Biz ijtimoiy tarmoqlarda
«Mobiuz 7 yil» tarif rejasidagi abonentlarga xizmat ko‘rsatishning o‘zgarishi

Hurmatli abonentlar!

Abonentlarni xuddi shunday «Mobiuz 8 yil» amaldagi tarif rejasiga o‘tkazish yordamida, taqdim etilayotgan mobil aloqa xizmatlarining sifatini yaxshilash maqsadida - «Mobiuz 7 yil» tarif rejasidagi abonentlarga xizmat ko‘rsatish 09.03.2023y. dan to‘xtatilayotganini ma’lum qilamiz.

Izohlar:

1.      «Mobiuz 7 yil» tarif rejasidagi abonentlar 23.02.2023y. dan 08.03.2023y. gacha (shu jumladan) bo‘lgan davr mobaynida tarif rejasini mustaqil ravishda, o‘tish imkoniyati mavjud bo‘lgan, har qanday amaldagi tarif rejasiga o‘zgartirishlari mumkin.

        Tarifni tanlash

2.    23.02.2023y. dan 08.03.2023y. gacha (shu jumladan) «Mobiuz 7 yil» tarif rejasidan, o‘tish imkoniyati mavjud bo‘lgan, har qanday amaldagi tarif rejasiga o‘tishning narxi  - 0 so‘m.

3.    23.02.2023y. dan 08.03.2023y. gacha (shu jumladan) «Mobiuz 7 yil» tarif rejasidagi abonentlar, *111*118# USSD-buyrug‘i yordamida, tarif rejasini mustaqil ravishda "Mobiuz 8 yil" TRga o‘zgartirishlari mumkin.

4.    Abonent boshqa amaldagi tarif rejasiga o‘tishni mustaqil ravishda amalga oshirmagan holatda, Operator 09.03.2023y. dan tarif rejasini abonent holatini yomonlashtirmagan holda, jadvalga muvofiq, bir tomonlama tartibda  o‘zgartirish huquqiga ega bo‘ladi:

Arxivdagi tarif

Eski tarifning abonent to‘lovi (so‘m/oyiga)

Yangi tarifga o‘tkazish

Yangi tarifning abonent to‘lovi (so‘m/oyiga)

Mobiuz 7 yil

80 000

Mobiuz 8 yil

80 000

 

5.    Tarif rejasi kompaniya tomonidan abonentlarning holatini yomonlashtirmagan holda, bir tomonlama tartibda o‘zgartirilganda, yangi tarif rejasining birinchi oy uchun abonent to‘loviga  100% chegirma taqdim etiladi.     

6.    Yangi tarif rejasiga o‘zgartirilganda, daqiqa va SMS to‘plamlarining hisoblanishi to‘liq hajmda beriladi. «Mobiuz 7 yil» TR foydalanilmagan MB bekor qilinadi.

7.    Abonentning holatini yomonlashtirmagan holda, yangi tarif rejasiga o‘zgartirilganda foydalanilmagan daqiqa va SMS o‘tkaziladi va 1 kalendar oylik muddatga qo‘shiladi. «Mobiuz 7 yil» TR foydalanilmagan MB bekor qilinadi.

Ro'yxatga qaytish