Tarmoqga Xotirjam 40, Xotirjam 60, Xotirjam 80, Xotirjam 100 tariflarida yangi ulanishda, abonent tarmoqga ulangan paytdan boshlab 30 kun ichida, 100 000 MB internet-to‘plamni sovg‘a tariqasida mobil ilovada faollashtirishi mumkin.
Amal qilish davri: 14.08.2023y. dan 14.01.2024y. gacha (shu jumladan)
Foydalanish imkoniyati: butun O‘zbekiston bo‘yicha, yangi abonent - Xotirjam 40, Xotirjam 60, Xotirjam 80, Xotirjam 100 tarif rejalariga ulangan jismoniy shaxslarda.
Muhim! Abonent 100 000 MB bonusli internet-to‘plamni bir marta, tarmoqga ulangan paytdan boshlab 30 kun ichida, faqat mobil ilovada faollashtirishi mumkin.
Boshqa shartlar:
-
Aksiya faqat Xotirjam 40, Xotirjam 60, Xotirjam 80, Xotirjam 100 tarif rejalariga ulangan, yangi abonentlar uchun amal qiladi.
-
Abonent 100 000 MB bonusli to‘plamni faqatgina to‘plamni faollashtirish paytida aksiyada ishtirok etayotgan (Xotirjam 40, Xotirjam 60, Xotirjam 80, Xotirjam 100) tarif rejasiga ulangan bo‘lsa faollashtirishi mumkin.
-
Abonent tarmoqga Xotirjam 40, Xotirjam 60, Xotirjam 80, Xotirjam 100 tarif rejalarida yangi ulanishdan keyin, aksiyada ishtirok etmayotgan tarifga o‘tadigan bo‘lsa, 100 000 MB to‘plamni faollashtirish imkoniyati mavjud bo‘lmaydi.
-
Abonent tarmoqga Xotirjam 40, Xotirjam 60, Xotirjam 80, Xotirjam 100 tarif rejalarida ulanishdan keyin, aksiyada ishtirok etayotgan tarifga o‘tadigan bo‘lsa, to‘plamni faollashtirish imkoniyati saqlanib qoladi.
-
Faollashtirilgan internet-to‘plamdagi trafik qoldig‘ini tekshirish - USSD-buyruq *102#.
-
Internet-to‘plamdan foydalanish uchun agar u avval o‘chirilgan bo‘lsa, «Mobil internet» xizmatini yoqish kerak.
-
Ushbu aksiya doirasida ulangan internet-to‘plamning hajmi oylik internet-to‘plamlar bilan qo‘shiladi.
-
To‘plamning amal qilish muddati oxirgi xarid qilingan to‘plamning muddati tugaguncha uzaytiriladi va u xarid qilingan paytdan boshlab 30 kunni tashkil qiladi.
-
Kiritilgan trafik tugagandan keyin MB sarflanishi belgilangan tariflarga muvofiq narxlanadi.
-
Bir vaqtning o‘zida tarif rejasi va internet-to‘plam doirasida hisoblanadigan, foydalanilmagan megabaytlar mavjud bo‘lsa, birinchi bo‘lib tarif rejasidagi megabaytlar sarflanadi.
-
Abonentda bir necha turdagi Internet-to‘plamlar mavjud bo‘lsa, ularning sarflanish tartibi quyidagicha bo‘ladi:
-
Kunlik internet-to‘plam - > TR doirasidagi trafik - > OnNet xizmati doirasidagi trafik -> oylik internet-to‘plam > boshqa to‘plamlar
-
Internet-to‘plamlarning 00:00 dan 8:00 gacha bo‘lgan davrda sarflanish tartibi:
-
Tungi internet – to‘plam -> Kunlik internet-to‘plam -> Tarif rejasi doirasidagi trafik -> OnNet trafiki -> Oylik internet-to‘plam > > boshqa to‘plamlar.
-
Narxlar QQS bilan ko‘rsatilgan.