Hurmatli abonentlar!
Abonentlarni shartlari manfaatliroq bo‘lgan amaldagi tarif rejalariga o‘tkazish yordamida, taqdim etilayotgan mobil aloqa xizmatlarining sifatini oshirish maqsadida - «Terminal», «Omad», «Chilla Lite», «Shodlik», «Standart»,«Mobi 30», «Chilla», «777», «Eksklyuziv» tarif rejalaridagi abonentlarga xizmat ko‘rsatish 24.11.2021y. dan to‘xtatilayotganini ma’lum qilamiz.
Izohlar:
1. «Terminal», «Omad», «Chilla Lite», «Shodlik», «Standart», «Mobi 30», «Chilla», «777», «Eksklyuziv» tarif rejalaridagi abonentlar 24.11.2021y. dan 08.12.2021y. gacha (shu jumladan) bo‘lgan davr mobaynida tarif rejasini mustaqil ravishda, o‘tish imkoniyati mavjud bo‘lgan har qanday amaldagi tarif rejasiga o‘zgartirishlari mumkin.
2. 24.11.2021y. dan «Terminal», «Omad», «Chilla Lite», «Shodlik», «Standart», «Mobi 30», «Chilla», «777», «Eksklyuziv» tarif rejalaridan, o‘tish imkoniyati mavjud bo‘lgan har qanday amaldagi tarif rejasiga o‘tishning narxi - 0 so‘m.
3. Abonent boshqa amaldagi tarif rejasiga o‘tishni mustaqil ravishda amalga oshirmagan holatda, Operator 09.12.2021y. dan tarif rejasini abonent holatini yomonlashtirmagan holda, jadvalga muvofiq, bir tomonlama tartibda o‘zgartirish huquqiga ega bo‘ladi:
Arxivdagi tarif |
Arxivdagi tarifning bir oylik abonent to‘lovi |
Yangi tarifga o‘tkazish |
Yangi tarifning bir oylik abonent to‘lovi |
---|---|---|---|
Terminal |
12 000 |
Terminal + |
12 000 |
Omad |
12 000 |
Omad Plus |
12 000 |
Chilla Lite |
20 000 |
Chilla Lite + |
20 000 |
Shodlik |
20 000 |
Chilla Lite + |
20 000 |
Standart |
25 000 |
Mobi 25 |
25 000 |
Mobi 30 |
30 000 |
Mobi 30+ |
30 000 |
Chilla |
40 000 |
Mobi 40 |
40 000 |
777 |
42 104 |
Mobi 40 |
40 000 |
Eksklyuziv |
70 000 |
Mobi 70 |
70 000 |
4. Ushbu holatda, tarif rejasi abonentlarning holatini yomonlashtirmagan holda o‘zgartirilganda, yangi tarif rejasining birinchi oy uchun abonent to‘loviga 100% chegirma taqdim etiladi.
5. «Terminal+», «Omad Plus», «Chilla Lite+», «Mobi 25», «Mobi 30+», «Mobi 40» tarif rejalariga o‘tilganda daqiqa, MB va SMS to‘plamlari to‘liq hajmda hisoblanadi. «Mobi 70» tarif rejasiga o‘tilganda daqiqa,MB va SMS to‘plamlari joriy oyning oxirigacha qolgan kunlarning soniga mutanosib ravishda hisoblanadi.
6. Abonentlarning holatini yomonlashtirmagan holda, yangi tarif rejasiga o‘zgartirilganda foydalanilmagan MB,SMS va daqiqalar o‘tkaziladi va qo‘shiladi.
7. Arxivdagi tariflardan, abonentlarning holatini yomonlashtirmagan holda, bir tomonlama tartibda o‘tkazish, joriy oy uchun abonent to‘lovi muvaffaqiyatli yechib olingan abonentlar orasida, har kuni (09.12.2021y. dan boshlab) amalga oshiriladi.