Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Xotirjam 25
25 000 so'm
Abonent to‘lovi oyiga
Tanlash
CHEKSIZ
daqiqalar O‘zbekiston bo‘yicha
7 500 MB
mobil internet oyiga
CHEKSIZ
«Telegram» ga kirish imkoniyati
1 000 SMS
oyiga
Tarif haqida batafsil
  • O'zbekiston bo'yicha qo'ng'iroqlarning bir daqiqasi

    0 so‘mMobiuz abonentlariga, O‘zbekistonning boshqa mobil operatorlari tarmoqlariga

    0 so‘mShahar raqamlariga

  • O'zbekiston bo'yicha 1 ta SMS-xabar

    0 so‘mKiruvchi SMS-xabar

    12 so‘mChiquvchi SMS-xabarlar – Mobiuz abonentlariga (berilgan SMS tugagandan keyin)

    12 so‘mChiquvchi SMS-xabarlar – O‘zbekistonning boshqa mobil operatorlari abonentlarga (berilgan SMS tugagandan keyin)

    1000 so‘mChiquvchi xalqaro SMS-xabarlar *

  • Internetning 1 MB trafigi

    12 so‘m Internetning 1 MB trafigi (berilgan MB tugagandan keyin)

  • TR ga o'tish «Xotirjam 25»:
    «Mobi 16», «Mobi 20», «Mobi 25», «Chilla Lite+», «Jozibali» tarif rejalari va imtiyozli tariflardan boshqa barcha tariflardan o‘tish imkoniyati mavjud emas 

    Mobiuz mobil ilovasi orqali

    Xotirjam tarif rejalariga o‘tish tartibi
  • Foydali buyruqlar:
    • *100#- balans, tarif rejasi va oylik to‘lovga kiritilgan daqiqa va MB to‘plamlarining qoldig‘ini bilish
    • *104# - xarid qilingan SMS-to‘plamlari qoldig‘ini bilish
    • *102# - xarid qilingan Internet-to‘plamlar qoldig‘ini bilish
    «Har kunlik abonent to‘loviga o‘tkazishga taqiq»

    Siz tarif rejasi bo‘yicha abonent to‘lovini har kunlik yechib olishga o‘tishni mustaqil ravishda o‘chirishingiz/ulashingiz mumkin.

    Boshqarish usullari:

    *111*000*1# - taqiqni yoqish

    *111*000*0# - taqiqni o‘chirish

    *111*000# - holatni tekshirish

    Xizmatning narxi – 0 so‘m.

    Har kunlik abonent to‘loviga o‘tkazishga taqiqni faol va bloklangan holatda va birinchi abonent to‘lovi (raqamni ulagandan keyin) muvaffaqiyatli yechib olingandan keyin ulash/o‘chirish mumkin.

    Izohlar:

