«Yengil» tarif rejasidagi abonentlarga xizmat ko‘rsatishning o‘zgarishi

Chop etish versiyasi

Hurmatli abonentlar!

Abonentlarni xuddi shunday «Omad Plus» amaldagi tarif rejasiga o‘tkazish yordamida, taqdim etilayotgan mobil aloqa xizmatlarining sifatini oshirish maqsadida - «Yengil» tarif rejasidagi abonentlarga xizmat ko‘rsatish 25.01.2023y. dan to‘xtatilayotganini ma’lum qilamiz.

Izohlar:

1.      «Yengil» tarif rejasidagi abonentlar 10.01.2023y. dan 24.01.2023y. gacha (shu jumladan) bo‘lgan davr mobaynida tarif rejasini mustaqil ravishda, o‘tish imkoniyati mavjud bo‘lgan, har qanday amaldagi tarif rejasiga o‘zgartirishlari mumkin.

        Tarifni tanlash 

2.      10.01.2023y. dan 24.01.2023y. gacha (shu jumladan) gacha «Yengil» tarif rejasidan, o‘tish imkoniyati mavjud bo‘lgan, har qanday amaldagi tarif rejasiga o‘tishning narxi  - 0 so‘m.

3.      Abonent boshqa amaldagi tarif rejasiga o‘tishni mustaqil ravishda amalga oshirmagan holatda, Operator 25.01.2023y. dan tarif rejasini abonent holatini yomonlashtirmagan holda, jadvalga muvofiq, bir tomonlama tartibda  o‘zgartirish huquqiga ega bo‘ladi:

Arxivdagi tarif

Arxivdagi tarifning abonent to‘lovi (so‘m/oyiga)

Yangi tarifga o‘tkazish

Yangi tarifning abonent to‘lovi (so‘m/oyiga)

Yengil

12 000

Omad Plus

12 000

 

4.      Tarif rejasi kompaniya tomonidan abonentlarning holatini yomonlashtirmagan holda, bir tomonlama tartibda o‘zgartirilganda, yangi tarif rejasining birinchi oy uchun abonent to‘loviga  100% chegirma taqdim etiladi.   

5.      Yangi tarif rejasiga o‘zgartirilganda, daqiqa, MB va SMS to‘plamlarining hisoblanishi to‘liq hajmda beriladi.

6.      Abonentning holatini yomonlashtirmagan holda, yangi tarif rejasiga o‘zgartirilganda foydalanilmagan daqiqa, MB va SMS o‘tkaziladi va 1 kalendar oylik muddatga qo‘shiladi.


Ro'yxatga qaytish