Mobiuzdan «Omadli to‘lov» aksiyasi!

Chop etish versiyasi

«OMADLI TO‘LOV» AKSIYASI

«OMADLI TO‘LOV» AKSIYASINI O‘TKAZISH QOIDALARI

Aksiyani o‘tkazish davri:

Boshlanishi: 01.12.2022y.

Tugashi: 28.02.2023y.(shu jumladan).

Aksiyada ishtirok etish uchun quyidagilarni bajarish zarur:

  • Mobiuz mobil ilovasini yuklab olish va ro‘yxatdan o‘tish

  • Balansni mobil ilova orqali, bir martalik to‘lov bilan 40 000 so‘m va undan ko‘proq mablag‘ bilan to‘ldirish

  • Imkoniyatlarni to‘plash va sovrinlarning o‘ynalishini kutish!

AKSIYANING SOVRIN JAMG‘ARMASI

Sovrin jamg‘armasi

Sovrinlar soni

Jami mablag‘

Pul sovrini 1 000 000 so‘m

30

30 000 000

Pul sovrini 3 000 000 so‘m

20

60 000 000

Pul sovrini 5 000 000 so‘m

15

75 000 000

Pul sovrini 10 000 000 so‘m

10

100 000 000

Pul sovrini 15 000 000 so‘m

5

75 000 000

Pul sovrini 20 000 000 so‘m

3

60 000 000

Bosh sovrin

Soni

Jami

Pul sovrini 100 000 000 so‘m

1

100 000 000 so‘m

Pul sovrinlari G‘oliblarga naqdsiz shaklda,hamda pul mablag‘larini, to‘lovni amalga oshirish paytidagi O‘zR amaldagi qonunchiligida nazarda tutilgan soliqlarni ushlab qolgan holda, G‘olibning bankdagi hisob raqamiga o‘tkazish orqali beriladi.

«Omadli to‘lov» aksiyasi ishtirokchilariga qo‘yiladigan talablar:

  • Aksiyada - quyidagi talablarga mos keladigan, 18 yoshga to‘lgan, O‘zR fuqarolari - jismoniy shaxslar,hamda O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashaydigan xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ishtirok etishlari mumkin:

  • Abonent – jismoniy shaxslar uchun oldindan to‘lov qilish hisob-kitob tizimli tarif rejalarining foydalanuvchisi

  • Abonent aksiya davrida balansni mobil ilova orqali 40 000 so‘m va undan ko‘proq bo‘lgan bir martalik to‘lov bilan to‘ldirgan

  • Abonentning Shartnomasi Aksiyani o‘tkazish davridava Aksiya go‘liblarini aniqlash paytida amalda bo‘lgan

  • Abonentning SIM-kartasi Aksiya g‘oliblarini aniqlash paytida faol (bandlanmagan) bo‘lgan

  • Abonent aksiyani o‘tkazish davrida va g‘oliblarni aniqlash paytidamobil ilovada ro‘yxatdan o‘tgan va faol foydalanuvchisi bo‘lishi kerak

Aksiya doirasida sovrinni olishga da’vogarlik qila olmaydigan shaxslar:

  • Jismoniy shaxslar – O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasiga ega bo‘lmagan, xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar

  • 18 yoshga to‘lmagan jismoniy shaxslar

  • Aksiya davrida «UMS» MChJ bilan mehnat munosabatlarida bo‘lgan xodim, jismoniy shaxslar,hamda ularning yaqin qarindoshlari (ota-ona, tug‘ishgan va o‘gay aka-uka, opa-singillari, turmush o‘rtog‘i, farzandlari, shu jumladan asrab olingan, hamda turmush o‘rtog‘ining ota-onasi, tug‘ishgan va o‘gay aka-uka, opa-singillari)

  • «UMS» MChJ bilan fuqarolik-huquqiy shartnoma tuzgan jismoniy shaxslar, hamda ularning yaqin qarindoshlari

  • «UMS» MChJ vakolatli dilerlari, ularning ishchilari (dilerlar, dilerlarning ishonchli vakillari, operatorlar)

  • Abonentlar - Yuridik shaxslar

«Omadli to‘lov» aksiyasida ishtirok etish shartlari

  •  Agar jismoniy shaxs «UMS» MChJ abonenti bo‘lmasa, aksiya ishtirokchisiga aylanish uchun aksiyani o‘tkazish davrida jismoniy shaxslar uchun mo‘ljallangan tarif rejasiga ulanishi, mobil ilovada ro‘yxatdan o‘tishi va balansni bir martalik to‘lov bilan 40 000 so‘m va undan ko‘proq mablag‘ bilan to‘ldirishi kerak.

