O‘tkazish davri: 2024-yil 1-iyundan 2024-yil 31-dekabrgacha (shu jumladan)
Hududiy qamrov: O‘zbekiston Respublikasining barcha hududlari.
Ishtirok etish shartlari:
Aksiyada ishtirok etish uchun yangi abonent, abonent to‘lovi oyiga 35 000 so‘m yoki undan yuqoriroq bo‘lgan, jismoniy shaxslar uchun mo‘ljallangan har qanday tarif rejasiga ulanishi kerak.
Ulanish evaziga abonent raqamiga, sovrinlarning o‘ynalishida ishtirok etish uchun bitta imkoniyat (maxsus ID-kod beriladi).
Amaldagi abonent aksiyada ishtirok etishi uchun quyidagilar zarur:
-
Abonent to‘lovi 35000 so‘m yoki undan baland bo‘lgan tarif rejasida bo‘lishi
-
USSD *2024# buyrug‘ini kiritib, aksiyada ishtirok etish imkoniyatini qo‘lga kiritish.
AKSIYA ISHTIROKCHILARIGA QO‘YILADIGAN TALABLAR
Aksiyada ishtirok etishga yo‘l qo‘yiladiganlar:
-
Abonent – quyidagi talablarga mos keluvchi, jismoniy shaxslar:
-
Abonent O‘zR fuqarosi yoki O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashaydigan xorijiy fuqaro/fuqaroligi bo‘lmagan shaxs (yashash guvohnomasiga ega bo‘lgan)
-
18 yoshga to‘lgan abonent
-
Abonent – jismoniy shaxslar uchun oldindan to‘lov qilish hisob-kitob tizimli tarif rejalarining foydalanuvchisi
-
Abonentning Shartnomasi Aksiyani o‘tkazish davrida va Aksiya go‘liblarini aniqlash paytida amalda bo‘lgan
-
Abonentning SIM-kartasi Aksiyani o‘tkazish davrida va g‘oliblarini aniqlash paytida faol (bandlanmagan) bo‘lgan
Aksiyada ishtirok eta olmaydigan va Aksiya doirasida sovrinni olishga da’vogarlik qila olmaydiganlar:
-
Jismoniy shaxslar – O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasiga ega bo‘lmagan, xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar
-
18 yoshga to‘lmagan jismoniy shaxslar
-
Aksiya davrida «UMS» MChJ bilan mehnat munosabatlarida bo‘lgan xodim, jismoniy shaxslar, hamda ularning yaqin qarindoshlari (ota-ona, tug‘ishgan va o‘gay aka-uka, opa-singillari, turmush o‘rtog‘i, farzandlari, shu jumladan asrab olingan, hamda turmush o‘rtog‘ining ota-onasi, tug‘ishgan va o‘gay aka-uka, opa-singillari)
-
«UMS» MChJ bilan fuqarolik-huquqiy shartnoma tuzgan jismoniy shaxslar, hamda ularning yaqin qarindoshlari
-
«UMS» MChJ vakolatli dilerlari, ularning ishchilari (dilerlar, dilerlarning ishonchli vakillari, operatorlar)
-
Abonentlar - Yuridik shaxslar
Qo‘shimcha:
- Yangi ulangani uchun abonentga yutuqli sovrinlar o‘yinida qatnashish uchun bitta imkoniyat beriladi.
- Amaldagi abonent USSD so‘rov *2024# orqali ishtirokini tasdiqlaganda, unga bir marotaba yutuqli o‘yinda ishtirok etish imkoniyati beriladi.
- Aksiyani o‘tkazish davrida tarif aksiyada ishtirok etayotganga o‘zgartirilganda, tarmoqga ulanish evaziga olingan aksiya doirasidagi imkoniyat, abonentda saqlanib qoladi (aksiyada qatnashuvchi tariflarda)
- Aksiya davrida tarif rejasi, aksiyada ishtirok etmayotgan tarif rejasiga o‘zgartirilganda, imkoniyat bekor qilinadi va tiklanmaydi
- Abonentning shartnomasi bekor qilinganda, sovrinlar o‘ynalishida ishtirok etish uchun imkoniyat bekor qilinadi
- Aksiya davrida ulangan raqam egasi o‘zgartirilganda yoki tiklanganda, sovrinlar o‘ynalishida ishtirok etish uchun imkoniyat saqlanib qoladi
- Abonent imkoniyat mavjud ekanligini *2024# USSD-buyrug‘i yordamida tekshirishi mumkin.
Aksiyaning sovrin jamg‘armasi |
|||
---|---|---|---|
Bosqich |
Sovrin* |
G‘oliblar soni |
Ishtirok etuvchi imkoniyat (ID) |
1-bosqich |
BYD SONG PLUS Champion avtomobili |
1 ta g‘olib |
1.06.2024y. dan 31.08.2024y. gacha (shu jumladan) bo‘lgan davrda olingan |
2-bosqich |
BYD SONG PLUS Champion avtomobili |
1 ta g‘olib |
1.06.2024y. dan 30.11.2024y. gacha (shu jumladan) bo‘lgan davrda olingan |
3-bosqich |
BYD SONG PLUS Champion avtomobili |
1 ta g‘olib |
1.06.2024y. dan 31.12.2024y. gacha (shu jumladan) bo‘lgan davrda olingan |
*Avtomobilning rangi va butlanishi, reklamada taqdim qilingan namunadan farq qilishi mumkin