Biz ijtimoiy tarmoqlarda
«Plus» va «Connect» tarif rejalaridagi abonentlarga xizmat ko‘rsatishning o‘zgarishi

Hurmatli abonentlar! 

Abonentlarga hajmi ko‘paytirilgan daqiqa, megabayt va SMS to‘plamlariga ega bo‘lgan tarif rejalaridan foydalanishning manfaatliroq shartlarini taqdim etish orqali, taqdim etilayotgan mobil aloqa xizmatlarining sifatini oshirish maqsadida - «Plus» va «Connect» tarif rejalaridagi abonentlarga xizmat ko‘rsatish  04.11.2021y. dan to‘xtatilayotganini ma’lum qilamiz.
 

Izohlar: 

1.   «Plus» va «Connect» tarif rejalaridagi abonentlar 21.10.2021y. dan 03.11.2021y. gacha (shu jumladan) bo‘lgan davr mobaynida, o‘tish imkoniyati mavjud bo‘lgan har qanday boshqa tarif rejasiga, mustaqil ravishda o‘tishlari mumkin.

Tarifni tanlash   

2.    21.10.2021y. dan «Plus» va «Connect» tarif rejalaridan, o‘tish imkoniyati mavjud bo‘lgan har qanday tarif rejasiga o‘tishning narxi  - 0 so‘m.

3.    Abonent tarif rejasini o‘zgartirishni mustaqil ravishda amalga oshirmagan holatda, operator 04.11.2021y. dan tarif rejasini abonent uchun manfaatliroq bo‘lgan: «Plus» TRni «Omad Plus» tarifiga  va «Connect» TRni «Mobi 50» tarifiga, bir tomonlama tartibda o‘zgartirish huquqiga ega bo‘ladi.

Ushbu holatda, tarif rejasi «Plus» TRdan «Omad Plus» TRga, «Connect» TRdan «Mobi 50» TRga o‘zgartirilganda «Omad Plus» va «Mobi 50» tarif rejalari uchun birinchi oyga hisoblangan abonent to‘lovining miqdoriga 100% chegirma taqdim etiladi.

«Omad Plus» TR bo‘yicha daqiqa,MB va SMS to‘plamlari to‘liq hajmda hisoblanadi. «Mobi 50» TR bo‘yicha daqiqa,MB va SMS to‘plamlari, joriy oyning oxirigacha qolgan kunlarning soniga mutanosib ravishda hisoblanadi.

4.  Tarif rejasi o‘zgartirilganda, «Plus» va «Connect» tarif rejalari bo‘yicha foydalanilmagan MB,SMS va daqiqalar o‘tkaziladi va yangi tarif rejasining MB,SMS va daqiqalari bilan qo‘shiladi.

5.   Tarif rejasini «Plus» tarif rejasidan «Omad Plus» tarif rejasiga va «Connect» tarif rejasidan «Mobi 50» tarif rejasiga bir tomonlama tartibda o‘zgartirish,«Plus» va «Connect»  tarif rejalari bo‘yicha joriy oy uchun abonent to‘lovi muvaffaqiyatli yechib olingan abonentlar orasida, har kuni (04.11.2021y. dan boshlab) amalga oshiriladi.

Ro'yxatga qaytish