  • Agar jismoniy shaxs «UMS» MChJ abonenti bo‘lsa, aksiya ishtirokchisiga aylanish uchun aksiyani o‘tkazish davrida mobil ilovada ro‘yxatdan o‘tishi va balansni bir martalik to‘lov bilan 40 000 so‘m va undan ko‘proq mablag‘ bilan to‘ldirishi kerak.

  • Abonentga to‘liq 40 000 so‘mlik bir martalik to‘lov evaziga aksiya doirasida bitta imkoniyat taqdim etiladi. To‘ldirishlar qancha ko‘p bo‘lsa, abonentdagi imkoniyatlar shuncha ko‘proq.

  • Imkoniyat abonent raqami mobil ilovada ro‘yxatdan o‘tkazilgan va to‘lov profilidan    amalga oshirilgan foydalanuvchiga taqdim etiladi.

  • Bir martalik to‘lovni o‘zining abonent raqamining balansiga ham, boshqa har qanday «UMS» MChJ abonent raqamiga ham amalga oshirish mumkin

  • Bitta abonent aksiya davridagi bitta kalendar oyi (dekabr/yanvar/fevral)davomida10 tadan ortiq bo‘lmagan imkoniyatlarga ega bo‘lishi mumkin (to‘ldirishlar sonidan qat’iy nazar).

  • Bitta abonent aksiyaning butun davri davomida 30 tadan ortiq bo‘lmagan imkoniyatlarga ega bo‘lishi mumkin (to‘ldirishlar sonidan qat’iy nazar).

  • Abonent o‘zining mobil ilovadagi profilini o‘chirib tashlagan holatda («Hisobni o‘chirish» funksiyasi), aksiya davrida to‘plangan barcha imkoniyatlar bekor qilinadi.

  • Raqam qayta rasmiylashtirilgan yoki bekor qilingandan keyin tiklangan holatlarda, abonent raqamida avval to‘plangan imkoniyatlar bekor qilinadi.

  • Abonent tarif rejasini, aksiyada ishtirok etmayotgan tarif rejasiga o‘zgartirgan holatda, avval to‘plangan imkoniyatlar bekor qilinadi.

  • Abonentda imkoniyatlarning sonini tekshirish imkoniyati uning mobil ilovadagi profilida mavjud bo‘ladi.

  • Abonent balansni to‘ldirgan va evaziga imkoniyat/imkoniyatlarga ega bo‘lgan mablag‘lar qaytarilmaydi va aloqa xizmatlariga ishlatilishi kerak.

«Omadli to‘lov» aksiyasi doirasida g‘oliblarni aniqlash shartlari 

1. Aksiya o‘tkazilgan butun davr davomida aksiya shartlarni bajargan har bir abonentga, har bir imkoniyat uchun alohida ID kod beriladi.

2. Bitta ID kod – bu bitta imkoniyat. Bitta abonentda bir nechta ID kod bo‘lishi mumkin.

3. Pul sovrinlarining g‘oliblarini aniqlash jarayoni uchun birinchi raqamlari 0 bo‘lgan 6-xonali raqamlar ket-ketligidagi ID-kodlardan foydalaniladi.

4. Raqamlarning ko‘lami – pul sovrinlarining o‘ynalishida ishtirok etuvchi imkoniyatlarining umumiy soni.

5. ID berilgandan keyin, abonentlar o‘z ID raqamlarini mobil ilovada ham, *2023# USSD-so‘rovi orqali ham tekshirish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.

Misollar:

Pul sovrinlarining o‘ynalishidagi barcha ishtirokchilar imkoniyatlarining umumiy soni 60125 ni tashkil etadi.Shunga ko‘ra, aksiya ishtirokchilarining barcha ID kodlari ko‘lami – 000001 dan 060125 gacha.

«Omadli to‘lov» aksiyasining g‘oliblarini aniqlash

  • Aksiya g‘oliblarini aniqlash sanasi: 15.03.2023y.

  • G‘oliblarni aniqlash jarayonining o‘tkazilish joyi Operator tomonidan belgilanadi.

  • O‘tkazish joyi MOBIUZ uslubida brendlanadi va ekran hamda internetga ulangan noutbuk bilan jihozlangan. Noutbukdagi barcha harakatlar ekranga chiqariladi.

