Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Mobi 30+
35 000 so'm
Abonent to‘lovi oyiga
Tanlash
CHEKSIZ
daqiqalar O‘zbekiston bo‘yicha
25000 MB
mobil internet oyiga
2000 SMS
oyiga
Tarif haqida batafsil
  • O'zbekiston bo'yicha qo'ng'iroqlarning bir daqiqasi

    50 so‘mMOBIUZ abonentlariga (berilgan daqiqalar tugagandan keyin)

    50 so‘mO‘zbekistonning boshqa mobil operatorlari abonentlariga (berilgan daqiqalar tugagandan keyin)

    50 so‘mShahar raqamlariga (berilgan daqiqalar tugagandan keyin)

  • O'zbekiston bo'yicha 1 ta SMS-xabar

    0 so‘m Kiruvchi SMS-xabar

    50 so‘mChiquvchi SMS-xabarlar – MOBIUZ abonentlariga (berilgan SMS tugagandan keyin)

    50 so‘mChiquvchi SMS-xabarlar – O‘zbekistonning boshqa mobil operatorlari abonentlarga (berilgan SMS tugagandan keyin)

    1000 so‘mChiquvchi xalqaro SMS-xabarlar*

  • Internetning 1 MB trafigi

    126,31 so‘mInternetning 1 MB trafigi (berilgan MB tugagandan keyin)

  • Foydali buyruqlar:
    • *100#- balans, tarif rejasi va oylik to‘lovga kiritilgan daqiqa va MB to‘plamlarining qoldig‘ini bilish
    • *104# - xarid qilingan SMS-to‘plamlarning qoldig‘ini bilish
    • *102# - xarid qilingan Internet-to‘plamlarning qoldig‘ini bilish
    • *001# - tarif rejasi bo‘yicha abonent to‘lovini yechib olishning keyingi sanasini ko‘rish uchun so‘rov yuborish *qoldiqni faqat internet-sessiya faol bo'lmagan holatda tekshirish kerak>

    «Har kunlik abonent to‘loviga o‘tkazishga taqiq»

    Siz tarif rejasi bo‘yicha abonent to‘lovini har kunlik yechib olishga o‘tishni mustaqil ravishda o‘chirishingiz/ulashingiz mumkin. 

     Boshqarish usullari: 

     *111*000*1# - taqiqni yoqish 

    *111*000*0# - taqiqni o‘chirish 

     *111*000# - holatni tekshirish

     Xizmatning narxi – 0 so‘m. 

     Har kunlik abonent to‘loviga o‘tkazishga taqiqni faol va bloklangan holatda va birinchi abonent to‘lovi (raqamni ulagandan keyin) muvaffaqiyatli yechib olingandan keyin ulash/o‘chirish mumkin. 

     Izohlar: 

    • Har kunlik abonent to‘loviga o‘tkazishga taqiq» xizmati yoqilgan holatda, abonent to‘lovini yechib olish paytida hisobingizda to‘liq oy uchun abonent to‘lovidan kamroq mablag‘ bo‘lsa, raqam bloklanadi. Blokdan chiqish uchun hisobingizni to‘liq oy uchun abonent to‘lovining qiymatigacha to‘ldirishingiz kerak bo‘ladi.

    • «Har kunlik abonent to‘loviga o‘tkazishga taqiq» o‘chirilgandan keyin, abonent to‘lovini yechib olish paytida hisobingizda to‘liq oy uchun abonent to‘lovidan kamroq, lekin 1 kun uchun abonent to‘lovidan ko‘proq mablag‘ bo‘lsa, abonent to‘lovini har kunlik yechib olish qo‘llaniladi va kunlik megabayt, daqiqa va SMS hajmlari taqdim etiladi. 

     •  Abonent to‘lovi uchun hisobida yetarli mablag‘ bo‘lmaganligi sababli blokda bo‘lgan holda, «Har kunlik abonent to‘loviga o‘tkazishga taqiq» xizmatini o‘chirsangiz va bunda hisobingizda 1 kunlik abonent to‘lovidan ko‘proq mablag‘ bo‘lsa, raqam hisob 0 so‘mdan ko‘proq bo‘lgan har qanday qiymat bilan to‘ldirilganda,avtomatik ravishda blokdan chiqadi.