    • Har kunlik abonent to‘loviga o‘tkazishga taqiq» xizmati yoqilgan holatda, abonent to‘lovini yechib olish paytida hisobingizda to‘liq oy uchun abonent to‘lovidan kamroq mablag‘ bo‘lsa, raqam bloklanadi. Blokdan chiqish uchun hisobingizni to‘liq oy uchun abonent to‘lovining qiymatigacha to‘ldirishingiz kerak bo‘ladi.
    • «Har kunlik abonent to‘loviga o‘tkazishga taqiq» o‘chirilgandan keyin, abonent to‘lovini yechib olish paytida hisobingizda to‘liq oy uchun abonent to‘lovidan kamroq, lekin 1 kun uchun abonent to‘lovidan ko‘proq mablag‘ bo‘lsa, abonent to‘lovini har kunlik yechib olish qo‘llaniladi va kunlik megabayt, daqiqa va SMS hajmlari taqdim etiladi.
    • Abonent to‘lovi uchun hisobida yetarli mablag‘ bo‘lmaganligi sababli blokda bo‘lgan holda, «Har kunlik abonent to‘loviga o‘tkazishga taqiq» xizmatini o‘chirsangiz va bunda hisobingizda 1 kunlik abonent to‘lovidan ko‘proq mablag‘ bo‘lsa, raqam hisob 0 so‘mdan ko‘proq bo‘lgan har qanday qiymat bilan to‘ldirilganda,avtomatik ravishda blokdan chiqadi.
    • Har kunlik abonent to‘loviga o‘tkazishga taqiq xizmati yoqilgan paytda tarif rejasi o‘zgartirilganda – o‘tishga taqiq saqlanib qoladi.
  • Shartlar:
    • Qo‘ng‘iroqlarni narxlash daqiqalar bo‘yicha amalga oshiriladi.
    • Barcha chiquvchi qo‘ng‘iroqlarni narxlash 1-soniyadan boshlanadi. Qo‘ng‘iroq davomiyligi katta tarafga qarab yaxlitlanadi.
    • Bitta ovozli qo‘ng‘iroqning eng uzoq davomiyligi 60 daqiqani tashkil qiladi
    • Internet-trafikni yaxlitlash kvanti 1 KB.
    • Tarif rejasiga yangi ulanilganda yoki o‘tilganda abonent to‘lovini yechib olish hisob to‘ldirilgandan keyin, darhol amalga oshiriladi.
    • Abonent to‘lovi abonent hisobida abonent to‘lovining to‘liq qiymatini (oyiga 25 000 so‘m) yechib olish uchun yetarli mablag‘ bor bo‘lgan holatda,har oyning birinchi marta faollashtirilgan kunida yechib olinadi.
    • Oylik abonent to‘lovi yechilish tartibida tarif rejasi bo‘yicha to‘plamlar to‘liqligicha (O‘zbekiston bo‘yicha Cheksiz daqiqalar, 7 500 MB, 1 000 SMS) 1 kalendar oy muddatga  taqdim etiladi.
    • Agar abonent to‘lovini yechib olish payti kelganda, uni to‘liq yechib olish uchun yetarli mablag‘ bo‘lmasa, abonentning hisobidagi mablag‘lardan kuniga 1 250 so‘m bo‘lgan har kunlik abonent to‘lovini yechishga o‘tiladi. Abonent to‘lovini yechish sanasi 1 kunga suriladi.
    • Abonent to‘lovini har kunlik yechib olish holatida to‘plamlar 1 kun uchun belgilangan miqdorda (O‘zbekiston bo‘yicha Cheksiz daqiqalar, 250 MB, 34 SMS) beriladi.
    • Abonent hisobida abonent to‘lovini to‘liq miqdorda yechib olish uchun yetarli mablag‘ bo‘lsa, abonent to‘lovini oylik yechib olishga o‘tiladi. Abonent to‘lovini yechish sanasi 1 kalendar oyiga suriladi.
    • 1 kun uchun to‘lovni yechib olish uchun mablag‘ yetarli bo‘lmaganda, abonent mablag‘ yetishmasligi bo‘yicha blokka tushadi va hisobni oylik yoki kunlik abonent to‘lovi miqdorida to‘ldirguncha qoladi. Hisobni oylik yoki kunlik AT miqdorida to‘ldirilganda mablag‘ yetishmasligi bo‘yicha blokirovka yechiladi. Abonent to‘lovi hisob to‘ldirilgandan keyin darhol yechib olinadi.      
    • Balans nolga teng yoki manfiy bo‘lib qolganda, raqam qisman blokirovka qilinadi (qisman blokirovkada chiquvchi daqiqalar, SMS va internet bloklanadi) va abonent «Aloqadaman» xizmatining shartlariga muvofiq kiruvchi qo‘ng‘iroqlar va SMS larni qabul qilishi mumkin bo‘ladi.
    • Bloklangan holatda abonent to‘lovi yechilmaydi.
    • Ushbu tarif rejasiga yangi ulanilganda yoki o‘tilganda abonent to‘lovi darhol yechib olinadi. Abonent to‘loviga kiritilgan SMS va MB to‘liq miqdorda beriladi.
    • «Xotirjam 25» tarif rejasi doirasida cheksiz internet - «Telegram» messenjeriga kirish imkoniyati (faqat rasmiy mobil ilovada yoki brauzerdagi rasmiy mobil versiyasida) taqdim etiladi.