  • G‘oliblarni aniqlash tasodifiy raqamlar onlayn generatori yordamida, aksiya ishtirokchilarning butun mamlakat bo‘yicha barcha ID kodlari orasida o‘tkaziladi.

  • Buning uchun abonentlarga,pul sovrinlarining go‘liblarini aniqlash uchun 2023-yil 10-martgacha, berilgan ID-kodlarning o‘zidan foydalaniladi.

  • Boshlovchi ID-kodlarning butun mamlakat bo‘yicha umumiy sonini e’lon qiladi. G‘olibni aniqlashda tasodifiy raqamlar onlayn generatoriga barcha ID kodlar kiritiladi. “G‘olibni topish” tugmasi bosilganidan so‘ng tasodifiy raqam chiqadi. Mazkur raqamga mutanosib ID kod yutuqli hisoblanadi. Sovrinli ID kod biriktirilgan abonent aksiya g‘olibi – pul sovrinining sohibi hisoblanadi. Shuningdek barcha yutuqli ID-kodlar navbatma-navbat ekranda ko‘rsatiladi. Sovrinli ID kodlarni aniqlashning to‘liq jarayoni onlayn ravishda katta ekranda uzatiladi.

  • Pul sovrinlarining har bir toifasida (1,3,5,10,15,20 million so‘m) go‘liblar aniqlangandan keyin,boshlovchi ularning biri yoki bir nechtasi bilan telefon orqali bog‘lanadi.

  • G‘olib bilan aloqaga chiqish uchun sovrinli ID-kodga tegishli bo‘lgan abonent raqamiga 3 (uch) martadan ortiq bo‘lmagan holda, qo‘ng‘iroq qilib tushishga harakat qilinadi. Ushbu g‘olibga qilingan qo‘ng‘iroq muvaffaqiyatli bo‘lganda, boshlovchi ovozni baland qilgan holda uni tabriklaydi.

Bosh pul sovrini go‘libi - 100 000 000 so‘m sohibini aniqlash.

  • 1, 3, 5, 10,15,20 mln. so‘m pul sovrinlarining sohiblari aniqlangandan keyin,g‘olib – 100 mln. so‘m bosh sovrinining sohibi aniqlanadi.

  • Abonentlarga 2023y. 10-martgacha berilgan ID-kodlarning o‘zi ishtirok etadi. Har qanday pul sovrinini yutib olgan abonent ham bosh sovrinni yutib olish imkoniyatiga ega.

  • Aksiyaning g‘olibi – bosh sovrin sohibini aniqlash ham tasodifiy raqamlar onlayn generatori yordamida, aksiya ishtirokchilarning barcha ID kodlari orasida o‘tkaziladi.

  • Boshlovchi ID-kodlarning umumiy sonini e’lon qiladi. G‘olibni aniqlashda tasodifiy raqamlar onlayn generatoriga barcha ID kodlar kiritiladi. “G‘olibni topish” tugmasi bosilganidan so‘ng tasodifiy raqam chiqadi. Mazkur raqamga mutanosib-ID kod yutuqli hisoblanadi.

  • Sovrinli ID-kod biriktirilgan abonent aksiya g‘olibi – 100 mln. so‘mlik bosh sovrinning sohibi hisoblanadi.

  • Sovrinli ID-kodlarni aniqlashning to‘liq jarayoni onlayn ravishda katta ekranda uzatiladi. Shuningdek, ekranda sovrinli ID ham ko‘rsatiladi.

  • Aksiya g‘olibi – bosh sovrinning sohibi aniqlangandan keyin ham boshlovchi u bilan telefon orqali bog‘lanadi. G‘olib bilan aloqaga chiqish uchun sovrinli ID-kodga tegishli bo‘lgan abonent raqamiga 3 (uch) martadan ortiq bo‘lmagan holda, qo‘ng‘iroq qilib tushishga harakat qilinadi. Ushbu g‘olibga qilingan qo‘ng‘iroq muvaffaqiyatli bo‘lganda, boshlovchi ovozni baland qilgan holda uni tabriklaydi.

G‘oliblarni aniqlash jarayonining qo‘shimcha shartlari:

  • G‘oliblarni aniqlash keng jamoatchilikni jalb qilib va video-yozuvdan foydalangan holda o‘tkaziladi.

  • Aksiya g‘oliblarini aniqlashning butun jarayoni Mobiuz ijtimoiy tarmoqlaridagi rasmiy sahifalarida jonli efirda uzatiladi.

