Biz ijtimoiy tarmoqlarda
«Optimal», «Qulay», «777 Year», «Qulay Yillik», «Ultra Year», «Maxi Year» TR abonentlariga xizmat ko‘rsatishda o‘zgarishlar.

Hurmatli abonentlar!

Abonentlarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, ularni ko‘proq daqiqa, megabayt va SMS-xabarlarni o‘z ichiga olgan va qulayroq shartlarga tarif rejalariga o‘tkazish maqsadida 24.06.2019 y.dan «Optimal», «Qulay», «777 Year», «Qulay Yillik», «Ultra Year», «Maxi Year» tarif rejalari yopilayotganligini ma’lum qilamiz.

1. 24.06.2019 y.gacha ushbu tarif rejalaridan foydalanayotgan abonentlar o‘zlari tanlagan xohlagan tarif rejalariga o‘tib olishlari mumkin.

2. Bunday holatda kattaroq abonent to‘loviga ega tarifga o‘tish – bepul. Kichikroq abonent to‘loviga ega tarif rejasiga o‘tish pullik (tarfi rejasiga qarab 4210.35 so‘m yoki 8420,7 so‘m). Abonent o‘zi tarif rejasini o‘zgartirganda yangi o‘tgan tarif rejasi bo‘yicha daqiqa, megabayt va SMS’lar, shuningdek, abonent to‘lovi ham iyun oyining qolgan kunlariga mutanosib ravishda belgilanadi.

3. Agar ushbu tarif rejalaridan foydalanayotgan abonentlar 24.06.2019 y.gacha o‘zlari boshqa tarif rejalariga o‘tmasa, kompaniya ularni quyidagi tariflarga avtomatik ravishda o‘tkazish huquqiga ega:

Abonentlarning amaldagi tarifi

(24.06.2019 y. gacha)

Abonent to‘lovi

(so‘m oyiga)

Tarif bo‘yicha limitlar (oyiga)

Abonentlarni yangi tariflarga o‘tkazish

(24.06.2019 y. dan boshlab)

Abonent to‘lovi

(so‘m oyiga)

Tarif bo‘yicha limitlar (oyiga)

Optimal

33 000,00

800 daqiqa O‘zbekiston bo‘yicha, 1500 Mb va 800 SMS

Optimal+

33 000,00

800 daqiqa O‘zbekiston bo‘yicha, 3000 Mb va 800 SMS

Qulay

42 000,00

1000 daqiqa O‘zbekiston bo‘yicha, 2000 Mb va 1000 SMS

Qulay+

42 000,00

1000 daqiqa O‘zbekiston bo‘yicha, 5000 Mb va 1000 SMS

777 Year

421 035,00/yiliga

777 daqiqa O‘zbekiston bo‘yicha, 777 Mb va 777 SMS

Qulay+ Yillik

421 035,00/yiliga

1000 daqiqa O‘zbekiston bo‘yicha, 5000 Mb va 1000 SMS

Qulay Yillik

420 000,00/yiliga

1000 daqiqa O‘zbekiston bo‘yicha, 2000 Mb va 1000 SMS

Qulay+ Yillik

420 000,00/yiliga

1000 daqiqa O‘zbekiston bo‘yicha, 5000 Mb va 1000 SMS

Ultra Year

1 052 587,50/yiliga

2000 daqiqa O‘zbekiston bo‘yicha, 3000 Mb va 2000 SMS

Ideal Yillik

1 052 587,50/yiliga

3000 daqiqa O‘zbekiston bo‘yicha, 14000 Mb va 3000 SMS

Maxi Year

631 552,50/yiliga

1000 daqiqa O‘zbekiston bo‘yicha, 2000 Mb va 1000 SMS

Premial Yillik

631 552,50/yiliga

1500 daqiqa O‘zbekiston bo‘yicha, 7000 Mb va 1500 SMS


Bunday holatda yangi tarif rejasi bo‘yicha daqiqa, megabayt va SMS’lar iyun oyining qolgan kunlariga mutanosib ravishda belgilanadi. Yangi tarif bo‘yicha iyunning qolgan kunlariga mutanosib ravishda abonent to‘lovi yechib qolinmaydi!

Yillik TR uchun to'langan davr muddatlari saqlanib qoladi.

Abonentlar keyinchalik o‘zlari xohlagan tariflarga o‘tib olishlari mumkin.

batafsil>>>

Ro'yxatga qaytish