Biz ijtimoiy tarmoqlarda
MNP (mobil raqamni ko‘chirish)

O‘zining raqami bilan Mobiuz’ga o‘tishdan oldin, quyidagi shartlarga rioya qilinishiga ishonch hosil qilish kerak

  • Raqam bloklanmagan

  • Abonentlik hisobining balansi ijobiy

  • Raqam Sizning nomingizga rasmiylashtirilgan va shaxsiy ma’lumotlar to‘g‘ri

  • Siz raqamni taqdim qilish shartlariga muvofiq barcha to‘lovlarni amalga oshirgansiz va raqam ijarada/haqini qismlarga bo‘lib to‘lashda emas.

O‘zining raqami bilan Mobiuz’ga o‘tish uchun qanday harakatlarni amalga oshirish kerak

  • Mobiuz ofisiga murojaat qilish

  • Abonent raqamini ko‘chirishga arizani topshirish

  • Raqamni ko‘chirish imkoniyati mavjud ekanligini tekshirish amaliyoti va SIM-kartaning rasmiylashtirilishini kutish

  • Raqamni ko‘chirish va tanlangan tarif rejasi uchun to‘lovni amalga oshirish

  • Sizning o‘tkazilgan raqamingiz bo‘lgan yangi Mobiuz SIM-kartasini olish


Mobiuz kompaniyasini tanlash uchun sabablar

  • Tarmoq qamrovining keng hududi!
  • Raqamingizni boshqarish qulay bo‘lishi uchun mobil ilova! Tarifni o‘zgartiring, xizmatlarni ulang, hisobni to‘ldiring, sodiqlik dasturida ishtirok eting.
  • Yangi va amaldagi abonentlar uchun muntazam ravishdagi bonuslar va aksiyalar!
  • Cheksiz Internet! Xotirjam tarif rejalari turkumi va «UNLIM» servisi doirasida internet manbalaridan cheklanmagan tarzda foydalanish imkoniyati!
  • Cheksiz aloqa! Tarif rejalari va Gap ko‘p xizmati doirasida tarmoq ichida va O‘zbekiston bo‘yicha cheksiz daqiqalar
  • Salbiy hisobgacha mablag‘ yechib olishlarsiz! To‘lov faqatgina balansda yetarli miqdordagi mablag‘ mavjud bo‘lganda yechib olinadi.


Ko‘p beriladigan savollar

MNP o‘zi nima ?

MNP (Mobile Number Portability - mobil raqamni ko‘chirish) xizmati o‘zining mobil raqamini saqlab qolgan holda, aloqa operatorini o‘zgartirishga imkon beradi.

Raqamni ko‘chirish xizmatining narxi qancha?

Xizmatning narxi 60 000 so‘mni tashkil qiladi.

Operator almashtirilganda raqamning kodi o‘zgaradimi?

Yo‘q, avvalgi kodning o‘zi qoladi.

Mobil raqamni ko‘chirish uchun qanday hujjatlar kerak?

O‘zbekiston fuqarosining pasporti yoki xorijiy fuqaroning pasporti va JSHSHIR

Mobil raqamni ko‘chirish jarayoni qancha vaqt oladi?

Barcha shartlar bajarilgan holatda, raqamni ko‘chirish jarayoni, ariza topshirilgan paytdan boshlab bir necha daqiqa vaqt oladi.

Ularsiz raqam ko‘chirilmaydigan qandaydir maxsus shartlar mavjudmi?

Faqat avvalgi operator (donor) tomonidan, uning oldidagi qarzdorlik, ma’lum bir shartlar bo‘yicha xarid qilingan, to‘lovi to‘liq amalga oshirilmagan yoki ijarada/haqini qismlarga bo‘lib to‘lashda bo‘lgan raqam (chiroyli raqam), mos kelmayotgan shaxsiy ma’lumotlar yoki ushbu raqam bilan boshqa operatorga o‘tishga imkon bermaydigan boshqa majburiyatlar kabi cheklovlar. Shuningdek, agar oldingi ko‘chirish paytidan 30 kun o‘tmagan bo‘lsa.

Siz raqamingiz bilan o‘tishingiz rad qilingan bo‘lsa nima qilish kerak?

Ko‘chirish rad qilinishining sababidan kelib chiqib, operator-donor bilan barcha masalalarni hal qilish yoki oldingi ko‘chirishdan keyingi 30 kunlik muddat o‘tishini kutish.

Mening avvalgi operatordagi raqamim balansida mavjud bo‘lgan mablag‘larni ko‘chirish mumkinmi?

Yo‘q. Foydalanilmagan mablag‘lar belgilangan tartibda, bevosita operator-donordan qaytarib olinishi kerak.

Nima uchun Mobiuz SIM-kartasini olish kerak?

SIM-karta operatorning tarmog‘idagi identifikator bo‘lganligi sababli, raqam ko‘chirilgandan keyin to‘g‘ri ishlashi va Mobiuz tarmog‘idan kelgusida foydalanish uchun bo‘lishi zarur.

Raqamni ko‘chirishni amalga oshirgan abonentlarda VoLTE va ViLTE texnologiyalaridan foydalanish imkoniyati mavjudmi?

Raqamni ko‘chirishni amalga oshirgan abonentlarda VoLTE va ViLTE xizmatlaridan foydalanish imkoniyati vaqtincha mavjud emas.

Mobil operatorlarning foydali buyruqlari

 

 

Mobiuz

Beeline

Humans

Ucell

Uzmobile

Balansni tekshirish uchun kod

*100#

*102#

*110#

*100#

*107#

Pullik xizmatlarni tekshirish

*140#

*110*09#


*401#


Ro'yxatga qaytish