    • Tarif rejasiga kiritilgan cheksiz manbalardan (messenjerlar, ijtimoiy tarmoqlar) proksi-serverlar, VPN, vositachilik saytlari orqali foydalanganda yoki telefon modem sifatida ishlatilganda, trafik uchun to‘lov tarif rejasining shartlariga muvofiq ravishda amalga oshiriladi yoki trafik mavjud bo‘lgan barcha yo‘nalishlar uchun taqdim etiladigan internet-to‘plamdan sarflanadi.
    • «Telegram» messenjeridan foydalanishda ma’lumotlarni uzatish tezligi cheklanmaydi.
    • Abonentlik raqami bloklangan holatda «Telegram» messenjeriga kirish imkoniyati taqdim etilmaydi.
    • «Xotirjam 25» tarif rejasidan o‘tilganda «Telegram» messenjeriga cheksiz kirish imkoniyati o‘chirib tashlanadi. Tarif o‘zgartirilgandan keyin messenjerdan foydalanish o‘tish amalga oshirilgan tarif rejasining shartlariga muvofiq narxlanadi.
    • «Xotirjam 25» tarif rejasida «UNLIM» servisi opsiyalarini ulash imkoniyati mavjud (tarif rejasiga kiritilgan manbalardan tashqari).
    • Ushbu tarif rejasiga o‘tish uchun abonent hisobida kamida 25 000 so‘m (TR almashtirish uchun 0 so‘m to‘lovni hisobga olgan holda) yoki 40 000 so‘m (TR almashtirish uchun 15 000 so‘m to‘lovni hisobga olgan holda) bo‘lishi kerak. Hisobdagi mablag‘ ko‘rsatilgan qiymatlardan kam bo‘lsa tarif rejasiga o‘tish imkoniyati - mavjud emas.
    • «Xotirjam 25» tarif rejasiga faqat Mobiuz mobil ilovasida o‘tish imkoniyati mavjud.
    • «Xotirjam 25» tarif rejasiga faqat Mobiuz mobil ilovasi orqali «Mobi 16», «Mobi 20», «Mobi 25», «Chilla Lite+», «Jozibali» tarif rejalari va imtiyozli tariflardan o‘tish imkoniyati mavjud. Boshqa tariflardan o‘tish imkoniyati mavjud emas.
    • Abonent to‘lovi pastroq bo‘lgan tarif rejalaridan «Xotirjam 25» tarif rejasiga o‘tish narxi - 0 so‘m;
    • «Xotirjam 25» tarif rejasi va Faxriy, MOBIUZ bilan birga tarif rejalari orasida o‘zaro o‘tish narxi – 0.
    • «Xotirjam 25» tarifida “Gap ko‘p” xizmati ishlamaydi. 
    • «Yillik abonent to‘lovi» opsiyasining amal qilish davrida, abonent yillik yechib olish holatiga o‘tadi.
    •  «Yillik abonent to‘lovi» opsiyasini abonent raqamini ulashda, tarmoqda ro‘yxatdan o‘tish paytida, hamda amaldagi abonent Mobiuz ofisi va aloqa markaziga murojaat qilganda faollashtirish mumkin.
    • Opsiya faollashtirilganda abonent to‘lovini yechib olishning yillik hisoblash davri o‘rnatiladi. Amal qilish davri faollashtirish paytidan boshlab 350 kunni tashkil qiluvchi opsiyani faollashtirish narxi 250 000 so‘mni tashkil qiladi.
    • Tarif rejasi bo‘yicha to‘plamlar, abonent holatidan qat’i nazar har oy to‘liq hajmda beriladi.
    • Amaldagi abonentda yechib olish paytida abonent balansida yetarli mablag‘ bo‘lmagan holatda opsiya faollashmaydi.
    •  Opsiya oldingi faollashtirilgan opsiyaning amal qilish muddati tugagandan keyin takroran faollashtirilishi mumkin.
    •  Faollashtirilgan paytdan boshlab 350 kun o‘tgunga qadar tarif rejasi o‘zgartirilganda yoki abonentlik shartnomasi bekor qilinganda, opsiyani faollashtirishning qiymati qayta hisoblanmaydi va qaytarilmaydi.
    • «Xotirjam 25» TR JShShIR bo‘lmagan xorijiy fuqarolarga ulash imkoniyati mavjud. JShShIR bo‘lmagan xorijiy fuqaroning SIM-kartasi faollashtirilgan paytdan boshlab 90 kun davomida faol bo‘ladi.
    • SIM-kartaning amal qilish muddatini uzaytirish uchun abonent 90 kun o‘tgunga qadar JShShIR (jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsion raqami) taqdim qilishi kerak.  
    • Abonent tomonidan JShShIR taqdim qilingandan keyin, xodim ariza, shaxsni tasdiqlovchi hujjat asosida JShShIR ma’lumotlarini abonent kartochkasiga kiritadi. 
    • Abonent shartnoma bekor qilingandan keyin raqamdan foydalanish istagini bildirganda, raqamni tiklash «Raqamni tiklash» xizmatining shartlariga muvofiq amalga oshiriladi.
    • Bunda abonent JShShIR taqdim qilishi kerak.
    • JShShIR bo‘lmagan xorijiy fuqarolarga xizmat ko‘rsatish davrida, rouming xizmatlaridan foydalanish imkoniyati mavjud emas

