«Qo‘shimcha!» aksiyasi

Chop etish versiyasi

Aksiyaning amal qilish davri: 05.12.2022y. dan 31.12.2022y. gacha (shu jumladan).

Aksiyadan quyidagi shaharlarda foydalanish imkoniyati mavjud: Buxoro, Guliston, Navoiy, Namangan, Shahrisabz, Toshkent, Samarqand va Toshkent viloyati.

Abonentga «Jozibali», «Mobi 30+», «Mobi 40», «Mobi 50+», «Mobi 60», «GAP yo‘q», «GAP yo‘q Pro», «GAP yo‘q Maxi» tarif rejalariga ulanganda qo‘shimcha ravishda xuddi shunday tarif rejasiga yana bitta abonent raqamini birinchi oy uchun abonent to‘lovi qiymatiga 100% chegirma taqdim etilishi bilan ulash imkoniyati taqdim etiladi.   

  • Ikkinchi SIM-kartadagi tarif rejasiga kiritilgan daqiqa, SMS va MB to‘plamlari to‘liq hajmda beriladi.

  • Raqam faollashtirilgandan keyin, 24 soat davomida, tarif rejasini o‘zgartirish imkoniyati mavjud emas.

  • Ikkinchi SIM-kartani ulagan paytdan, to‘liq bir oy muddat o‘tgandan so‘ng, barcha keyingi oylar/kunlar uchun abonent to‘lovi to‘liqligicha (chegirma taqdim etilmagan holda) hisoblanadi. Abonent to‘loviga kiritilgan daqiqa, SMS va MB to‘plamlari oy/kun uchun belgilangan to‘liq hajmda beriladi.

  • Tarif rejasi «Jozibali», «Mobi 30+», «Mobi 40», «Mobi 50+», «Mobi 60», «GAP yo‘q», «GAP yo‘q Pro», «GAP yo‘q Maxi», tariflaridan boshqalariga o‘zgartirilganda, yangi tarif bo‘yicha abonent to‘lovi to‘liqligicha to‘lanadi. 

  • Toshkent va Samarqand shahridagi abonentlar uchun Jozibali tarif rejasidan foydalanish imkoniyati mavjud emas.