Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Mobiuz shaxsiy ofislarida IMEI ro‘yxatdan o‘tkazish

Hurmatli abonentlar!

Endilikda Siz mobil qurilmangizning IMEI-kodini Mobiuz kompaniyasi ofislarida ro‘yxatdan o‘tkazishingiz mumkin ekanligini, ma’lum qilshdan mamnunmiz!

Ro‘yxatdan o‘tkazish uchun:

  • O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilgan mobil qurilmalarning ishlab chiqaruvchisi, rusumi, soni va IMEI-kodlari ko‘rsatilgan shaklni to‘ldirish;

  • jismoniy shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjatining asl nusxasini taqdim qilish

  • ro‘yxatdan o‘tkazilgan mobil qurilmaning IMEI-kodini taqdim qilish (*#06# so‘rovi bo‘yicha)  kerak

O‘zR rezidentlari va norezidentlari uchun ro‘yxatdan o‘tkazish narxi:

  • tarmoqdagi birinchi hodisasidan keyin 30 kalendar kuni ichida ro‘yxatdan o‘tkazilgan holatda BHMning 20%

  • tarmoqdagi birinchi hodisasidan keyin 30 kalendar kuni o‘tgandan keyin ro‘yxatdan o‘tkazilgan holatda BHMning 25%

O‘zR norezidentlari uchun xorijiy SIM-karta (rouming) ishlatigan holatda ro‘yxatdan o‘tkazish bepul.

Xizmatdan faqat jismoniy shaxslar foydalanishlari mumkin.

IMEI ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi batafsil ma’lumot havola bo‘yicha.

Ro'yxatga qaytish