     •  Har kunlik abonent to‘loviga o‘tkazishga taqiq xizmati yoqilgan paytda tarif rejasi o‘zgartirilganda – o‘tishga taqiq saqlanib qoladi.

  • Shartlar:

    • 07.06.2023y. dan «Mobi 30+» tarif rejasiga ulanish va o‘tish imkoniyati – mavjud emas.

    • Qo‘ng‘iroqlarni narxlash daqiqalar bo‘yicha amalga oshiriladi.

    • Bitta ovozli qo‘ng‘iroqning eng uzoq davomiyligi 60 daqiqani tashkil qiladi

    • Barcha chiquvchi qo‘ng‘iroqlarni narxlash 1-soniyadan boshlanadi. Qo‘ng‘iroq davomiyligi katta tarafga qarab yaxlitlanadi.

    • Internet-trafikni yaxlitlash kvanti 1 KB

    • «Mobi 30+» tarif rejasidan Faxriy, MOBIUZ bilan birga tarif rejalariga o‘tish narxi – 0 so‘m.

    • O'qituvchi 1, Fidokor tarif rejalariga o‘tish narxi - 10000 so‘m.

    • O'qituvchi 2, Fidokor+, Gap yo’q, Gap yo’q Pro tarif rejalariga o‘tish narxi – 4210,35 so‘m.

    • Tarif rejasi o‘zgartirilganda foydalanilmagan daqiqa, SMS va megabaytlar keyingi davrga o‘tkaziladi va qo’shiladi.

    • Balans nolga teng yoki manfiy bo‘lib qolganda,raqam qisman blokirovka qilinadi (qisman blokirovkada chiquvchi daqiqalar, SMS va internet bloklanadi) va abonent «Aloqadaman» xizmatining shartlariga muvofiq kiruvchi qo‘ng‘iroqlar va SMS larni qabul qilishi mumkin bo‘ladi. 

    • Bloklangan holatda abonent to‘lovi yechilmaydi;

    • Abonent to‘lovi abonent hisobida abonent to‘lovining to‘liq qiymatini (oyiga 35 000 so‘m) yechib olish uchun yetarli mablag‘ bor bo‘lgan holatda,har oyning birinchi marta faollashtirilgan kunida yechib olinadi.

    • Oylik abonent to‘lovi yechilish tartibida tarif rejasi bo‘yicha to‘plamlar to‘liqligicha 1 kalendar oy muddatga (O‘zbekiston bo‘yicha Cheksiz daqiqalar, 25 000 MB internet, 2000 SMS) taqdim etiladi.

    • Agar abonent to‘lovini yechib olish payti kelganda, uni to‘liq yechib olish uchun yetarli mablag‘ bo‘lmasa, abonentning hisobidagi mablag‘lardan kuniga 1750 so‘m bo‘lgan har kunlik abonent to‘lovini yechishga o‘tiladi. Abonent to‘lovini yechish sanasi 1 kunga suriladi.

    • Abonent to‘lovini har kunlik yechib olish holatida to‘plamlar 1 kun uchun belgilangan miqdorda (O‘zbekiston bo‘yicha Cheksiz daqiqalar, 833 MB internet, 67 SMS) beriladi.

    • Agar abonent to‘lovini yechib olish payti kelganda, abonent hisobida oylik abonent to'lovini yechib olish uchun  yetarli mablag‘ bo‘lmasa, lekin kunlik abonent to'lovini yechib olish uchun yetarli mablag' bo'lsa,to'lovni yechib olish va to'plamlar har kunlik tartibga o'tkaziladi. Abonent to‘lovini yechish sanasi 1 kunga suriladi.

    • Agar abonent to'lovini yechib olish vaqti kelganda, abonent hisobida oylik va kunlik abonent to'lovini yechib olish uchun yetarli mablag' bo'lmasa, abonent ulanganligi to'g'risida SMS-xabar orqali ogohlantiriladigan mablag' yetishmasligi bo'yicha blokga tushadi. Abonent hisob tarif bo'yicha abonent to'lovini (oylik yoki kunlik) yechib olish uchun yetarli bo'lgan qiymatgacha to'ldirishiga qadar blokda bo'ladi. Abonent to'lovi hisob to'ldirilgandan keyin darhol yechib olinadi.

