«Mobiuz 7 yil» tarif rejasidagi o‘zgartirishlar

Chop etish versiyasi

Hurmatli abonentlar!

06.02.2023y. dan «Mobiuz 7 yil» tarif rejasida, tarifga kiritilgan daqiqa, megabayt va SMS to‘plamlari kattalashtirilishi, hamda abonent to‘lovi o‘zgartirilishini ma’lum qilamiz.

Abonent to‘lovi: oyiga 80 000 so‘m;

Kiritilgan daqiqalar to‘plami: oyiga 8000 daqiqa – Mobiuz tarmog‘i ichida, boshqa mobil operatorlari tarmoqlariga va shahar raqamlariga;

Kiritilgan megabaytlar to‘plami: oyiga 80 000 MB;

Kiritilgan SMS-xabarlar to‘plami: oyiga 8000 SMS.

Mobiuz tarmog‘i ichida va boshqa mobil operatorlari tarmoqlariga berilgan hajmdan tashqari chiquvchi 1 ta SMS narxi – 84.2 so‘m.

8000 daqiqa, 80000 MB, 8000 SMS hajmdagi to‘plamlarini hisoblash abonentning, o‘zgartirishlar kuchga kirgandan keyin keladigan, yangi hisob-kitob davri sanasidan amalga oshiriladi.  


Ro'yxatga qaytish