Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Sizga qo‘ng‘iroq qilishdi & Men aloqadaman!

«Sizga qo‘ng‘iroq qilishdi!» —Mobiuz abonenti telefoniga ulanish mumkin bo'lmagan yoki hattoki o‘chrilgan vaqtda birorta ham chaqiriqni yo‘qotmaslik imkonini beruvchi qo‘shimcha aloqa xizmatidir. Abonent o‘tkazib yuborilgan chaqiriqlar haqidagi axborotni SMS-xabar shaklida oladi.

«Sizga qo‘ng‘iroq qilishdi!»xizmatidan roumingda ham foydalanish mumkin. Shuni unutmaslik kerakki, Mobiuz tarmog‘ida kiruvchi SMS-xabar bepul bo'lgan holatda ham, qator mamlakatlarda mobil aloqa operatorlari kiruvchi SMS-xabar uchun haq oladilar.

Xizmatga qanday ulanish mumkin:

Agar xizmatni o‘chirib, uni yana qayta ulashga qaror qilgan bo‘lsangiz, quyidagilarni amalga oshirishingiz zarur:

  • Коmpaniya abonеntlarga xizmat ko‘rsatish ofislariga murojaat eting;
  • «Intеrnеt-yordamchi» orqali;
  • *111*0131# raqamiga USSD-so‘rov jo‘natib.
  • 616013 raqamiga 1soni bilan SMS-xabar jo‘natib.

Xizmat «Chaqiriqni boshqa manzilga yo‘llash» xizmati faollashtirilganlik sharti bilan ishlaydi.

Diqqat! Xizmatga ulanishda raqamga boshqa manzilga yo‘llash, «Xizmat ko‘rsatish zonasidan tashqarida», «Band», «Sizga qo‘ng‘iroq qilishdi!» xizmatlari avtomatik holda o‘rnatiladi. Shu bilan birga, ilgari o‘rnatilgan boshqa tеlеfon raqami manzilga yo‘llash xizmati bekor qilinadi.

Narxi.

Yangi ulangan abonentlarga “Sizga qo’ng’iroq qilishdi/Aloqadaman” xizmatini raqam ulangan paytdan 30 kun davomida bepul ishlatish uchun faollashtirish imkoniyati taqdim etiladi!

30 kundan so’ng xizmat narxi kuniga 150 so'mni tashkil etadi.

Amaldagi abonentlar uchun “Sizga qo’ng’iroq qilishdi/Aloqadaman” xizmatining abonent to’lovi - kuniga 150 so'm

«Sizga qo‘ng‘iroq qilishdi!» xizmati ulanish bilan darhol ishga tushadi.

Misol uchun, kiruvchi SMS-xabarlar:

Sizga qo‘ng‘iroq qilishdi (2):

+998971030909 (1) 14.09.07 16:07:07

+998971300909 (1) 14.09.07 17:00:02

Jo‘natuvchi (Sender): +998971030909

Jo‘natuvchi raqami sifatida «Sizga qo‘ng‘iroq qilishdi!» xizmatni boshqaruvchi raqamdan foydalaniladi. Agar xabarda faqat bitta o'tkazib yuborilgan chaqiriq haqida ma'lumot bo'lsa, qo'ng'iroq qilgan abonentning raqami jo'natuvchi bo'ladi.

Xizmat qanday o‘chiriladi:

Siz «Sizga qo‘ng‘iroq qilishdi!» xizmatini quyidagi yo'llar bilan o'chirishingiz mumkin:

  • Kompaniyaning abonеntlarga xizmat ko‘rsatish ofislariga murojaat etib.
  • «Intеrnеt-yordamchi» orqali.
  • *111*0130# raqamiga USSD-so‘rov jo‘natib.
  • 616013 raqamiga 0 soni bilan SMS-xabar jo‘natib.
«Men aloqadaman!»

Agar Siz «Sizga qo‘ng‘iroq qilishdi!» xizmatiga ulangan bo‘lsangiz va Sizda «Xizmat ko‘rsatish zonasidan tashqarida» sharti bo‘yicha o‘tkazib yuborilgan qo‘ng’iroqlar haqida xabarlash o‘rnatilgan bo‘lsa, Sizga qo‘ng’iroq qilgan abonentlarga, tarmoq doirasida ekanligingiz haqidagi bildirishlarni yoqishingiz mumkin.

Xizmat yoqilgandan keyin chaqirilayotgan tomonga xizmat doirasida ekanlik haqidagi bildirishlar yuborilmaydi.

Bildirishlarni yuborishga ruxsat berish uchun 808 qisqa raqamiga notify on matnli SMS-xabarni yuborish kerak.

Javoban Siz: «Boshqa abonentlar uchun bildirish yoqildi.» degan xabar olasiz

Shu paytdan boshlab bildirishlar Sizga qo‘ng’iroq qilgan barcha abonentlarga, taqiqlangan raqamlar ro‘yxatiga kiritilganlardan tashqari, kelishni boshlaydi.

Bildirishlarni yuborishni o‘chirish uchun 808 qisqa raqamiga notify off matnli SMS-xabar yuborish kerak.

Javob tariqasida Siz: «Boshqa abonentlar uchun ogohlantirish o‘chirildi.» degan xabarni olasiz.

Bunda ruxsat berilgan ro‘yxatdagi raqamlarga bildirishlar kelishda davom etadi.

Taqiqlangan va ruxsat berilgan «notify me» raqamlarning ro‘yxatini ko‘rish uchun 808 qisqa raqamiga list notify  matnli SMS-xabarni yuborish kerak.

Ro'yxatga qaytish