    Agar hisobni to‘ldirish paytida abonent to‘lovni har kunlik yechishda bo‘lsa, abonent to‘lovini yechishning quyidagi qoidalari amal qiladi:

    a)      Abonent bloklangan va balansni 0 so‘mdan ko‘proq va 35 000 so‘mdan kamroq bo‘lgan mablag’ bilan to‘ldiradi (oylik abonent to‘lovining to‘liq miqdoridan kamroq):
    1 Misol: Abonent 15-yanvarda bloklangan (mablag' yetishmaganligi sababli yoki qisman bloklash) holatda. 15-yanvar  soat 12:00 da balansni 5000 so‘mga to‘ldiradi. Raqam faollashadi, balans 4 800 so‘mni (-200 so‘m qarzdorlikni qoplashga) tashkil qiladi. Hisob  to'ldirilishi bilan,"MOBI 30+" tarif rejasi uchun joriy kunga kunlik abonent to'lovini yechish darhol amalga oshiriladi.Joriy kun oxirigacha kunlik daqiqa,MB va SMS to'plamlardan foydalanish mumkin. Hisobda 30 000 so'mdan kam mablag' bo'lganligi sababli, abonent to'lovini oylik yechib olishga o'tish AMALGA OSHIRILMAYDI.


    b)      Abonent bloklangan va balansni  35 000 so‘mgacha yoki ko‘proq mablag’ bilan to‘ldirdi (oylik abonent to‘loviga teng yoki undan ko‘proq):

    2 Misol: Abonent 10-yanvarda -200 so‘m balans bilan blokga tushgan. Tarif bo'yicha abonent to'lovini yechish 15-yanvarga belgilangan. 15-yanvar soat 12:00 da balansni 40000 so‘mga to‘ldiradi. Raqam faollashadi, balans 39 800 so‘mni (-200 so‘m qarzdorlikni qoplashga) tashkil qiladi. Hisob to'ldirilgandan keyin tarif rejasi uchun abonent to'lovi to'liqligicha yechib olinadi. Mablag'lar yechib olingandan keyin abonent balansi 4800 so'mni tashkil qiladi.Mablag'lar yechib olinganda tarif bo'yicha to'plamlar to'liq hajmda, 1 kalendar oyiga beriladi. Keyingi yechib olish sanasi 15-fevral deb belgilanadi.


    c)       Abonent  faol holatda,abonent to'lovini har kunlik yechishda va balansni  35 000 so‘mgacha yoki ko‘proq mablag’ bilan to‘ldirdi (oylik abonent to‘loviga teng yoki undan ko‘proq):

    3 Misol: Abonent 15-yanvarda 5000 so‘m balans bilan faol holatda. Tarif uchun kunlik abonent to'lovi 0:00 dan keyin yechib olingan. Abonent 15-yanvar soat 17:00 da balansni 35 000 so‘mga to‘ldiradi. Balans jami 40 000 so'mni tashkil qiladi. Hisob to'ldirilgandan keyin abonent to'lovini har oylik yechib olishga o'tiladi va abonent to'lovi darhol yechib olinadi. Mablag'lar yechib olingandan keyin balans 5000 so'mni tashkil qiladi. To'plamlarning 15-yanvar uchun qoldiqlari oylik Cheksiz daqiqalar, 25000 MB, 2000 SMS to‘plamlari bilan qo'shiladi. Abonent to‘lovini keyingi yechib olish sanasi 15-fevral deb belgilanadi.



    Agar hisobni to'ldirish paytida abonent to'lovini har oylik yechib olishda bo'lsa, abonent to'lovini yechishning quyidagi qoidalari amal qiladi:

    Abonent faol holatda,abonent to'lovini har oylik yechishda va balansni 35 000 so‘mgacha yoki ko‘proq mablag’ bilan to‘ldirdi (oylik abonent to‘loviga teng yoki undan ko‘proq):

    4 Misol: Abonent 15 yanvarda 5000 so‘m balans bilan faol holatda.Tarif bo'yicha abonent to'lovini keyingi yechish 16-yanvarga belgilangan. 15-yanvar soat 12:00 da balansni 35000 so‘mga to‘ldiradi. Balans jami 40 000 so'mni tashkil qiladi. Yechib olish har oylik bo'lib qoladi. 16-yanvar  00:00 dan keyin 1 abonent to‘lovi - butun oy uchun yechib olinadi, balansda 5000 so‘m qoladi. Oylik Cheksiz daqiqalar, 25000 MB, 2000 SMS to‘plamlardan foydalanish mumkin. Keyingi safar abonent to‘lovini yechish 16-fevralda amalga oshiriladi. 