  • Aksiyaning g‘oliblarini aniqlash jarayoni Mustaqil komissiya tomonidan kuzatib turiladi.

  • Aksiya G‘oliblarini tabriklash marosimi “UMS” MChJ tomonidan qo‘shimcha ravishda belgilangan joyda o‘tkaziladi. Aksiya Ishtirokchilariga marosimlarni o‘tkazish joyi, sanasi va vaqti haqida mobi.uz saytida ma’lumot joylashtirish va tegishli SMS-tarqatmalarni yuborish orqali xabar beriladi.

  • Kompaniya Aksiya g‘olibi bo‘lgan barcha abonentlarni – g‘oliblar aniqlangan kundan boshlab 5 (besh) ish kuni ichida xabardor qiladi.

  • Sovrinlarni topshirish tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgandan keyin amalga oshiriladi.

6.      Pul sovrinlarini olish tartibi, muddatlari, joyi va shartlari

1. Kompaniya yutuq hujjatlar bilan rasmiylashtirilgan kundan boshlab 30 (o‘ttiz) ish kuni ichida, Aksiya G‘oliblariga yutuq hajmidagi pul mablag‘larini to‘lab berish majburiyatini o‘z zimmasiga oladi.

2. Aksiya g‘oliblari, g‘oliblar aniqlangan kundan boshlab 30 (o‘ttiz) ish kuni ichida, yutuqni rasmiylashtirish uchun kerak bo‘lgan barcha hujjatlarni (7-bandni qarang) taqdim qilishlari shart.

3. Yutuqni olish uchun faqat Aksiya g‘olibi– yutuqli ID kod biriktirilgan UMS abonent raqami nomida bo‘lgan, jismoniy shaxs da’vogarlik qilishi mumkin.

4. “UMS” MChJ soliq va yig‘imlarni, Aksiya sovrin jamarg‘armasida nazarda tutilmagan, o‘z mablag‘laridan to‘lash bo‘yicha majburiyatlarni zimmasiga olmaydi;

5. Aksiya g‘olibi pul sovrinlarini olish haqidagi xohishini,o‘zi bilan barcha kerakli hujjatlari bo‘lgan holda (7-bandni qarang),faqat “UMS” MChJ Toshkent shahridagi shaxsiy ofisiga (Amir Tеmur shox ko‘chаsi, 24-uy manzili bo‘yicha joylashgan) bildirishi mumkin.

Agar G‘olib belgilangan muddatlarda “UMS” MChJ Toshkent shahridagi shaxsiy ofisiga (Amir Tеmur shox ko‘chаsi, 24-uy manzili bo‘yicha joylashgan) yutuqni olish xohishi bilan murojaat qilmasa, “UMS” MChJ sovrinni taqdim etishdan bosh tortish huquqiga ega.Pul mablag‘lari “UMS” MChJ mulki bo‘lib qoladi va takroran o‘ynalmaydi.

6. Yutuq pul mablag‘idan to‘lov amalga oshirilgan paytdagi O‘zR amaldagi qonunchiligiga muvofiq, jismoniy shaxslarning daromadidan ushlab qolinadigan soliqni olib qolgan holda, Aksiya G‘olibi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining har qanday bankida ochilgan bank hisob raqamiga o‘tkazib beriladi.

7. Sovrinni olishdan oldin Aksiya g‘olibi “UMS” MChJ Toshkent shahridagi shaxsiy ofisiga (Amir Tеmur shox ko‘chаsi, 24-uy manzili bo‘yicha joylashgan) shaxsan murojaat qilishi va quyidagi hujjatlarni taqdim qilishi kerak:

  • O‘zR fuqarosi pasportining asl nusxasi (O‘zR fuqarolari uchun) yoki ID-karta.

  • milliy pasport va yashash uchun guvohnoma (xorijiy fuqarolar uchun) yoki ID-karta.

