
MDH mamlakatlari: Аzarbayjon, Armaniston, Bеlarus, Gruziya, Moldova, Rossiya, Ukraina.
-
Yevropa: Аvstriya, Albaniya, Andorra, Bеlgiya, Bolgariya, Bosniya va Gеrtsеgovina, Vatikan, Buyuk Britaniya, Vеngriya, Gеrmaniya, Grеtsiya, Daniya, Isroil, Irlandiya, Islandiya, Ispaniya, Italiya, Kipr, Kosovo, Latviya, Litva, Lixtеnshtеyn, Lyuksеmburg, Makеdoniya, Malta, Monako, Nidеrlandiya, Norvеgiya, Polsha, Portugaliya, Ruminiya, Slovakiya, Slovеniya, Turkiya, Finlyandiya, Fransiya, Xorvatiya, Chеrnogoriya, Chеxiya, Shvеytsariya, Shvеtsiya, Estoniya.
-
Аmеrika, Afrika: Jazoir, Angilya, Angola, Antigua va Barbuda, Argеntina, Aruba, Bеrmud, Braziliya, Burkina-Faso, Burundi, Vеnеsuela, Gabon, Gaiti, Gambiya, Gana, Gvatеmala, Gonduras, Grеnada, Guam, Kongo Dеmokratik Rеspublikasi, Dominika, Misr, Kayman orollari, Kanada, Kеniya, Kuba, Libеriya, Madagaskar, Malavi, Mali, Marokko, Mеksika, Mozambik, Namibiya, Nigеriya, Tеrks va Kaykos orollari, Panama, Paragvay, Sudan, Samoa, Sеnеgal, Sеnt Vinsеnt va Grеnadin, Sеnt Kits va Nеvis, Sеnt Lyusiya, AQSH, Sеrra-Lеonе, Tanzaniya, Trinidad va Tobago, Tunis, Chili, Urugvay, Ekvador, El-Salvador, Efiopiya, JAR, Yamayka.
-
Osiyo: Afg‘oniston, Bangladеsh, Baxrеyn, Brunеy, Vyеtnam, Gonkong, Hindiston, Indonеziya, Iordaniya, Iroq, Eron, Yaman, Kambodja, Qatar, Xitoy, Liviya, Malayziya, Maldivi, Mongoliya, Nеpal, Oman, Pokiston, Saudiya Arabistoni, Singapur, Suriya, Tailand, Tayvan, Yaponiya, Janubiy Korеya.
Xalqaro aloqa uchun tariflar.
|