Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Va’da qilingan to‘lov

Ushbu xizmat aloqa xizmatlaridan foydalanishni davom ettirish uchun, o‘z hisob varag‘iga kelgusidagi to'lov hisobidan 3 kunlik muddatga mablag‘ olish imkonini beradi.

Xizmatni faollashtirishning narxi va usuli:

Hisob varag‘iga

tushadigan mablag‘ (so‘m)

Faollashtirish

narxi (so‘m)

Faollashtirish kodi

2 500

500

*111*32*2500#

5 000

1000

*111*32*5000#

10 000

2000

*111*32*10000#

15 000

2500

*111*32*15000#

Xizmatni faollashtirgandan keyin Siz: 

«Va’da qilingan to‘lov" xizmatidan foydalanishga so'rov yubordingiz.Siz bu xizmatdan foydalanganingizda qarzni qaytarish majburiyatini olasiz. Yoqish uchun 1 raqamini kiriting» degan SMS-xabar olasiz.

Holatni tekshirish uchun *111*320# USSD buyrug‘ini terish zarur.

Javob variantlari:

«Va’da qilingan to‘lov» uchun qarzingiz yo‘q.

«Va’da qilingan to‘lov» xizmati faol holatda. Xizmatdan foydalanish uchun to‘lov,faollashtirish sanasidan 3 kun o‘tgach, sizning hisob varag‘ingizdan yechib olinadi.

  • «Va’da qilingan to‘lov» xizmatining amal qilish muddati tugagandan keyin (yoki hisob to’ldirilganda) o’tkazib berilgan mablag’ va xizmatni faollashtirish uchun belgilangan to’lov hisob varag’idan yechib olinadi va balans ko‘rsatib o‘tilgan summaga kamayadi.
  • Abonentlar ushbu xizmatdan bloklangan holatda (oldindan to‘lov amalga oshirilmagan) ham balansdagi mablag'  -1000 so‘mdan ko'proq bo’lsa foydalanishlari mumkin.
  • Abonentning balansida -1000 so‘m va/yoki undan kamroq mablag‘ bo‘lsa, xizmatni faollashtirish imkoniyati bo’lmaydi.
  • Avvalgi «Va’da qilingan to‘lov» bo‘yicha belgilangan to‘lov qoplanmaguncha, «Va’da qilingan to‘lov» xizmatini takroran faollashtirishning imkoniyati mavjud emas.

  • Yangi ulangan abonentlarda «Va’da qilingan to‘lov» xizmatini ulangan paytdan boshlab 90 kun davomida ulash imkoniyati mavjud emas.

  • JShShIR bo‘lmagan holda ulanadigan abonent-xorijiy fuqarolarda xizmatni ulash imkoniyati mavjud emas.

Ro'yxatga qaytish