    • «Yillik abonent to‘lovi» opsiyasining amal qilish davrida, abonent yillik yechib olish holatiga o‘tadi.
    • «Yillik abonent to‘lovi» opsiyasini abonent raqamini ulashda, tarmoqda ro‘yxatdan o‘tish paytida, hamda amaldagi abonent Mobiuz ofisi va aloqa markaziga murojaat qilganda faollashtirish mumkin.
    • Opsiya faollashtirilganda abonent to‘lovini yechib olishning yillik hisoblash davri o‘rnatiladi. Amal qilish davri faollashtirish paytidan boshlab 350 kunni tashkil qiluvchi opsiyani faollashtirish narxi 350 000 so‘mni tashkil qiladi.
    • Tarif rejasi bo‘yicha to‘plamlar, abonent holatidan qat’i nazar har oy to‘liq hajmda beriladi.
    • Amaldagi abonentda yechib olish paytida abonent balansida yetarli mablag‘ bo‘lmagan holatda opsiya faollashmaydi.
    • Opsiya oldingi faollashtirilgan opsiyaning amal qilish muddati tugagandan keyin takroran faollashtirilishi mumkin.
    • Faollashtirilgan paytdan boshlab 350 kun o‘tgunga qadar tarif rejasi o‘zgartirilganda yoki abonentlik shartnomasi bekor qilinganda, opsiyani faollashtirishning qiymati qayta hisoblanmaydi va qaytarilmaydi.


    • Markaziy Osiyo: Tojikiston, Qozog‘iston, Turkmaniston va Qirg‘iziston.
    • MDH mamlakatlari: Аzarbayjon, Armaniston, Bеlarus, Gruziya, Moldova, Rossiya, Ukraina.
    • Yevropa: Аvstriya, Albaniya, Andorra, Bеlgiya, Bolgariya, Bosniya va Gеrtsеgovina, Vatikan, Buyuk Britaniya, Vеngriya, Gеrmaniya, Grеtsiya, Daniya, Isroil, Irlandiya, Islandiya, Ispaniya, Italiya, Kipr, Kosovo, Latviya, Litva, Lixtеnshtеyn, Lyuksеmburg, Makеdoniya, Malta, Monako, Nidеrlandiya, Norvеgiya, Polsha, Portugaliya, Ruminiya, Slovakiya, Slovеniya, Turkiya, Finlyandiya, Fransiya, Xorvatiya, Chеrnogoriya, Chеxiya, Shvеytsariya, Shvеtsiya, Estoniya.         
    •  Аmеrika, Afrika: Jazoir, Angilya, Angola, Antigua va Barbuda, Argеntina, Aruba, Bеrmud, Braziliya, Burkina-Faso, Burundi, Vеnеsuela, Gabon, Gaiti, Gambiya, Gana, Gvatеmala, Gonduras, Grеnada, Guam, Kongo Dеmokratik Rеspublikasi, Dominika, Misr, Kayman orollari, Kanada, Kеniya, Kuba, Libеriya, Madagaskar, Malavi, Mali, Marokko, Mеksika, Mozambik, Namibiya, Nigеriya, Tеrks va Kaykos orollari, Panama, Paragvay, Sudan, Samoa, Sеnеgal, Sеnt Vinsеnt va Grеnadin, Sеnt Kits va Nеvis, Sеnt Lyusiya, AQSH, Sеrra-Lеonе, Tanzaniya, Trinidad va Tobago, Tunis, Chili, Urugvay, Ekvador, El-Salvador, Efiopiya, JAR, Yamayka.
    • Osiyo: Afg‘oniston, Bangladеsh, Baxrеyn, Brunеy, Vyеtnam, Gonkong, Hindiston, Indonеziya, Iordaniya, Iroq, Eron, Yaman, Kambodja, Qatar, Xitoy, Liviya, Malayziya, Maldivi, Mongoliya, Nеpal, Oman, Pokiston, Saudiya Arabistoni, Singapur, Suriya, Tailand, Tayvan, Yaponiya, Janubiy Korеya.

    Xalqaro aloqa uchun tariflar.

Barcha tariflar
Boshqa tariflar