Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Raqamni band qilish - kompaniya ofisida keyinchalik ulanish uchun raqamni onlayn tarzda oldindan tanlash imkoniyatidir.

Muhim:

  • Xizmat faqat jismoniy shaxslar uchun mavjud.
  • Band qilingan raqamni ulash faqat kompaniya ofislarida mavjud.
  • Raqamni band qilish muddati 3 kalendar kunni tashkil etadi. Agar siz 3 kalendar kuni ichida kompaniya ofisida raqamni ulamasangiz, band qilish bekor qilinadi va raqam boshqa abonentlar uchun sotuvga chiqariladi.
  • Kiritilgan shaxsiy ma’lumotlar shaxsni tasdiqlovchi hujjatdagi ma’lumotlarga mos kelmasa, band qilish haqiqiy hisoblanmaydi.
  • «Onlayn raqam band qilish» xizmati narxi – 5 000 so‘m.
  • Band qilingan abonent raqamini ulash vaqtida balansda «Onlayn raqam band qilish» xizmati narxi hamda tanlangan tarif rejasi va raqam toifasi bo‘yicha abonent to‘lovini yechib olish uchun yetarli mablag‘ bo‘lishi kerak.
  • Bitta JShShIR uchun bir vaqtning o‘zida uchtagacha abonent raqamini band qilish mumkin.
  • Bir sutka ichida bitta qurilmadan 50 tagacha qidiruv so‘rovi bajarilishi mumkin.
  • Alohida toifadagi raqamlarni ulash narxi chegirmalar va aksiyalarni inobatga olmagan holda ko‘rsatilgan.
  • Abonentning shaxsiy hisobida abonent to‘lovi, raqam toifasi va raqamni band qilish xizmati uchun mablag‘ yetarli bo‘lmagan taqdirda, abonent raqami Ommaviy oferta shartlariga muvofiq dastlabki blok holatiga o‘tkaziladi.
  • Ommaviy ofertada ko‘rsatilgan muddatda boshlang‘ich avans to‘lovi to‘liq amalga oshirilmagan taqdirda, raqam operator tasarrufiga qaytariladi. «Onlayn raqam band qilish» xizmati uchun yechilgan mablag‘ qaytarilmaydi.