Biz ijtimoiy tarmoqlarda
«UNLIM» servisi

UNLIM servisi abonentga tanlangan opsiya to‘plamiga kiradigan manbalarga, cheklanmagan kirishni taqdim qiladi.

Trafik internet tarmog‘idan faqat manbalarning rasmiy mobil ilovalarida yoki brauzerdagi rasmiy mobil versiyasidan foydalanganda tariflanmaydi.

Siz ulash uchun bitta yoki bir vaqtning o‘zida bir nechta opsiyalarni tanlashingiz mumkin.

Faqat Mobiuz mobil ilovasida ulash imkoniyati mavjud (ilovani yuklab olish)

Opsiya

Manbalarga cheklanmagan kirish

Abonent to‘lovi

(kuniga)

Unlim «Ijtimoiy tarmoqlar»

Instagram

Facebook

Facebook messenger

Vkontakte

Odnoklassniki

3 000 so‘m

Unlim «Messenjerlar»

Telegram

WhatsApp

Viber

3 000 so‘m

Unlim «Biznes»

Skype

Zoom

LinkedIn

4 000 so‘m

Unlim «Youtube»

Youtube

4 000 so‘m

Unlim «Premium»

Quyidagi opsiyalarni o‘z ichiga oladi:

  • Unlim «Ijtimoiy tarmoqlar»
  • Unlim «Messenjerlar»
  • Unlim «Biznes»
  • Unlim «Youtube»

7 000 so‘m

Foydalanish shartlari

  • Servisni ulash narxi – 5 000 so‘m, servisning har qanday opsiyasi birinchi marta ulanganda undiriladi.
  • Agar abonentda servis opsiyalaridan hech biri faol bo‘lmasa, keyingi ulanishda yana 5 000 so‘m miqdoridagi servsni ulash uchun to‘lov olinadi (opsiya AT tashqari).
  • Opsiya bo‘yicha abonent to‘lovi har kuni, sutkada bir marta, opsiya o‘chadigan paytgacha yechiladi.
  • Servis faqat jismoniy shaxslar uchun mo‘ljallangan TRga ulangan abonentlarga taqdim etiladi.
  • Servisdan «Mobiuz 8 yil» tarif rejasida foydalanish imkoniyati mavjud emas.
  • Servisning boshqa internet-xizmatlar va opsiyalar orasida ishlatilish ustuvorligi – birinchi.
  • «Kunlik Unlim» xizmati va «Unlim» servisi opsiyalaridan biri bir vaqtning o‘zida ulanganda «Kunlik Unlim» xizmati doirasidagi tezlik faqat ulangan opsiyaga kirmagan manbalar uchun cheklanadi.
  • Ushbu servisdan foydalanganda ma’lumotlarni uzatish tezligi cheklanmaydi.
  • Roumingda internet belgilangan tariflarga muvofiq narxlanadi.
  • Xizmatni ulash/o‘chirish paytida abonentning faol internet-sessiylari uziladi.
  • Abonent bloklangan holatda, ushbu xizmat doirasida internetga kirish taqdim etilmaydi.
  • Opsiya manbalariga proksi-serverlar, VPN yoki vositachilik saytlari orqali ulanganda, trafik narxi tarif rejasining shartlariga muvofiq to‘lanadi yoki trafik barcha yo‘nalishlarga taqdim etiluvchi amaldagi internet-to‘plamning balansidan yechiladi.
  • Ushbu servisdan 3G/4G/5G tarmoqlarida foydalanish imkoniyati mavjud.
  • Servisni ulash imkoniyati faqat balansda yetarli miqdordagi mablag‘ bo‘lganda mavjud.
  • Abonent to‘lovi birinchi kundan, opsiya ulangan paytdan boshlab yechiladi. Agar abonent balansida ulangan opsiya bo‘yicha har kunlik abonent to‘lovini yechib olish uchun yetarli mablag‘ bo‘lmasa, abonent balansni opsiya bo‘yicha abonent to‘lovini yechib olish uchun yetarli mablag‘ bilan to‘ldirmagunga qadar bo‘ladigan, mablag‘ yetishmasligi bo‘yicha bloklashga tushadi.
  • Agar abonentda bir vaqtning o‘zida servisning bir nechta opsiyalari ulangan bo‘lsa va balansda barcha opsiyalar abonent to‘lovlarining qiymatini yechib olish uchun yetarli mablag‘ mavjud bo‘lmasa, abonent balansni ulangan opsiyalar bo‘yicha barcha abonent to‘lovlarini yechib olish uchun yetarli mablag‘ bilan to‘ldirmagunga qadar bo‘ladigan, mablag‘ yetishmasligi bo‘yicha bloklashga tushadi.
  • Smartfonlar oldindan o‘rnatilgan sozlamalar bo‘yicha fon tarzida quyidagi amallarga mobil trafikni sarflashadi:tizim yangilanishlari, ilovalarning yangilanishlari, vidjetlar (ob-havo, kalendar va boshq.)va ijtimoiy tarmoqlarnining ma’lumotlarini moslashtirish, hamda tahlillovchi-hisoblagichlarga. Ushbu yo‘nalishlarga internet-trafik tarif rejasining shartlariga muvofiq tariflanadi yoki trafik barcha yo‘nalishlarga taqdim qilinadigan, amaldagi internet-to‘plamning balansidan yechiladi.
  • Narxlar QQS bilan ko‘rsatilgan.
Ro'yxatga qaytish