O‘zbekistonda o‘qituvchilar UMS'ning imtiyozli mobil aloqasidan foydalanishi mumkin

Chop etish versiyasi

UMS mobil operatori va O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi xalq ta’limi tizimi ishchilariga mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha hamkorlik Kelishuvini tuzdi.

2019 yilning 3 iyulida Xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari Sarvar Babaxodjayev va «UMS» MChJ Tijorat direktori Lola Filatova ushbu hujjatni imzoladi.

Kelishuvning maqsadi – xalq ta’limi xodimlari kasbiy vazifasini bajarishlari uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish hamda ularning zamonaviy pedagogik texnologiyalar, sifatli mobil aloqa va Internetdan foydalanishlarini yaxshilashdan iborat. Buning uchun UMS kompaniyasi ikkita «O‘qituvchi» imtiyozli tarif rejalarini ishlab chiqdi.

- UMS mobil operatorining ish hamkorlari va do‘stlari kun sayin ortib bormoqda. Endilikda ular qatorida Xalq ta’limi vazirligi ham o‘rin oldi. Biz vazirlik bilan ko‘plab o‘zaro manfaatli masalalar, shu jumladan, XTV tizimi xizmatchilari uchun qulayliklar yaratish borasida ish olib bordik. Shunday tarzda imtiyozli tarif rejalari ishlab chiqildi. Umid qilamizki, xalq ta’limi sohasi vakillari mahsulotlarimizga yetarlicha baho berishadi, - deydi «UMS» MChJ Tijorat direktori Lola Filatova.

«O‘qituvchi» tarif rejalariga ulanish ixtiyoriydir. Tez kunlarda o‘qituvchi va muallimlar ushbu tariflarga ulanishi mumkin bo‘ladi. Buning uchun abonent pasporti asl nusxasi hamda u xalq ta’limi tizimida faoliyat olib borishini tasdiqlovchi hujjat (guvohnoma yeki buyruqdan ko‘chirma)ni taqdim etishi kerak.

- Mamlakatimiz rahbari tomonidan o‘qituvchilarning jamiyatdagi nufuzini oshirishga katta e’tibor qaratib kelinmoqda. O‘z o‘rnida, Xalq ta’limi vazirligi o‘qituvchi-muallimlarni qo‘llab-quvvatlashda biznes vakillarini ishtirok etishini ma’qullaydi. Birlashgan holda o‘qituvchilarni jamiyat qanchalik qadrlashini hamda birgalashib ularning hayoti va faoliyatini yanada yaxshilashimiz mumkinligini ko‘rsatishimiz mumkin, - deya izoh berdi Sarvar Babaxodjayev.

UMS mobil operatori va Xalq ta’limi vazirligi o‘rtasidagi kelishuv O‘zbekistondagi ko‘p sonli pedagogik kadrlarning manfaatlariga xizmat qiladi. O‘sib kelayotgan yosh avlodni tarbiyalash yo‘lida ezgu faoliyat olib borayotgan muallimlar imtiyozli shartlar va narxlarda mobil aloqaga ega bo‘lishadi hamda uning imkoniyatlaridan o‘z faoliyatlarida maksimal ravishda foydalanishlari mumkin bo‘ladi.


Ro'yxatga qaytish