  • fuqaroligi bo‘lmagan shaxs guvohnomasi va yashash uchun guvohnoma (fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uchun)

  • JShShIR

  • Abonent (Aksiya G‘olibi) va “UMS” MChJ o‘rtasidagi abonentlik shartnomasi;

  • G‘olib nomiga ochilgan bank hisob raqamining mavjudligini tasdiqlovchi hujjat (G‘olib va unga xizmat ko‘rsatuvchi bank o‘rtasidagi shartnoma yoki xizmat ko‘rsatuvchi bankdan tegishli ma’lumotnoma);

  • bank hisob raqamining rekvizitlari;

  • G‘olibning bank hisob raqamiga pul mablag‘larini o‘tkazishga rozilik haqidagi tilxat;

  • jismoniy shaxslarning daromad soliqlarini ushlab qolishga ariza;

  • yaqin qarindoshlar haqidagi ma’lumotlar. Da’vogar (pul mablag‘lari o‘ynalishining g‘olibi)tegishli shaklni to‘ldirish yo‘li bilan o‘zining yaqin qarindoshlari (ota-ona, tug‘ishgan va o‘gay aka-uka, opa-singillari, turmush o‘rtog‘i, farzandlari, shu jumladan asrab olingan, hamda turmush o‘rtog‘ining ota-onasi, tug‘ishgan va o‘gay aka-uka, opa-singillari ) haqidagi ma'lumotlarni taqdim qilishi kerak.

Da’vogarning (pul mablag‘lari o‘ynalishining g‘olibi) "UMS" MChJ bilan mehnat shartnomasi tuzgan yoki UMS» MChJ yoki uning vakolatli dilerlari bilan fuqarolik-huquqiy shartnoma tuzgan shaxslar bilan qarindoshligi mavjudligi aniqlansa, hamda ishonchsiz ma’lumotlar taqdim qilingani aniqlangan vaziyatda Sovrin berilmaydi.

Da’vogar tomonidan ishonchsiz ma’lumot taqdim qilingani Aksiya doirasida yutuq topshirilgandan keyin aniqlansa, Kompaniya sovrinning qiymatini sud tartibida undirib olish huquqini o‘zida qoldiradi.

8. Kompaniya quyidagi holatlarda G‘olibning yutuq natijalarini bekor qilish huquqini o‘zida qoldiradi:

  • G‘olibning Aksiyada ishtirok etish shartlariga to‘g‘ri kelmasligi aniqlanganda;

  • Mazkur Qoidalarning 7-bandida sanab o‘tilgan, kerakli hujjatlarni topshirishdan bosh tortish/taqdim qilmaslik;

  • G‘olib tomonidan mazkur Qoidalarning 7-bandida sanab o‘tilgan hujjatlarda, yolg‘on ma’lumot berilganligi aniqlansa.

Yutuq natijalari bekor qilingan holatda, pul mablag‘lari “UMS” MChJ mulki bo‘lib qoladi va takroran o‘ynalmaydi.

9. G‘olib pul yutug‘ini rasmiylashtirish/qabul qilish vaqtida Abonent to‘g‘risidagi shaxsiy ma’lumotlar va Sovrin haqidagi batafsil axborot ko‘rsatilgan barcha zarur hujjatlarni (yutuqni rasmiylashtirish/qabul qilish jarayoni bilan bog‘liq) imzolashi shart.

Aksiya G‘olibining zarur hujjatlarni imzolashdan va/yoki boshqa yuridik jihatdan ahamiyatli hatti-harakatlarni amalga oshirishdan, jumladan yutuqlarni qabul qilish uchun talab etilgan hujjatlarni taqdim etishdan bosh tortishi G‘olibning yutuqni olishdan bosh tortishi sifatida baholanadi.

10. Pul sovrinini rasmiylashtirish/olish paytida G‘olib sovrinni olish jarayonini ishlatish va kompaniya rasmiy sahifalarida joylashtirish uchun foto va videotasvirga olinishiga o‘z roziligini beradi.

11. “UMS” MChJ pul mablag‘i va sovrinlarni naqd pul ko‘rinishda to‘lash majburiyatini o‘z zimmasiga olmaydi.

12. Agar Aksiya G‘olibi Toshkent shahrida istiqomat qilmaydigan bo‘lsa, “UMS” MChJ G‘olibning Toshkent shahriga kelishi bilan bog‘liq bo‘lgan har qanday xarajatlarni (Toshkent shahrigacha borish/kelish uchun yo‘l haqqi,mehmonxonada joylashtirish, ovqatlanish va boshq.) qoplash bo‘yicha majburiyatlarni o‘z zimmasiga olmaydi.

13. Aksiya g‘oliblari har qanday sabablarga ko‘ra yutuqni berishni talab qilmaganda yoki undan voz kechganda pul mablag‘lari “UMS” MChJ mulki bo‘lib qoladi. Bu holatda talab qilinmagan sovrinlar takroran o‘ynalmaydi.

