Biz ijtimoiy tarmoqlarda
«Plyusda bo‘ling!» aksiyasi

20.06.2023y. dan 31.03.2024y. gacha Mobi 16, Mobi 20, Mobi 25, Mobi 30+ Mobi 40, GAP yo‘q, GAP yo‘q Mini, Omad Plus, Chilla Lite+, Jozibali, Jozibali 35, Xotirjam 25 va Xotirjam 40 tarif rejalaridagi barcha abonentlarda «Plyusda bo‘ling!» aksiyasida ishtirok etish imkoniyati mavjud.

Shartlar:

Aksiyada ishtirok etish uchun abonent aksiya doirasida internet-to‘plamlarni faollashtirish mumkin bo‘lgan muddatlar ko‘rsatilgan SMS-xabarnomani olishi, shu kundan boshlab esa doimiy ravishda faol (bandlanmagan holatda) qolishi va mobil aloqa xizmati uchun to‘lovlarni o‘z vaqtida, bloklangan holatga tushmagan holda amalga oshirishi kerak.

«Plyusda bo‘ling!» aksiyasi uch xil turdagi turli internet-to‘plamlardan iborat bo‘lgan uchta bosqichdan iborat.


 

1-bosqich

 

2-bosqich

 

3-bosqich

 

1000 MB to‘plam

 

2000 MB to‘plam

 

3000 MB to‘plam

 

Har bir bosqich abonent SMS-xabarnoma olgan kundan boshlab 30 kun davom etadi.

Barcha abonentlar ishtirokni 1-bosqichdan boshlaydilar va shartlarni bajarganda, ikkinchi va keyingi bosqichlarga o‘tishadi.

Bloklangan holatga tushganda abonent birinchi bosqichga qaytadi.

Abonent aksiyaning shartlarini bajarganligi haqida SMS-xabar olgandan keyin abonentda "Plyusda bo‘ling!" aksiyasi doirasidagi internet-to‘plamni faollashtirish uchun 10 kun muddat mavjud  

Aksiya doirasidagi har bir internet-to‘plam 10 kun davomida amal qiladi va oldingi hamda keyingi to‘plamlar bilan qo‘shilmaydi.

Shartlar:

  • Aksiya doirasida internet-to‘plamning hisoblanishi, abonent 30 kun ichida bir marta ham qisman, majburiy bloklash yoki musbat balansdagi bloklashga tushmaganligi sharti bilan amalga oshirilishi mumkin.

  • Aksiya doirasida internet-to‘plamlarining megabaytlari faqat abonent faol holatda bo‘lganda ishlatilishi mumkin.

  • Megabaytlar tugagandan keyin yoki aksiya doirasida taqdim qilingan internet-to‘plamning muddati o‘tganda, trafik belgilangan tariflarga muvofiq narxlanadi.

  • Abonent tarif rejasini aksiyada ishtirok etmaydigan tarifga o‘zgartirganda, ushbu aksiyadagi ishtirokini davom ettira olmaydi.

- Agar abonent «Plyusda bo‘ling!» aksiyasi bo‘yicha faol internet-to‘plam bilan Mobi 16, Mobi 20, Mobi 25, Mobi 30+ Mobi 40, GAP yo‘q, GAP yo‘q Mini, Omad Plus, Chilla Lite+, Jozibali, Jozibali 35, Xotirjam 25 va Xotirjam 40 tariflari orasida o‘tadigan bo‘lsa, tarif o‘zgartirilganda internet-to‘plam saqlanib qoladi. Bunda abonent aksiya ishtirokchisi bo‘lib qoladi.

  • «Plyusda bo‘ling!» aksiyasi doirasidagi internet-to‘plamlar, faqatgina abonent «UMS» MChJ O‘zbekiston hududidagi tarmog‘ida bo‘lganda amal qiladi.

  • Aksiya doirasida yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan to‘plamlar narxiga 100% chegirma taqdim etiladi.

  • «Plyusda bo‘ling!» aksiyasi doirasidagi internet-to‘plamlar boshqa to‘plamlar bilan qo‘shilmaydi.

  • Abonentda bir necha turdagi Internet-to‘plamlar mavjud bo‘lsa, ularni sarflanish tartibi quyidagicha bo‘ladi:

Kunlik to‘plam > Tarif rejasi doirasidagi trafik > «Plyusda bo‘ling!» to‘plamining tarfiki> OnNet tarfiki > Oylik to‘plam > Muddatsiz internet-to‘plam.

Ro'yxatga qaytish