Hurmatli abonentlar!
Abonentlarni manfaatliroq bo‘lgan «Xotirjam 25» tarif rejasiga o‘tkazish yordamida, taqdim etilayotgan mobil aloqa xizmatlarining sifatini yaxshilash maqsadida - «Tourist SIM Lite+» tarif rejasidagi abonentlarga xizmat ko‘rsatish 19.10.2023y. dan to‘xtatilayotganini ma’lum qilamiz.
Izohlar:
1. «Tourist SIM Lite+» tarif rejasidagi abonentlar 18.10.2023y. gacha (shu jumladan) bo‘lgan davr mobaynida tarif rejasini mustaqil ravishda, o‘tish imkoniyati mavjud bo‘lgan, har qanday amaldagi tarif rejasiga o‘zgartirishlari mumkin.
O‘tishning narxi - 0 so‘m.
2. Abonent boshqa amaldagi tarif rejasiga o‘tishni mustaqil ravishda amalga oshirmagan holatda, Operator 19.10.2023y. dan tarif rejasini abonent holatini yomonlashtirmagan holda, jadvalga muvofiq, bir tomonlama tartibda o‘zgartirish huquqiga ega bo‘ladi:
Arxivdagi tarif |
Eski tarifning abonent to‘lovi (so‘m/oyiga) |
Yangi tarifga o‘tkazish |
Yangi tarifning abonent to‘lovi (so‘m/oyiga) |
---|---|---|---|
Tourist SIM Lite+ |
25 000 |
Xotirjam 25 |
25 000 |
3. Tarif rejasi kompaniya tomonidan abonentlarning holatini yomonlashtirmagan holda, bir tomonlama tartibda o‘zgartirilganda, yangi tarif rejasining birinchi oy uchun abonent to‘loviga 100% chegirma taqdim etiladi.
4. Yangi tarif rejasiga o‘zgartirilganda, «Xotirjam 25» TR bo‘yicha daqiqa, MB va SMS to‘plamlarining hisoblanishi to‘liq hajmda beriladi.
5. Abonentning holatini yomonlashtirmagan holda, yangi tarif rejasiga o‘zgartirilganda «Tourist SIM Lite+» bo‘yicha foydalanilmagan MB va SMS o‘tkaziladi va 1 kalendar oylik muddatga qo‘shiladi.
6. «Tourist SIM Lite+» TRdan «Xotirjam 25» TRga o‘tkazilgan abonent xorijiy fuqarolarda, JSHSHIR mavjud bo‘lmaganda «Light Rouming», «Business Rouming» xizmatlaridan foydalanish imkoniyati mavjud emas. Ushbu xizmatlardan foydalanish uchun abonent, xorijiy fuqaro pasporti va JSHSHIR bilan Mobiuz shaxsiy ofisiga murojaat qilishi kerak.