14. “UMS” MChJ G‘olib tomonidan Sovrinlarni olish tartibida nazarda tutilgan barcha talablar va shartlar bajarilmagan taqdirda, G‘olibga sovrinni taqdim qilishdan bosh tortish huquqini o‘zida qoldiradi.

15. “UMS” MChJ quyidagi holatlar uchun javobgar emas:

  • ishtirokchilarda mobi.uz saytida joylashtirilgan g‘olib ID raqamlar ro‘yxati bilan tanishish imkoniyati yo‘qligi;

  • g‘olibning yutuqli ID kodi biriktirilgan abonent raqami, qo‘ng‘iroq qilish va/yoki SMS-xabarnoma yuborish paytida bandlangan holatda bo‘lishi.

  • sovrinlarni olish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar/hujjatlar ishtirokchilarning aybi bilan yoki boshqa sabablarga ko‘ra topshirilmagani/o‘z vaqtida topshirilmagani;

  • aksiya ishtirokchilari tomonidanSovrinlarni olish tartibida nazarda tutilgan majburiyatlar bajarilmagani (o‘z vaqtida bajarilmagani);

  • sovrinlar talab etilmagani yoki ularni olishdan bosh tortilgani sababli, Aksiya G‘oliblari tomonidan olinmagani;

  • uchinchi shaxslarning aybi va/yoki fors-major holatlari tufayli G‘oliblarga sovrinlarni topshirish bo‘yicha majburiyatlarni bajarishning imkoni bo‘lmaganligi.

16. Sovrinni berishdan bosh tortilganda yoki G‘olibning yutuq natijalari bekor qilinganda pul mablag‘lari “UMS” MChJ mulki bo‘lib qoladi va takroran o‘ynalmaydi.

17. Sovrinni rasmiylashtirish/olish paytida G‘olib sovrinni olish jarayonini ishlatish va kompaniya rasmiy sahifalarida joylashtirish uchun foto va videotasvirga olinishiga o‘z roziligini beradi.

IZOHLAR

1. Aksiyada qatnashgan hamda shaxsiy va aloqa ma’lumotlarini taqdim etgan Ishtirokchi o‘zining shaxsiy aloqa manzillariga (abonent raqamiga), shu jumladan ijtimoiy xarakterdagi saytlarga ishtirokchilarning qo‘shimcha roziligini olmasdan va unga hech qanday mukofot to‘lanmagan holda, har qanday taqiqlanmagan shakldagi- qo‘ng‘iroqlar, foto, video, matnli xabarlar ko‘rinishidagi reklama xabarlarining yuborilishi bo‘yicha Kompaniyaga huquq va o‘z roziligini (ruxsatini) beradi.

2. Aksiya ishtirokchilari Aksiyada ishtirok etish va sovrinlarni olish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha harakatlarni, mazkur Hujjatda belgilangan muddatlarda bajarishlari shart.

3. “UMS” MChJ ushbu Qoidalarda belgilangan shartlar va muddatlarga muvofiq ravishda Aksiya g‘oliblari – Aksiya Sovrin jamg‘armasi sohiblarini aniqlash jaryonini o‘tkazishi va ularga sovrinlarni taqdim etishi shart.

4. “UMS” MChJ Aksiya ishtirokchisi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni uchinchi shaxslarga berish huquqiga ega emas. Ushbu Qoidalar va O‘zbekiston Respublikasi amaldagi qonunchiligida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.

5. “UMS” MChJ, ushbu Hujjatda ko‘rsatilgan holatlar yoki O‘zbekiston Respublikasi amaldagi qonunchiligi talablaridan tashqari vaziyatlarda, Aksiya ishtirokchilari bilan yozma muzokaralar boshlamaslik yoki boshqa har qanday aloqa qilmaslik huquqini o‘zida qoldiradi.

6. Ishtirokchi Aksiyada qatnashish orqali, Aksiyaning Tasniflari, Muddatlari, Shartlari va Izohlari, shuningdek Sovrinlarni olish tartibi bilan to‘liq tanishganligi va roziligini tasdiqlaydi.

7. “UMS” MChJ Aksiya qoidalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish huquqini o‘zida qoldiradi. Aksiya shartlari o‘zgargan taqdirda, “UMS” MChJ tegishli ma’lumotlarni mobi.uz rasmiy saytida joylashtirish majburiyatini oladi.

8. Aksiya o‘tkazilishi to‘xtatilgan holatda “UMS” MChJ mobi.uz rasmiy saytida tegishli xabarni joylashtirish majburiyatini oladi.