Biz ijtimoiy tarmoqlarda
«VoLTE» xizmati

Hurmatli abonentlar!

Endilikda Siz ovozli chaqiriqlarni VoLTE xizmati bilan amalga oshirishingiz mumkin ekanligini ma’lum qilishdan mamnumiz!

VoLTE – qo‘ng‘iroqlar uchun LTE texnologiyasidan foydalanish imkoniyatini taqdim qiluvchi texnologiya: ovozli xabarlar ma’lumotlar to‘plamlari ko‘rinishida uzatiladi. Bu yuqori tezlikda qo‘ng‘iroq qilib tushish mumkin bo‘lgan aloqa sifatining yangi shaklidir.

Xizmatni Mobiuz mobil ilovasida bepul ulash imkoniyati mavjud.

Xizmatdan foydalanish uchun uni telefon sozlamalarida faollashtirish kerak. Xizmat ishlashi uchun abonent xizmatdan foydalanish imkoniyati mavjud bo‘lgan hududda bo‘lishi kerak.

Xizmatdan Toshkent va Samarqand XKMga tegishli bo‘lgan raqamlarda, jismoniy shaxslar uchun mo‘ljallangan tarif rejasiga ulangan abonentlarda, Toshkent sh. va Samarqand sh. hududidagi LTE tarmog‘ining amal qilish hududida foydalanish imkoniyati mavjud.

Xizmat haqida batafsil ma’lumot havola bo‘yicha.

Ro'yxatga qaytish