    • Markaziy Osiyo: Tojikiston, Qozog‘iston, Turkmaniston va Qirg‘iziston.
    • MDH mamlakatlari: Аzarbayjon, Armaniston, Bеlarus, Gruziya, Moldova, Rossiya, Ukraina.
    • Yevropa: Аvstriya, Albaniya, Andorra, Bеlgiya, Bolgariya, Bosniya va Gеrtsеgovina, Vatikan, Buyuk Britaniya, Vеngriya, Gеrmaniya, Grеtsiya, Daniya, Isroil, Irlandiya, Islandiya, Ispaniya, Italiya, Kipr, Kosovo, Latviya, Litva, Lixtеnshtеyn, Lyuksеmburg, Makеdoniya, Malta, Monako, Nidеrlandiya, Norvеgiya, Polsha, Portugaliya, Ruminiya, Slovakiya, Slovеniya, Turkiya, Finlyandiya, Fransiya, Xorvatiya, Chеrnogoriya, Chеxiya, Shvеytsariya, Shvеtsiya, Estoniya.     
    • Аmеrika, Afrika: Jazoir, Angilya, Angola, Antigua va Barbuda, Argеntina, Aruba, Bеrmud, Braziliya, Burkina-Faso, Burundi, Vеnеsuela, Gabon, Gaiti, Gambiya, Gana, Gvatеmala, Gonduras, Grеnada, Guam, Kongo Dеmokratik Rеspublikasi, Dominika, Misr, Kayman orollari, Kanada, Kеniya, Kuba, Libеriya, Madagaskar, Malavi, Mali, Marokko, Mеksika, Mozambik, Namibiya, Nigеriya, Tеrks va Kaykos orollari, Panama, Paragvay, Sudan, Samoa, Sеnеgal, Sеnt Vinsеnt va Grеnadin, Sеnt Kits va Nеvis, Sеnt Lyusiya, AQSH, Sеrra-Lеonе, Tanzaniya, Trinidad va Tobago, Tunis, Chili, Urugvay, Ekvador, El-Salvador, Efiopiya, JAR, Yamayka.
    • Osiyo: Afg‘oniston, Bangladеsh, Baxrеyn, Brunеy, Vyеtnam, Gonkong, Hindiston, Indonеziya, Iordaniya, Iroq, Eron, Yaman, Kambodja, Qatar, Xitoy, Liviya, Malayziya, Maldivi, Mongoliya, Nеpal, Oman, Pokiston, Saudiya Arabistoni, Singapur, Suriya, Tailand, Tayvan, Yaponiya, Janubiy Korеya.
    Xalqaro aloqa uchun tariflar.
Barcha tariflar
Boshqa tariflar